O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi


O‘zbekiston Respublikasida tovar belgilarining


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/42
Sana19.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1366827
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   42
Bog'liq
qo llanma TBga

O‘zbekiston Respublikasida tovar belgilarining 
huquqiy muhofazasi va himoyasi 
30 
Apellatsiya erkin shaklda tuzilishi, mashinkada bosilgan 
shaklda topshirilishi hamda AK Qoidalarida belgilangan 
talablarga muvofiq bo‘lishi shart. Apellatsiyaga belgilangan 
patent boji to‘langanligi to‘g‘risi dagi hujjat ilova qilinadi. 
Apellatsiyada qabul qilingan qarorning huquqiy jihatdan 
noto‘g‘ri ekanligiga asosli dalillar keltiriladi. 
AK Qoidalarining 
5-, 8-bandlari 
AK Qoidalarining 
12-bandi 
Agar tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish 
to‘g‘risidagi qaror ushbu belgi Qonunning
10-moddasi 1-12-bandlariga muvofiq emasligi bilan 
dalillan- gan bo‘lsa, bu holda apellatsiyada ekspertiza fikrini 
rad etadigan va hujjatlar asosida tasdiqlangan sabab va da lillar 
keltiriladi. 
Agar tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish 
to‘g‘risidagi qaror ushbu belgi Qonunning 10-moddasi 13-
bandiga muvofiq emasligi bilan dalillangan bo‘lsa, 
apellatsiyada qo‘shimcha ravishda talabnoma berilgan belgi va 
ekspertiza tomonidan qarshi qo‘yilgan belgilarning qiyosiy 
tahlili keltiriladi. 
Agar apellatsiyangiz apellatsiya topshirish qoidalarini 
qanoatlantirmasa, Apellatsiya kengashi Sizga apellatsiyani 
ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni Apellatsiya 
kengashi belgilagan muddatda taqdim etish taklifi bayon 
qilingan so‘rovnoma yuboradi. Shuni ham e’tiborga olish 
kerakki, so‘ralgan ma’lumotlar ko‘rsatilgan muddatlarda 
taqdim etilmasa, apellatsiya bo‘yicha ish yuritish to‘htatiladi. 
Apellatsiya materiallarini ko‘rib chiqish jarayonida Sizga 
qo‘shimcha materiallar va ma’lumotlarni taqdim etish haqida 
so‘rovnoma yuborilishi mumkin. 
Ushbu qo‘shimcha materiallarni Siz Apellatsiya kengashi 
belgilagan muddatda taqdim etishingiz lozim. 
Sizning ko‘rsatilgan muddat tugamay turib yetib kelgan 
iltimosnomangizga ko‘ra hamda belgilangan patent boji 
to‘langach, bu muddat uch oydan oshmagan vaqtga uzaytirilishi 
mumkin. 
AK Qoidalarining 
23-bandi 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling