ochiq kalit K axborotni shifrlashda ishlatiladi, maxfiy kalit K dan hisoblab chiqariladi;
maxfiy kalit K uning jufti bo‘lgan ochiq kalit yordamida shifrlangan axborotni rasshifrovka qilishda ishlatiladi.
Assimetrik shirflash algoritmlaridan foydalanib ma’lumotlarni shirflash quyidagi jarayonlardan iborat:
Kalitlar generatsiyasi.
B foydalanuvchi kB maxfiy kalit asosida KB ochiq kalitni generatsiya qiladi. Ochiq kalit KB ochiq tarmoq orqali A foydalanuvchiga yoki tarmoqning boshqa foydalanuvchilariga uzatadi.
Ma’lumotlarni shirflash.
A foydalanuvchi yoki tarmoqning boshqa foydalanuvchisi KB ochiq kalitdan foydalangan holda ochiq ma’lumotni shifrlaydi va uni ochiq tarmoq orqali yuboradi.
Shifrmalumotni deshifrlash.
B foydalanuvchi qabul qilingan shifrmatnni o‘zining kB maxfiy kalit bilan deshifrlaydi
va ochiq matnga ega bo‘ladi.
Assimetrik shifrlash usullarini yaratishda odatda hozirda yechimi mavjud bo‘lmagan matematik muaamodan foydalaniladi. Bu matematik muammolar odatda bir tomonlama funksiya sifatida ifodalanadi. Bir tomonlama funksiya deb, o‘ziga teskari bo‘lgan funksiya mavjud bo‘lmagan funksiyaga aytiladi. Assimetrik shifrlash usullari simmetrik shifrlash usullariga qaraganda ma’lumotlarni shifrlash va deshifrlashda ko‘p vaqt talab etadi. Bu kamchilik ularda katta sonlar ustida matematik amallar bajarilishi bilan belgilanadi. Bu esa katta hajmdagi ma’lumotlarni shifrlashda noqulaylik tug‘diradi.
Shuning uchun odatda katta hajmdagi ma’lumotlar simmetrik shifrlash algoritmi asosida shifrlanib, uning kaliti assimetrik shifrlash algoritmidan foydalanilib yuboriladi.
Kombinatsiyalangan usulda shifrlash
Kombinatsiyalangan usulda deshifrlash
Shifrlashning simmetrik kriptotizimida shifrlash va rasshifrovka qilish uchun bitta kalitning o‘zi ishlatiladi. Demak, shifrlash kalitidan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan har qanday odam axborotni rasshifrovka qilishi mumkin. Shu sababli, simmetrik kriptotizimlar maxfiy kalitli kriptotizimlar deb yuritiladi. Ya’ni shifrlash kalitidan faqat axborot atalgan odamgina foydalana olishi mumkin.
Shifrlashning simmetrik kriptotizimi sxemasi
Simmetrik shifrlash usullari ma’lumotlarni shifrlashda qanchalik yuqori tezlik va bardoshlilikga ega bo‘lmasin, ularda kalitni almashinish muammosi mavjud. Quyida ushbu muammo keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |