O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari


Birlamchi chulg‘amning chiqishlari ixtiyoriy belgilanishi mumkin: ulardan biri boshlanish (L1), ikkilamchi esa chulg‘amning oxiri (L2) deb hisoblash mumkin


Download 129.16 Kb.
bet5/5
Sana09.04.2023
Hajmi129.16 Kb.
#1346470
1   2   3   4   5
Bog'liq
Elektronika 2.4 mustaqil ishi.Soliyeva D

Birlamchi chulg‘amning chiqishlari ixtiyoriy belgilanishi mumkin: ulardan biri boshlanish (L1), ikkilamchi esa chulg‘amning oxiri (L2) deb hisoblash mumkin.

Birlamchi chulg‘amning boshlanishi (L1) dan oxiriga qarab tok oqqanda ikkilamchi chulg‘amni boshlanishi qilib (b) uning chiqishi qabul qilinadiki, u chiqishidan bu vaqtda yuk zanjiriga tok oqadi. SHunga mos ravishda ikkilamchi chulg‘amning ikkinchi chiqishi chulg‘amning oxiri (0) hisoblanadi.

Ba’zi adabiyotlarda birlamchi chulg‘amning boshi va oxiri L1 va L2, ikkilamchi chulg‘amning boshi va oxiri I1 va I2 qilib belgilanadi. Tok transformatorlarining yuki

Tok transformatorlari xatoligi uning yuki miqdoriga teng.

Tok transformatorining ikkilamchi chulg‘amidagi qarshilik quyidagicha topiladi:

Zyu=U2/I2,

Bu yerda: U2 va I2 – ikklamchi chulg‘amning kuchlanishi va toki.Zyu ni topish uchun U2 kuchlanishni hisobga olish kerak, U2 kuchlanish esa yuk qarshiligi Zyu dan tok oqqandagi kuchlanishni tushuviga teng.Yukning qarshiligi simning qarshiligi ZS va relening qarshiligi ZR lardan iborat: ZYu=ZS+ZR,

unda, U2=I2∙ZYu ning kattaligi tok transformatorlarini ulanish sxemalariga bog‘liq. 

 ZYu ni kattaligi esa qisqa tutashuv turiga bog‘liq.

Tok transformatori TA ning ikkilamchi chulg‘amini uzish mumkin emaschunki I2=0 bo‘lsa, hamma birlamchi tok magnitlovchi tokka aylanib qoladi. Bu esa oqim Ôt ni oshishiga sabab bo‘ladi, natijada katta oqimga proporsional E2 hosil bo‘ladi, uning qiymati 1,5 kV gacha yetadi, natijada izolyatsiya teshilishi mumkin, bu esa qisqa tutashuvga olib keladi. Katta oqim ta’sirida po‘lat o‘zak qizib, kengayib ketadi.

Ikkilamchi chulg‘amdagi yukning miqdori tok transformatorining xatoligiga ta’sir etadi. ZYu kam bo‘lgani sari o‘lchov aniqlashadi. Xulosa qilib aytganda, TA ning normal ish holati qisqa tutashuv rejimiga yaqin.

Tok transformatorlarining yukini kamaytirish uchun ikkita tok trans- formatorini ketma-ket ulash mumkin, ya’ni ular bir fazada o‘rnatiladi va bir xil nt transformatsiya koeffitsiyentiga ega bo‘ladi.


THE END
Download 129.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling