O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari


Download 129.16 Kb.
bet2/5
Sana09.04.2023
Hajmi129.16 Kb.
#1346470
1   2   3   4   5
Bog'liq
Elektronika 2.4 mustaqil ishi.Soliyeva D

DARLINGTON JUFTLIGI:

Tarkibiy tranzistorda natijaviy tok uzatish koeffitsienti alohida tranzistorlar tok uzatish koeffitsientlarining ko‘paytmasiga teng. Agar β1 va β2 lar bir xil qiymatga ega bo‘lsa, masalan 100 ga, hisoblab topilgan koeffitsient β= β1 ∙β2 = 104 bo‘ladi. Lekin, bir xil VT1 va VT2 larda β1 va β2 koeffitsientlar IK1 va IK2 kollektor toklari bir xil bo‘lgandagina bir – biriga teng bo‘ladi. IE1>>IB1=IE2 bo‘lgani uchun IK2 >> IK1.

SHuning uchun β1<< β2 va β= β1 ∙β2 amalda bir necha mingdan oshmaydi.

Tarkibiy tranzistorlar turli o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan tranzistorlar asosida ham hosil qilinishi mumkin. Bunday tuzilmalar qo‘shimcha simmetriyaga ega bo‘lgan tarkibiy tranzistorlar deb ataladi. Komplementar BTlar asosidagi SHiklai tarkibiy tranzistori deb ataluvchi sxemaning tuzilishi 2, a – rasmda keltirilgan.

Bunda kirish tranzistori sifatida p-n-p o‘tkazuvchanlikka ega tranzistor, chiqish tranzistori sifatida esa n-p-n o‘tkazuvchanlikka ega tranzistor ishlatiladi. Natijaviy toklar yo‘nalishlari, rasmdan ko‘rinishicha, p-n-p tranzistorning toklari yo‘nalishiga mos keladi. Tok uzatish koeffitsienti β= β1+ β1 ∙β2 ga teng bo‘ladi va amalda Darlington tranzistorining β siga teng bo‘ladi.

Prinsipda tarkibiy tranzistor maydoniy va bipolyar tranzistorlar asosida hosil qilinishi mumkin. 2, b – rasmda n – kanali p-n o‘tish bilan boshqariluvchi MT va n-p-n tuzilmali BT asosida hosil qilingan tarkibiy tranzistor sxemasi keltirilgan. Ushbu sxema maydoniy va bipolyar tranzistorlarning xususiyatlarini o‘zida

mujassamlashtirgan – bu juda katta kirish qarshiligiga va tok bo‘yicha, demak quvvat bo‘yicha ham, juda katta kuchaytirish koeffitsientiga egaligidan iborat. Komplementar BTlar (a), BT va MTlar asosidagi (b)tarkibiy tranzistor sxemalari.

 

 

Aktiv tok transformatori sxemasi.

Aktiv tok transformatori sxemasi.Tok transformatorlari (TA) o‘lchov asboblari va himoya apparatlarini yuqori kuchlanish zanjiridan izolyatsiya qilish uchun va himoya zanjirini tarmoqdagi tok bilan ta’minlash uchun qo‘llaniladi.Tok transformatori nazorat qilinayotgan zanjirga xuddi ampermetr ulagandek, ketma-ket ulanadi Ikkilamchi chulg‘amlarigaampermetr, o‘lchov


Download 129.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling