O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi


O‘zbekiston Respublikasida tovar belgilarining


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/42
Sana19.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1366827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42
Bog'liq
qo llanma TBga

O‘zbekiston Respublikasida tovar belgilarining 
huquqiy muhofazasi va himoyasi 

 
Quyidagilar tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi: 
 
 
1) davlat gerblari, bayroqlari va davlat mukofotlarining 
tasviri tushirilgan belgilar; 
2) davlatlarning 
rasmiy 
nomlari, 
xalqaro 
yoki 
hukumatlararo tashkilotlarning qisqartirilgan yoki to‘liq 
nomlari; 
Davlatlar, hukumatlar yoki rasman tan olingan xalqaro 
yoki hukumatlararo tashkilotlarning bayroqlari, gerblari yoki 
boshqa emblemalarining to‘liq yoki qisman tasvirlaridan tashkil 
topgan belgilar, tegishli davlat organining roziligi bilangina
tovar belgilari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin. Bunda 
xalqaro (hukumatlararo) tashkilotlarning emblemalari va 
nomlari, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun faqat ushbu 
tashkilotlar 
tomonidan 
talabnoma 
topshirilgandagina, 
ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin. Bular ko‘rsatib o‘tilgan belgilar 
imitatsiyalariga ham taalluqlidir; 
3) rasmiy nazorat, kafolat tamg‘alari va namuna 
yo‘sinidagi tamg‘alar, muhrlar. 
Tamg‘alar va muhrlar muayyan shartlarni, asosan texnikaviy 
xarakterdagi shartlarni qoniqtiradigan tovarlarni, ularning ishlab 
chiqaruvchisidan qat’i nazar, ko‘rsatish uchun qo‘llanadi. Tovardagi 
asl metallar tarkibini ko‘rsatadigan tamg‘alar va h.k. bunday 
belgilarga misol bo‘la oladi. Bunday belgilar ham tovar belgisiga 
muhofaza qilinmaydigan elementlar sifatida kiritilishi mumkin, faqat 
buning uchun tegishli vakolatli organning roziligi talab qilinadi;
Qonunning 
10-moddasi 
Qoidalarning
4 a)-bandi 
Qonunning 
10-moddasi 
Qoidalarning
4 b)-bandi 
Qonunning 
10- 
moddasi 
Qoidalarning
4 v) bandi 
4) davlat xizmatlarining O‘zbekiston Respublikasida 
qo‘llaniladigan ajratish va farqlash belgilari tasvirlari. 
Agar ajratish belgilarining tasvirlari belgining yagona yoki 
yetakchi elementi sifatida namoyon bo‘lsa, bu holda ular tovar 
belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi. Agar shu kabi tasvirlar 
talabnoma berilayotgan belgiga tarkibiy qism sifatida kiritilgan 
bo‘lsa, bu holda talabnoma beruvchi ulardan foydalanish 
huquqini tasdiq- laydigan hujjat taqdim etishi lozim; 
Qonunning 
10-moddasi
Qoidalarning
4 g) bandi 
5) xususan quyidagilar taaluqli bo‘lishi mumkin bo‘lgan 
farqlash xususiyatiga ega bo‘lmagan belgilar: 
- o‘ziga xos grafik tasvirga ega bo‘lmagan alohida harflar, 
raqamlardan iborat bo‘lgan belgilar, so‘z ko‘rinishiga ega 
bo‘lmagan harflar birikmalari; 
- chiziqlar, oddiy geometrik figuralar va ularning tarkibiga 
kirgan alohida elementlaridan farqli, sifat jihatdan boshqa qabul 
qilish darajasini beradigan kompozitsiyalar hosil qilmaydigan 
birikmalari; 
- tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishga topshirilgan 
talabnomadagi tovarlarni belgilash uchun ularning haqiqiy yoki 
sxematik tasvirlari; 
- shakli faqat funksional vazifasidan kelib chiqadigan uch
Qonunning 
10-moddasi 
Qoidalarning
4 d) bandi 



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling