O’zbekiston Respublikasi aloqa va axborotlashtirish Agentligi


Differensiasiya indeksi (DI)


Download 0.98 Mb.
bet4/21
Sana16.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1499178
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Хайдаров Ф

Differensiasiya indeksi (DI): testdan o’tkazish jarayonida tekshiriladigan yanada yaxshiroq testlarni yanada yomonroq testlardan ajratish imkoniyatiga ega yaxsht qurilmagan indikator hisoblanadi. Bu parametr +1 (kuchli guruhlardagi topshiruvchilar to’g’ri, kuchsiz guruhlardagi esa noto’g’ri javob berishdi) va -1 (kuchli guruhlardagi topshiruvchilar aksincha, noto’g’ri, kuchsiz guruhlardagi esa to’g’ri javob berishadi) orasidagi qiymatlarni qabul qiladi. Indeksning manfiy qiymatlari kuchsiz topshiruvchilar berilgan topshiriqqa kuchli topshiruvchilarga nisbatan yaxshi javob berishini ko’rsatib turibdi. Bunday test topshiriqlari tashlab yuborilishi kerak. Ular amaliy jihatdan test o’tkazish prosedurasini kamaytiradi.
Differensiasiya koeffisenti (DK): aniq topshiriq o’lchamlarini hisoblashning yana bir usuli kuchli va kuchsiz tekshiriluvchilarni ajratadi. Differensiasiya koeffisenti – bu testni bajarish natijalari bilan aniq topshiriqni bajarishda tekshiriluvchilar tomonidan olingan javoblar qiymatlarining to’plamlari orasidagi korrelyasiya koeffisentidir. Bu parametr +1 va -1 orasidagi qiymatlarni qabul qilishi mumkin. Musbat qiymatlar kuchli va kuchsiz tayyorlangan talabalar uchun ajratilgan topshiriqlarga mos tushadi, qayerdaki bu vaqtda koeffisentning manfiy qiymatlari yomon tayyorlangan talabalar yaxshi tayyorlangan talabalarga nisbatan o’rta qiymatda yaxshi javob berishini ko’rsatadi. Differensiasiya koeffisentining manfiy qiymatli topshiriqlari tekshtriladiganlarning tayyorgarlik darajasi bo’yicha testlash topshiriqlari talabalariga javob bermaganligi uchun test hisoblanmaydi. Bunday topshiriqlardan qochish kerak. Differensiasiya koeffisenti afzalligining differensiasiya indeksidan farqli jihati shundan iboratki, birinchisi barcha talabalar to’plamidagi axborotlarni o’zida saqlaydi. Shunday qilib, bu parametr test topshiriqlarini hisoblash imkoniyatlarining effektivligini topishga msolashuvchan bo’ladi [16].

    1. Test orqali o’rgatishni tashkillashtirish

O’rgatish testining yorqin misoli sifatida talaba testni topshirib bo’lgandan keyin yakuniy balini ko’rishi mumkin bo’lgan, bir urinishli test hisoblanadi.
Agar talabaga balldan tashqari, yana javoblarning barcha variantlarini to’g’ri va noto’g’ri javoblarga rang bergan holda, ko’rsatadigan bo’lsak, unda qachon, nima uchun xato yo’l qo’yganligi va nima uchun aynan shu savol to’g’riligi haqida o’ylash imkoniyati paydo bo’ladi. U o’ylaydi va tahlil qiladi, ya’ni talaba o’rganishni boshlaydi.
O’quvchilarga xatolarni tuzatishni, testni bajarish yo’lini topishga va tahlil qilish imkonini berish maqsadida testni sozlashning boshqa usulini ham qo’llash mumkin. Buning uchun javoblar barcha variantlarining to’g’ri/noto’g’riligini emas, balki talabaning javobini va unga berilgan ballni ko’rsatish yetarli. Bundan esa savollar kabi, javoblarni ham aralashtirgan holda testdan bir necha marta o’tish imkoniyati kelib chiqadi.
Shunday qilib, o’rgatuvchi testga quyidagi ta’rifni berish mumkin:
O’rgatuvchi test – talabaga o’zining xatolarini tahlil qilishga va o’zgartirish imkon beruvchi o’rgatiladigan materiallarni o’zlashtirish aspektlarining uncha katta bo’lmagan hajmi bo’yicha aniqlashga yo’naltirilgan topshiriqlar to’plamidir.
Moodle o’qitishni boshqarish tizimi turli tipdagi testlarni qurish uchun keng imkoniyatlarni beradi:
testdan o’tishning sozlangan urinishlari soni;
urinishlar orasidagi sozlangan vaqtinchalik ushlanish;
baholash usulini tanlash (bir nechta urinishlar holida):
yuqori/quyi baho, birinchi/oxirgi urinish;
testdagi savollar kabi, javob variantlarini almashtirish;
o’rgatuvchi rejim: talaba bitta urinish doirasida savolga bir necha marta javob berishi mumkin. Har bir noto’g’ri javobga shtraf ballarni hisoblash imkoniyati mavjud.
natijalarni ko’rishning sozlangan rejimi: nima (o’zining javobi, ballar, izohlar, barcha javoblar, butun testga umumiy izoh) va qachon (darrov urinishdan keyin, test yopilishidan sal oldin, test yopilgandan keyin) talaba ko’rishi mumkin;
olgan bahosiga bog’liq holda barcha test uchun sozlanadigan izohlar;
har bir javob varianti uchun sozlangan izohlar;
har bir savolga sozlangan izohlar;
kategoriyadan savolarni tasodifiy tanlash asosida testlarni qurish.
O’qitish kursni qurishda uni turli tipli katta bo’lmagan testlar bilan to’ldirish kerak bo’ladi (o’z-o’zini tekshirish testi, trening). Bunday testlarning asosiy xarakteristikasi talabalar xatosini tahlili va ularni tuzatish imkoniyati ham bo’lishi mumkin. Buning uchun quyidagilar zarur bo’ladi [14]:
talabaga testdan bir necha marta imkoniyatini berish;
talabaga xatosini topishga yordam berishga bog’liq holda, natijalarni ko’rish rejimini sozlash. Siz unga qancha ko’p axborot bersangiz, u xatosini topishga shuncha xarakat qiladi. Qancha kam yordam bersangiz – u shuncha ko’p o’zi o’ylanishiga majbur bo’ladi;
talabaga chiqariladigan har bir distraktor uchun izoh qo’shilishi kerak.
2.2.-rasmda keltirilgan Ma’ruza elementining imkoniyatlari va usullarini o’rganish uchun shu elementning strukturasini ko’rib chiqamiz.
Ma’ruza elementi bir nechta klasterlardan iborat bo’ladi. Har bir klasterda kartochka va test topshiriqlari bo’ladi. Klaster sifatida ma’ruzaning bir bobi tushuniladi. Kartochkalar o’zida bobdagi bo’limlarni tasvirlaydi. Klaster ichida bir kartochka-bo’limdan boshqasiga o’tish mumkin. Klaster oxirida yoki kartochka-bo’lim oxirida test topshirig’i bo’ladi. Agar test topshirig’i to’g’ri bajarilsa, talaba keyingi klaterga yoki kartochka-bo’limga o’tishga ruxsat oladi. Agar test topshirig’i noto’g’ri bajarilgan yoki aniq ballar soni to’rlanmagan bo’lsa, u holda talaba avtomatik ravishda klaster yoki kartochka-bo’lim boshiga qaytadi.
Masalan, rasmda uchta klasterdan tashkil topgan ma’ruza tasvirlangan. Birinchi klasterda uchta kartochka bo’lib, ular orasida o’tish tugmalari va bitta test topshirig’i mavjud. Ikkinchi va uchinchi klasterlarda ikkitadan kartochka bor. Har bir klasterning oxirida test topshirig’i va topshiriqni bajarish natijasiga bog’liq o’tishlar mavjud. Ma’ruzani yaratishda faqat kartochka-bo’limlar va test topshiriqlarini ishlatib, klasterlarni qo’llamasa ham bo’ladi. Klasterlar ma’ruza materiallarini tartiblashtirishda qulaylik tug’dirish uchun kiritilgan.
Ma’ruza flesh-kartochka deb ataladigan kartochkalar to’plami sifatida ham tashkillashtirilishi mumkin.
Har bir kartochka o’rganiladigan materialdan yoki savollardan iborat sahifadan iborat bo’ladi. Kartochkalar talabalarga ixtiyoriy tartibda namoyish qilinadi, ya’ni Ma’ruza elementining aniq boshi va oxiri bo’lmaydi. Flesh-kartochkalar sonini sozlashda aniq topshiriqni o’rganib va bajarib bo’lgandan keyin, ma’ruza tugallangan hisoblanadi va talaba baholanadi.
Ma’ruza elementi kursning boshqa resurslari va elementlari ko’rinishlariga ko’ra, ishlab chiqishga ko’p vaqt talab qilsa ham, biroq u talabada o’rgatiladigan kursga va masofaviy topshiriqlarning samaradorligiga qiziqish uyg’otadi [17].



2.2.-rasm. Ma’ruza elementining strukturasi

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling