/opt – Katta hajmdagi dasturlar yoki katta hajmdagi yordamchi paketlar shu katalogga oʻrnatiladi.
/root – root super foydalanuvchisining shaxsiy fayllari saqlanadigan joy, root foydalanuvchisining uy katalogi hisoblanadi.
/sbin – Tizimni boshqarish va sozlash uchun zarur boʻlgan asosiy tizim dasturlari saqlanadi (ifconfig, iptables).
/srv - Bu katalogda turli xil yashirin ishlovchi jarayon ma’lumotlari saqlanadi. Bu ma’lumotlarni koʻrib boʻlmaydi.
/tmp – Vaqtinchalik ma’lumot saqlash uchun joy. Barcha foydalanuvchilar bu katalog ichini oʻqishi va katalogga yozishi mumkin.
/usr – Bu katalogda barcha oʻrnatilgan dastur paketlari, hujjatlari, yadroning kodlari va X-Window tizimi saqlanadi.
/var - Tez-tez oʻzgarib turadigan ma’lumotlar. Bu yerda operatsion tizim jurnallari, tizim log fayllari, kesh-fayllar va shu kabilar saqlanadi.
Linux operatsion tizimining asosiy buyruqlari quydagilardir :
grep MemTotal /proc/meminfo — Doimiy xotira haqida ma’lumot olish(RAM).
grep SwapTotal /proc/meminfo — Swap haqida ma’lumot olish;
free — Swap va RAM xotira haqida umumiy ma’lumot olish;
df — Qattiq disk(vinchester) hajmi haqida ma’lumot olish;
date — Hozirgi vaqt va kunni chiqarish;
cal – Hozirgi kalendarni koʻrish. cal 2007 terib 2007 yilning kalendarini chiqarish mumkin boʻladi;
w – online boʻlib turgan foydalanuvchilarni koʻrish;
whoami – ishlab turgan foydalanuvchi nomini koʻrish;
finger user – user nomli foydalanuvchi haqida ma’lumot olish;
cat /proc/cpuinfo – protsessor haqida ma’lumot olish(CPU);
whereis app — app dasturi qayerda joylashganini koʻrish;
Do'stlaringiz bilan baham: |