Ozbekiston respublikasi aloqa axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari davlat qo’mitasi


Avvalo, Amir Temur shaxsi xususida ikki og’iz so’z


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/40
Sana20.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1632149
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40
Bog'liq
ozbekiston tarixi

Avvalo, Amir Temur shaxsi xususida ikki og’iz so’z
Buyuk tarixiy shaxs, shavkatli harbiy sarkarda, adolatli davlat arbobi Amir Temur nasl-
nasabi xususida turli xil fikrlar mavjud. Bu esa mavzuga adolat nuqtai nazaridan yondoshishni 
taqozo etadi. 
Muhtaram prezidentimiz Islom Karimovning “Amir Temur shaxsini idrok etish - tarixni 
idrok etish demakdir. 
Amir Temurni anglash - o’zligimizni anglash demakdir. 
Amir Temurni ulug’lash - tarix qahriga chuqur ildiz otgan tomirlarimizga, 
madaniyatimizga. qudratimizga asoslanib, buyuk kelajagimizga ishonchimizni mustahkamlash 
demakdir”, - degan so’zlari o’tmishmizdagi tarixiy shaxslarni, allomalarni naqadar ulug’lanishini 
har birimiz uchun farz qilib qo’yganlaridir. 
Sohibqiron Amir Temur va temuriylar davrida yashab, yetarli darajada bilim olishga 
muyassar bo’lgan tarixchi olim Ibn Arabshoh asarlaridagi manbaalar Amir Temur tarixini 
o’rganuvchi ayrim g’anim tarixchilarga dastak bo’lib, haqiqat esa, ilm e’tibordan chetga qolib 
keldi. 
Ibn Arabshohning “Ajoib al-makdur fi tarixi Taymur” asarida, “Temur va uning otasi 
hayqiroq cho’’onlardan bo’lib, na aqliyu na dini bo’lmagan avom kishilar toifasidan ekanlar. 
Yana aytadilarki, u mulozim odamlardan, ‘ast tabaqa tamballardan bo’lgan” degan fikrlari 
haqiqatdan olisda turibdi. 


Ibn Arabshohning shaxsiyatiga tegmagan holda shuni aytish mumkinki, asardagi 
manbaalarning ko’pchiligi biron bir tarixiy Ma’lumotlarga asoslanmagan qandaydir 
g’animlarning aytgan-deganlari asos qilib olingan. Mojor olimi Herman Vamberi o’zining 
“Buxoro yohud Movarounnahr tarixi” risolasida “Temurning otasi, Tarag’ay barlos urug’ining 
boshlig’i edi. SHu munosabat bilan Amir Qozog’ondan Kesh va Naxshab viloyatlarini oldi, deb 
yozadi. H.Vamberining fikriga qo’shilish bilan quyidagilarni qo’shimcha qilish mumkin: 
birinchidan, 1334 yilda Amir Temurning onalari Tegina Begim Mohni Sohibqironning otalari 
Amir Muhammad Tarag’ay o’z nikohiga olgan. SHu nikohdan Amir Temur 1336 yilning 9 
a’relida SHahrisabzning Xo’ja Ilg’or qishlog’ida tavallud to’gan. Amir Temurning onalari 
Tegina Begim Moh Buxoroning taniqli olimi Sadr ash-shariha Ubaydulloh ibn Toj ash-shariha 
Mahmud ibn Ahmad al-Mahbubiy al-Buxoriyning qizi bo’lganlar. Avvalo shuni eslatish 
o’rinliki, shariatning eng mo’tabar zoti, ulug’i va tojdori o’z qizini Buxoroi sharifday azim 
shahardan Keshga “aqlsiz, dinsiz cho’’onga” berishi mutlaqo aql bovar qilmaydigan fikrdir. 
Fikrimizcha, Ibn Arabshoh Amir Temurga zamondosh bo’lsa-da, uning dalillari haqli ehtirozga 
munosib. Ayniqsa, u davrda “teng tengi bilan, tezak qo’i bilan” aqida kuchli hukm surgan 
zamonda Amir Temurning onalari Tegina Begim Moh ekanligi tarixiy haqiqat, Ibn 
Arabshohning “aytishlaricha”, “yana aytadilarki” so’zlarining o’zi uning dalillarini qandaydir 
mish-mish, cho’’chakli asoslar qatoriga qo’shishga olib keladi. 
Fikrimizcha, Amir Temurning otalarining o’zi Amir Muhammad Tarag’ay e’tiborli 
amaldorlardan, uning xonadoni esa o’z davrining o’qimishli kishilardan iborat bo’lgan. Ibn 
Arabshoh Amir Temur “Mening buvim falonchi, folbin va qohinlaridan edi”, - degan fikrini 
keltiradi. (1,72-bet). Olimning yana bir fikri, “U yoshligidan aqlli, ochiq ko’ngil jurhatli, qathiy 
kuchli va qobiliyatli bo’lib o’sib, tengqurlari - vazirlarning o’g’illari bilan suhbat qurib va 
amirlarning o’g’illaridan o’ziga o’xshashlari bilan vaqtini o’tkazardi” degan fikrlarining o’zi 
Amir Temurning cho’’on bo’lmay, balki din-ehtiqodli, e’tiborli tabaqadan ekanligini asoslaydi. 
H.Vamberining tahkidlashicha, “Temur o’zi tiniq va ochiq turk shevasida yozar edi”. 
Olimning bu fikri haqiqatga yaqinligi shundaki, avvalo - ulkan mamlakatni boshqargan 
shaxsning savodsiz bo’lishi kamdan-kam bir hodisadir. Qolaversa, o’qimishli ota-ona o’z 
farzandini, eng muhimi o’z vorisini savodsiz qoldirishi mumkin emasligi hammaga ayon. 
Xalqimizning udumlarini e’tiborsiz qoldirmaydigan har bir kishi H.Vamberining fikrlarini 
manbaa sifatida muborak o’rniga qo’yadi. 
Mojor olimining yana bir qimmatli fikri Amir Temurni vahshiy, marhamatsiz, zolim deb 
baholab yurgan barcha olimlarga o’rinli javob bo’lishi mumkin. Olim o’zining risolasida 
“Temurni CHingiz ila bir safga qo’yib, uni vahshiy, zolim,, qaroqchi deb atagan kishilarning 
fikrlari ikki marotaba xatodir”, - deb yozishi ajdodlarimiz tarixini holisona baholanishiga 
ishoratdir. 
Amir Temur ajdodlari haqida fikr yuritadigan bo’lsak, ulug’ amirlar, nomdor sultonlar
ulug’ hoqonlar, bahodirlar xonadoniga mansub kishilar haqida so’z yuritishga to’g’ri keladi. 
Mavzuimizning asosiy qismi “Amir Temur davlatining tashkil topishi va Movarounnahr yerlarini 
siyosiy jihatdan birlashtirishdagi roli” mavzusiga kelsak, Amir Temur hokimiyat te’asiga 1370 
yilda Amir Xusaynni yenggandan keyin chiqdi. Amir Temur bilan Amir Xusayn o’rtasidagi 
siyosiy hokimiyat uchun kurash Amir Temur uchun juda og’ir, mashaqqatli kechdi. Buning bir 
qator sabablari bor.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling