O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi


Download 179.22 Kb.
bet8/74
Sana09.02.2023
Hajmi179.22 Kb.
#1182551
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommuni

Ta’lim vositalari - o‗quv jarayonining tashkil etilishi va o‗tib borishini ta‘minlaydigan xilma-xil o‗quv jixozlari, o‗quv qo‗llanmalari va boshqalar.
Bilim bo‗ o‗quvchilar ongida muayyan tartibda mustahkamlangan, ularning shaxsiy mulkini tashkil etadigan va bundan ular zaruratga ko‗ra foydalana oladigan faktlar, ma‘lumotlar, ilmiy nazariyalar, qonunlar, tushunchalardir.
Bilim – borliqni bilish jarayonining amaliyotda tasdiqlangan natijasi. Ob‘ektiv reallikning inson ongida adekvat aks ettirilishi (tasavvur, tushuncha, mulohaza, nazariyalar). U kundalik, ilmiy, empirik, nazariy bilimlarga ajraladi.
Kundalik bilim sog‗lom fikrga va kundalik amaliy faoliyat shakllariga asoslanadi va insonning atrof – muhitga moslashuvchi, uning hatti – harakatlari va oldindan ko‗ra bilishi uchun asos bo‗lib xizmat qiladi. Uning vazifasi ta‘lim – tarbiya jarayonini nazorat qilishga ko‗maklashish.
Ta‘lim – tarbiyani uyushtirishda nazariy, empirik va ilmiy bilimlar roli va o‗rni beqiyos. Ilmiy bilim ta‘lim – tarbiyani takomillashtirish muammolari echimlarini topishda qo‗l keladi va u tizimli, asosli narsa – hodisalar mohiyatiga chuqur kirib boradigan bo‗ladi. U empirik va nazariy darajada bo‗ladi. Bilimdan empirik va nazariy bilimlarni shakllantirishda foydalaniladi.
Nazariy bilim – empirik holatlarni tushuntirish, ya‘ni narsa va hodisalar mohiyatini bilish imkonini beradigan qonuniyatlarni ochishni nazarda tutadi.
Bilim bilishni amalga oshiruvchi asosiy omil bo‗lib, dunyoni bilishning negizini tashkil etadi va u tufayli ilm, fan, texnika – texnologiyalar rivojlanishi ta‘minlanadi. Demak, bilimni ob‘ektiv mavjudod haqidagi yoki muayyan sohaga oid ma‘lumotlar majmui, deb ham ifodalash mumkin.
Bilimlar – bu odamlarning ijtimoiy – siyosiy amaliyot jarayonida to‗plangan umumlashgan tajribasidir.
Ilmiy bilimlar, ob‘ektiv olamni ancha to‗g‗ri (batafsil) ifodalaydi. Ular doimiy emas, ular o‗zgarib, rivojlanib, takomillashib boradi va natijada doimiy iste‘moldagi bilimga aylanadi, ya‘ni ular tadrijiy (evolyusion) tarzda rivojlanib turadi. Bilimlar asosida talabalarning kuzatuvchanlik, sinchikovlik, tafakkur, xotira singari bilish qobiliyatlari rivojlanadi, ularda e‘tiqod hosil bo‗ladi, ilmiy dunyoqarashni shakllantiruvchi g‗oyalar tizimi tarkib topadi.
Bilimlar banki – bu ma‘lumotlar majmualarini bo‗lajak mutaxassislarni tayyorlashdagi o‗quv rejasidagi fanlar bloklari bo‗yicha tizimlarga ajratib, ular asosida shakllantirilgan bilimlar majmui. SHuningdek, bilimlar banki – bu izlanuvchilar tomonidan bir necha yo‗nalishlar bo‗yicha kompyuter xotirasiga kiritilgan nazariy va amaliy ma‘lumotlar to‗plami hamdir.

Download 179.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling