Ozbekiston respublikasi aloqa axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari davlat qo’mitasi
Sobiq Ittifoqda turg’unlik xolati. XX asrning 80 - 90 yillarida O’zbekistonning
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston tarixi
Sobiq Ittifoqda turg’unlik xolati. XX asrning 80 - 90 yillarida O’zbekistonning
ijtimoiy - siyosiy hayoti. XX asrning 70 - 80 yillarida SSSRda iqtisodiyotning rivojlanish sura’ti tobora pasayib, sarf - harajatlari ortib bordi. Mavjud imkoniyatlarni hisobga olmasdan ishlab chikilgan ijtimoiy, oziq - ovqat , agrar, energetika, ekologiya va boshqa sohalardagi dasturlar samara bermadi, iqtisodiy ziddiyatlarni chuqurlashtirib yubordi. Sobiq Ittifoqda yuzaga kelgan turgunlik xrlati sabablariga quyidagilarni aytish mumkin. Xususan, XX asr ikkinchi yarmidan dunyoda ilmiy - texnikaviy yangiliklar sodir bo’ldi. Bundan jahonning tarakkiy topgan davlatlari samarali foydalana boshladi. Mashina - fabrika ishlab chiqarishidan avtomatlashtirilgan kompleks ishlab chiqarishga utib borildi. Ishlab chiqarishga hisob - kitoblar, yechimlar, nazorat va boshqarish vazifalarini bajaradigan elektron - hisoblash apparatlari, axborot texnikasi, robotlar kirib keldi va keng qo’llanila boshlandi. Odamlar bajarib kelgan oddiy texnik, mexaniq, og’ir jismoniy ishlarni texnika vositalari bajaradigan bo’ldi. Fan ishlab chiqarish kuchiga aylandi. Natijada ilg’or mamlakatlarda ishlab chiqarishning samarasi oshib, intensiv taraqqiyot yo’liga kirdi. Moddiy ishlab chiqarishda ishlovchilar soni kiskarib, xizmat ko’rsatish sohasida, tibbiyot, ta’lim, ilmiy faoliyatda band bo’lganlar soni oshib bordi. Axborot texnikasi tibbiyot, fan, ta’lim va boshqa xizmat ko’rsatish sohalarida keng qo’llanila bordi. Inson texnik, mexaniq va og’ir jismoniy ishlarni bajarishdan ozod bo’lib, o’zini mazmunli, ijodiy ishlarga bag’ishladi. Pirovardida turmush saviyasi tobora yaxshilanib bordi. Bu davrda sovet davlatida esa ilmiy - texnika inqilobidan foydalanish yetarli darajada yo’lga quyilmadi. Mamlakat katta tabiiy resurslarga ega bo’lsada, xo’jaliklar ularning yetishmovchiligiga duch keldi. Ko’pgina mamlakatlar fan - texnika inqilobi tufayli xalq turmushida jiddiy ijobiy burilishga erishgan bir paytda SSSR bu jarayondan orqada kolib ketdi. Ishlab chiqarish texnologiyasi eskirgan, mahsulotlarning sifati past, ular sotilmasdan omborlarda to’planib kolayotgan edi. Ma’muriy -buyruqbozlik tizimi, iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlik va uning mafkuralashtirilishi iqtisodiyotni isloh, qilish yo’lidagi urinishlarni yo’qka chiqarar edi. Ijtimoiy extiyojlarga mablag ajratishda qoldik; printsipi va taqsimotda tekischilik xukmron edi. Bular aholining mehnatga kizikishi va faolligini susaytirdi, boqimandalik, ichkilikbozlik, giyoxvandlik, chayqovchilik, poraho’rlik kabi yaramas illatlarni keltirib chiqardi. Buyruqbozlik boshqaruv usuli, mamlakatda keng tarqalgan qog’ozbozlik, majlisbozlik illatlari iqtisodiyotning o’z qonunlari va vositalari asosida rivojlanishiga to’sqinlik kilmokda edi. Odamlar mulkdan begonalashtirilgan, shu tufayli loqaydlik yuzaga keldi. «Qayta qurish» - XX asrning 80 - yillari o’rtalarida keng iste’molga kirgan tushuncha. qurish KPSS MK Bosh kotibi Mixail Sergeevich Gorbachev va KPSS Markaziy Komitetining 1985 yil 25 aprelь plenumi bilan bevosita bog’liqdir. Bu siyosat SSSRda totalitar tizimni isloh, yo’li bilan o’zgaRtiRishga qaratilgan harakatni anglatgan. Qayta qurish siyosatining maqsadi va vazifasi mamlakatda to’planib kolgan ijtimoiy -siyosiy, iqtisodiy, madaniy va mafkuraviy sohalardagi muammolarni «qayta qurish» yo’li bilan xal etishdan iborat bo’lgan. Qayta qurish 1985 - 1990 yillarni o’z ichiga olib, ikki bosqichga bo’linadi. Birinchi Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling