Terminalni ishga tushirish
Ubuntu launcherning qudiruv panelidan Terminalni (klaviatura orqali kiritiladi) qidirib, natijalardan terminal ustiga sichqonchaning chap tugmasini bosish orqali terminalni ishga tushiramiz.
T erminal ishga tushganidan so`ng, ekranda quyidagicha oyna hosil bo`ladi.
Fayllar ro`yxatini taqdim etish - ls buyrug`i
ls – asosan fayllar ro`yxatini taqdim etish uchun ishlatiladi. U turli hil ko`rinishlarda qo`llanilishi mumkin, albatta ekranda aks etadigan natijalar ham turlicha bo`ladi. ls fayllarni topish uchun eng samarali buyruqlardan biri hisoblanadi. Faqat ls buyrug`ining o`zini ishlatish orqali fayllar ro`yxati shakllantiriladi.
va quyidagicha, hech qanday qo`shimcha ma`lumotlarsiz, faqat fayllar ro`yxatini ekranga chiqaramiz
Agar fayl haqidagi qo`shimcha ma`lumotlarni ekranga chiqarish kerak bo`lsa, u holda ls –l buyrug`idan foydalaniladi.
Ekranda aks etgan natija quyidagilarni o`z ichiga oladi:
Fayl katalogi;
Fayl o`lchami;
Fayl o`zgartirilgan sana va vaqt;
Fayldan foydalanishga vakolatli foydalanuvchilar va h.k.
Yashirilgan (yoki berkitilgan - hidden) fayllarni ko`rish uchun ls –a buyrug`ini kiritish zarur. Yashirilgan fayl nomlari “.” (nuqta) belgisi bilan boshlanadi.
Buyruq kiritilganidan so`ng ekranda quyidagicha fayllar ro`yxati aks etadi
Buyruq
|
Tasnifi
|
ls --color
|
Ro`yxatni rangli ko`rinishda chiqarish [=always/never/auto]
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |