Book ma’lumotlar bazasini ishga tushiramiz:
$conn = mysql_connect(
"localhost","nina","123")
or die("Ulanishni amalga oshirib bo‘lmaydi: ". mysql_error());
echo "Ulanish amalga oshdi";
mysql_select_db("book");
?>
Jadval maydonlari ro‘yxatini olish:
Endi topshiriqni echish bilan alohida shug‘ullansa bo‘ladi. Jadval
maydonlari ro‘yxatini qanday olish mumkin? Juda oddiy. PHP da bu holda
ham o‘ziga tegishli buyruq mavjud - mysql_list_fields.
mysql_list_fields sintaksisi
mysql_list_fields ( resursi
database_name qatori,
table_name qatori
[, resurs link_identifier])
Bu funksiya maydonlar ro‘yxatini database_name ma’lumotlar
bazasidagi table_name jadvaliga qaytaradi. Kelib chiqadiki, ma’lumotlar
bazasini tanlash bizga majburiy emas, lekin keyinroq asqotadi. Bu funksiya
ishining natijasini – resurs tipi o‘zgaruvchisini qanday baholash mumkin.
YA’ni bu biz olishni xohlagan narsa emas. Bu ularning nomlari, tiplari va
bayroqlari kiradigan jadval maydonlari haqidagi ma’lumotlarni olish uchun
foydalanish mumkin bo‘lgan havola. mysql_field_name funksiyasi so‘rov
amalga oshirilishi natijasida olingan maydon nomini qaytaradi.
mysql_field_len funksiyasi maydon uzunligini qaytaradi. mysql_field_type
funksiyasi maydon tipini qaytaradi, mysql_field_flags funksiyasi esa probel
bilan yozilgan maydon bayroqlari ro‘yxatini qaytaradi. Maydon tiplari int,
real, string, blob va b. bo‘lishi mumkin. Bayroqlar not_null, primary_key,
unique_key, blob, auto_increment va b. bo‘lishi mumkin.
Bu barcha buyruqlar sintaksisi bir xil:
mysql_field_name (result qatori, butun field_offset) resursi;
mysql_field_type (result qatori, butun field_offset) resursi;
mysql_field_flags (result qatori, butun field_offset) resursi;
mysql_field_len ( result qatori, butun field_offset)
Bu erda result – bu so‘rov natijasi identifikatori (masalan, mysql_list_fields yoki mysql_query funksiyalar bilan jo‘natilgan so‘rov(bu haqda keyinroq gapirib o‘tiladi)), field_offset esa – natijadagi maydonning tartib raqami. Umuman olganda, mysql_list_fields yoki mysql_query turidagi funksiyalarni qaytaruvchi jadvalni, aniqrog‘i uning unga bo‘lgan ko‘rsatkichini aks ettiradi. Bu jadvallardan aniq ma’nolar olish uchun maxsus bu jadvalni ostki qator sifatida o‘quvchi funksiyalarni ishga tushirish kerak. Bu funksiyalarga mysql_field_name va shu kabilar ham kiradi.So‘rovni amalga oshirish natijasi jadvalidagi barcha qatorlarni saralash
uchun bu jadvaldagi qatorlar miqdorini bilish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |