O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi


Apellatsiyani ko‘rib chiqish


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/42
Sana19.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1366827
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   42
Bog'liq
qo llanma TBga

Apellatsiyani ko‘rib chiqish 
 
Vazirlikning rasmiy ekspertiza natijalari bo‘yicha qabul 
qilgan qarori ustidan berilgan apellatsiya u kelib tushgan 
sanadan e’tiboran ikki oy mobaynida ko‘rib chiqiladi. 
Talabnoma berilgan belgi ekspertizasining natijalari 
bo‘yicha Vazirlik qabul qilgan qaror ustidan apellatsiya u kelib 
tushgan sanadan e’tiboran to‘rt oy mobaynida ko‘rib chiqiladi. 
AK Qoidalarining 
15-bandi 
Apellatsiya kengashi majlisining o‘tkazilish sanasi va vaqti 
tayinlangani haqida bildirishnoma yuboriladi. 
AK Qoidalarining 
14-bandi 


O‘zbekiston Respublikasida tovar belgilarining 
huquqiy muhofazasi va himoyasi 
31 
Apellatsiyani ko‘rib chiqish kamida uch a’zodan iborat 
Apellatsiya kengashi majlisida amalga oshiriladi. 
AK Qoidalarining 
19- 
bandi 
Apellatsiya kengashida ishni ko‘rib chiqishda arizachini 
o‘zi yoki uning tayinlangan vakili qatnashishi mumkin. 
AK Qoidalarining 
20- 
bandi 
Apellatsiya kengashi apellatsiyalarni ko‘rib chiqish natijalari 
bo‘yicha apellatsiyalarni qanoatlantirish, qisman 
qanoatlantirish yoki apellatsiyalarni qanoatlantirishni rad etish 
to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 
AK Qoidalarining 
31-bandi 
Agar arizachi Apellatsiya kengashi qaroridan norozi bo‘lsa, 
qaror ustidan qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran olti oy 
mobaynida sudga shikoyat berishga haqli. 
Qonunning 
16-moddasi 
5.2. Sud tartibi 
 
Tovar belgisining egasi shuni bilishi lozimki, tovar belgisini 
yoki shu belgi bilan belgilangan tovarni ruxsat berilmagan tarzda 
tayyorlash, qo‘llash, olib kirish, savdoga taklif etish, sotish, 
o‘zgacha tarzda fuqarolik muomalasiga kiritish yoki ularni shu 
maqsadda saqlash, yohud ular bilan adashtirib yuboradigan 
darajada aynan o‘xshash bo‘lgan bir xildagi tovarlarni belgilash 
tovar belgisi egasining mutlaq huquqini buzish deb e’tirof 
etiladi. 
Sizning mutlaq huquqlaringiz buzilgani aniqlangan 
hollarda, Siz o‘z huquqlaringiz va qonuniy manfaatlaringizni 
himoya qilish to‘g‘risida da’vo arizasi bilan sudga murojaat 
qilishingiz mumkin. Bunda amaldagi qonunchilik tovar belgilari 
egalarining mutlaq huquqlarini himoya qilishning qator 
usullarini ko‘zdatutishi ni ham ta’kidlash lozimki, ular, xususan, 
quyidagilardan iborat: 
- tayyorlangan tovar belgisi tasvirlarini yo‘q qilish; 
- tovar yoki uning o‘rovidan tovar belgisi yoki u bilan 
adashtirib yuboradigan darajada aynan o‘xshash bo‘lgan belgini 
olib tashlash
- yo‘l qo‘yilgan huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ma’lumotni 
unga buzilgan huquq kimga tegishli ekani haqidagi ma’lumotni 
ham qo‘shib e’lon qilish. 
Tovar belgisi egasining ehtimoldagi himoya usullari 
ichidan aniq bir himoya usulini tanlashi yo‘l qo‘yilgan 
huquqbuzarlik xarakteriga bog‘liq. Siz huquqbuzarga nis batan 
o‘z manfaatlaringizga ko‘proq darajada javob bera digan yoki 
amaliyotda osonroq qo‘llanadigan ta’sir ko‘rsatish chorasini 
tanlashga haqlisiz. 
Qonunning 
26-moddasi 



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling