rm – fayllarni o`cherish buyrug`i
Biror bir faylni o`chirish uchun avvalo ushbu fayl joylashgan katalogga kirish talab etiladi. Faraz qilaylik, fayl home katalogida joylashgan, va biz kataloglarni o`zgartirish cd buyrug`i bilan tanishmiz. Buning uchun cd buyrug`i bilan home katalog nomini birga yozish va joriy katalogdan yangi katalogga o`tish kerak bo`ladi.
va biz home katalogiga kirdik:
abc.txtfaylini katalogdan o`chirish uchun rm abc.txtbuyrug`ini kiritamiz:
va natijani grafik interfeysda ko`rsak, abc.txt fayli o`chirilganligiga guvoh bo`lamiz:
Bo`sh kataloglarni o`chirish uchun rmdir buyrug`idan foydalanamiz. Buning uchun rmdir buyrug`i bilan katalog nomini birga yozish kerak bo`ladi. Quyidagi rasmda home katalogida “emptyDirectory” nomli bo`sh katalogini ko`rishimiz mumkin.
emptyDirectory katalogini o`chirish uchun quyidagi buyruqni kiritishimiz zarur:
va quyidagi rasmda aks etganidek emptyDirectory nomli bo`sh katalog o`chirildi:
mv – fayllarni ko`chirish buyrug`i
Fayllarni bir manzildan boshqasiga ko`chirish uchun mv buyrug`i ishlatiladi. Quyidagi rasmda aks ettirilgan DESKTOP katalogida joylashgan sample.txt faylini boshqa katalogga ko`chirishni ko`rib chiqaylik.
Desktop katalogida joylashgan sample.txt faylini Downloads katalogiga ko`chirish uchun quyidagi buyruqni kiritish zarur, “mv sample.txt /yangi katalog nomi”, va u quyidagicha ko`rinishda bo`ladi:
Yuqoridagi buyruq kiritilganidan so`ng Downloads katalogiga sample.txt fayli ko`chiriladi, va uning yangi manzili “/home/bush/downloads” deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |