Ozbekiston respublikasi aloqa axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari davlat qo’mitasi
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Temur Malik, Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi jasorati. Maxmud Torobiy qo’zgoloni, Soxibqiron, O’tror, tuzuklar, tuman, ulufa, amr, tarxon, suyurg’ol, Oq
11. Qilichev T. Qo’xna qalhalar diyori. T.Fan. 1993. Karimov I.A. O’zbekiston:
milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T.: O’zbekiston. 1993. 12. Buyuk siymolar, allomalar. "Meros". 1995. 13. T.J.Tulenov. Qadriyatlar falsafasi. O’zbekiston. 1998y. 14. M.Xayrullaev. O’rta Osiyoda ilk uyg’onish davri madaniyati. Fan. 1994. 15. F.Sulaymonova. SHarq va G’arb. O’zbekiston. 1997. 16. O’zbekiston xalqlari tarixi. 2-Jild. T.Fan. 1994 y. 4-MA’RUZA: Amir Temur va temuriylar davrida o’zbek davlatchiligining yuksalishi. Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot REJA: 1. Chigizxonning Xorazmshoxlar davlatiga yurishi. 2. Amur Temurning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi. 3. Amur Temurning harbiy yurishlari. 4. Temuriyzodalar o’rtasidagi kurash. Temuriylar davlatining inqirozgi yuz tutishi, va uning sabablari. TAYANCH IBORALAR Temur Malik, Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi jasorati. Maxmud Torobiy qo’zgoloni, Soxibqiron, O’tror, tuzuklar, tuman, ulufa, amr, tarxon, suyurg’ol, Oq O’rda, Oltin O’rda, SHarafiddin ali Yazdiy, “Zafarnoma”, tuman, xazora, xo’shun, ayl. Davlatchiligimiz tarixida katta rol’ o’ynagan davlatlardan yana biri Xorazmshohlar davlatidir. Xorazm Somoniylar davrida ularga tobe edi. X asr oxiri va XI asrning boshlariga kelib, Xorazm hokimi Mahmun va uning o’g’li Ali Somoniylar davlati tugaganidan so’ng mustaqil davlat tuzishga harakat qilib qo’rdilar. Lekin Movarounnahrdagi Qoraxoniylar, Xurosondagi G’aznaviylar davlati oldida Xorazm davlati juda kuchsiz bo’lib, ko’p hollarda Mahmud G’aznaviy va uning o’g’li Mahsudga qaram edi. G’aznaviylar davlatining inqirozi va Xurosonda Saljuqiylarning hukmronligi o’rnatilgandan keyin Xorazm davlati dastlabki yillarda mustaqil siyosat olib borishga harakat qilgan bo’lsa-da, tez orada Saljuqiylarga qaram davlatga aylandi. Xorazmning mustaqil davlat sifatida shakllanishida ko’p xizmat qilgan hukmdor Qutbiddin Muhammad Otsiz (1127-1156) edi. Saljuqiy Sulton Malikshox davrida Xorazmda hukmdor bo’lgan Anushteginning nabirasi Otsiz o’zi tobe bo’lgan Saljuqiy sultonlarning har bir xatosidan ustalik bilan foydalandi. Ayyor, di’lomat va mohir sarkarda bo’lgan Otsiz mustaqil tashqi siyosat olib bordi. U Xorazm yerlarini ancha kengaytirib, Sirdaryoning quyi oqimidagi yerlarni, Mangishloqni bosib oladi. SHundan so’ng u bir necha bor (1138, 1141-1142, 1147- 1148 yy) Sulton Sanjarga qarshi isyon qildi va mag’lubiyatga uchrab Saljuqiylarga butunlay tobe bo’lib qoldi. Lekin shunga qaramasdan u Xorazmning mustaqilligi uchun mustahkam asos yarata oldi. Sulton Sanjarning o’limidan so’ng (1157y) Saljuqiylar davlati deyarli yo’q bo’ldi va Xorazmni mustaqil davlat sifatida siyosat olib borishi uchun keng yo’l ochildi. Bunday siyosiy vaziyatda, shubxasiz, Xorazmning hukmronlik doirasi kengaytirilib, uning mustaqilligi yanada mustahkamlandi. Xorazm davlati ayniqsa Otsizning nabirasi Takash davrida juda kengayadi. 1187-1193 yillarda u Nisho’ur, Ray va Marv shaharlarini bosib oladi. 1194 yilda esa saljuqiylar sultoni Tugrulga qaqshatqich zarba berib, Eronni Xorazmga kiritdi. Oradan bir yil o’tgach Takash xalifa askarlariga zarba berib, Iroqqa bostirib kirishga muvaffaq bo’ladi. SHunday qilib, o’rta asrlarning istehdodi davlat arboblaridan hisoblangan Takash Old va O’rta Osiyoda Xorazmshoxlar davlatidek yirik va qudratli feodal hokimligini bar’o etadi. Uning zamonida Xorazm davlatining hududlari ikki barobar kengaydi. Uning shimoli-g’arbiy va g’arbiy chegarasi Orol va Kas’iy dengizi sohillaridan anubi-garbda Iroqqa qadar borar, janubi-sharqiy hududlarda G’azna viloyatidan, shimoliy-sharqiy chegarasi esa Yettisuv va dashti Qi’choqdan o’tar edi. Musulmon SHarqidagi bu ulkan davlatning ‘oytaxti Urganch shahri edi. Xorazmshox saroyida 27 hukmdor va ularning vakilari itoat kamarini bog’lab, oltin nog’ora chalar va bu buyuk davlatning tojdorini “Iskandari Soniy” (“Ikkinchi Iskandar”) deb atardilar. Ammo bu dabdabali hokimiyat o’rta asrlardagi barcha feodal davlatlarga xos xususiyatga ega edi. Ichki nizo, boshboshdoqlik va fuqarolarning noroziligi kuchayib, mamlakat siyosiy hayoti inqirozga yuz tutgan bir ‘aytda Xorazmshoxlar davlati jangari mang’ul qabilalarining Chingizxon boshliq bosqiniga duchor bo’ladi. XIII asr boshlaridayoq CHig’atoy tasarrufiga berilgan Movarounnahr, Yettisuv va SHarqiy Turkistonda CHig’atoy ulusi tashkil to’ib, uning ‘oytaxti Beshbaliq shahri edi. Bu yerda xazinachi va si’ohlari bor edi. Bu feodal davlat XIV asrning 40-yillariga qadar yashaydi. Mangullar katta va madaniy viloyatlarni idora qilishda mutlaqo tajribaga ega emas edilar. Buning ustiga bunday viloyatlarni boshqara oladigan mahmurlar ham yo’q edi. Chingizxon va xonzodalar, mungul harbiy zodagonlari istilo qilingan mamlakatlardan asosan o’l’on undirib, muttasil daromad olib turishga qiziqardilar. SHuning uchun ham sertarmoq va boy xo’jalikka ega bo’lgan Movarounnahr viloyatlarini va hunarmandchilik shaharlarini boshqarishda davlatni idora qilish anhanalariga ega bo’lmagan mungul hoqonlari, shuningdek, CHig’atoy ham o’ziga bo’ysundirilgan madaniyroq xalqlarning zodagon tabaqa vakillari xizmatidan foydalanadi. Movarounnahrni bevosita idora etish ishlari xali O’rta Osiyo zabt etilmasdan ilgari Chingizxon xuzurida xizmat qilgan xorazmlik savdogar Mahmud Yalavochga beriladi. U Xujand shahrini o’ziga ‘oytaxt qilib oladi va shu yerda turib Movarounnahrni idora qila boshlaydi. Bu yerda Vatanimizda mashhur allomalarning butun bir avlodi yashab ijod qildilar, mehmorchilik, sanhat va musiqa gullab-yashnadi, bu haqda boshqa mavzularda so’z yuritamiz. SHunday qilib, mungullarning 150 yillik hukmronligi davrida mustaqil davlatchiligimizga barham berildi. Davlatchiligimiz tarixida muhim rol’ o’ynagan, davlat tuzumi va boshqarish tizimining takomillashuvida Temur davlati alohida ahamiyat kasb etadi. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling