Ozbekiston respublikasi aloqa axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari davlat qo’mitasi
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1987 - 1990 yillar esa qayta qurishning ikkinchi bosqichi
bosqich (1985 - 1987) ma’muriy - tashqiliy tadbirlarning an’anaviy usullarda olib borilishi bilan
izohlandi. Ushbu bosqichda asosiy vazifalar ilmiy - texnika taraqqiyoti yutuqlarini ishlab chiqarishga jalb etish asosida jamiyatda tub iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish va uning asnosida inson omilini faollashtirishga qaratilgan edi. Qayta qurishning dastlabki davrlarida asosiy e’tibor mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga yunaltirildi. Biroq bunday jarayonning rivoji ijtimoiy munosabatlarni takomillashtirishni talab qildi. SHuning uchun 1986 yilda qayta qurish va ijtimoiy munosabatlar masalasiga alohida e’tibor berildi. Bunday siyosatning markazida esa jamiyatni demokratlashtirish, ma’muriy - buyruqbozlik va byurokratizmga, qonunsizlikka qarshi kurash turar edi. Natijada jamiyat ijtimoiy - siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotida ma’lum o’zgarishlar ruy bera boshladi, kishilarning ijtimoiy faolligi oshdi, demokratiya sari kadam tashlandi, milliy o’zlikni anglash jarayoni yuz berdi. Ammo tub o’zgarishlarni, barcha sohalarda haqiqiy islohatlarni amalga oshirish yo’lidagi urinishlar muvaffaqiyat qozonmadi. 1986 yildan boshlab mamlakat iqtisodiy axvoli battar yomonlasha boshladi, 1987 yil yanvaridan ishlab chiqarish sur’atlari keskin pasaya bordi, iqtisodiyotda inkirozli xolat yuzaga keldi. Qayta qurishning birinchi bosqichi shu tarzda mag’lubiyat bilan yakun topdi. 1987 - 1990 yillar esa qayta qurishning ikkinchi bosqichi bo’lib, enlikda jamiyatning barcha jabxalarini kompleks tarzda isloh, qilishni kun tartibiga kuydi. Jumldan, bu davrda sovet jamiyatini demokratlashtirish masalasi asosiy vazifa, deb ta’kidlandi. Demokratlashtirish jarayoni jamiyatni ma’lum darajada uyg’otdi, ijtimoiy faollik ortdi. Saylovlarning muqobil nomzodlar ishtIroqida, alternativ asosda olib borilishi ijobiy xolat edi, bundan tashqari SSSRda saylov tizimini o’zgartirish to’g’risidagi Qonun (1988 yil dekabri) ning qabul qilinishi xam jamiyat a’zolari ijtimoiy faolligini oshirishda ma’lum ahamiyat kasb etdi. Biroq Ittifoqda tub demokratik o’zgarishlarni amalga oshirish, boshlangan islohotlarni oxiriga yetkazish mumkin bulmadi. Bu ikki sabab bilan izohlanadi. Birinchidan, qayta qurishning aniq, izchil, ilmiy jihatdan puxta ishlab chikilgan dasturi yo’q edi. Ikkinchidan, partiya rahbarlari bundan manfaatdor emasdilar. Xullas, M.S. Gorbachev boshchiligida KPSS rahbariyatining bir qismi tomonidan boshlangan qayta qurish siyosati mamlakat hayoti va umuman jahonda ma’lum o’zgarishlar sodir bulishiga olib keldi (oshqoralik, siyosiy plyuralizm, «sovuq urush»ning tugashi va x,k.). Qayta qurishni amalga oshirishdagi karama - qarshilik va noizchilliklar natijasida 80 -yillarning oxiri - 90 - yillarning boshidan mamlakat hayotining barcha sohalarida buxronlar kuchayib ketdi. Qayta qurish sobiq SSSRda to’planib kolgan muammolarni to’la xal etishga xizmat kilmadi. Mustaqillik, demokratiya va erkinlik g’oyalariga to’g’ri kelmaganligi tufayli xam amaliy samara bermadi. Oxir oqibatda KPSS ning xaloqati va SSSR ning tugashiga muayyan turtki bo’ldi. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling