O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari


asboblarining va himoya apparatlarining tok zanjirlari


Download 129.16 Kb.
bet3/5
Sana09.04.2023
Hajmi129.16 Kb.
#1346470
1   2   3   4   5
Bog'liq
Elektronika 2.4 mustaqil ishi.Soliyeva D

asboblarining va himoya apparatlarining tok zanjirlari.

Almashtirish sxemasi va vektor dia- grammada quyidagilar qabul qilingan: birlamchi tok I1 va birlamchi chulg‘am W1 qarshiligi ikkilamchi chulg‘am W2 o‘ramlar soniga keltirilgan va bunda ikkilamchi chulg‘amdagi tokning vektori I2 o‘zining haqiqiy yo‘nalishidan 180° ga burilgan.Tok transformatorlarining ishi magnitlovchi kuchning (M.K.) tenglamasi bilan xarakterlanadi.

Magnitlovchi tok Imag= 0 bo‘lganda, ikkilamchi tok I2=I1/nt ga teng, bu yerda: nT =W2/W1 – tok transformatori chulg‘amlarining soni nisbati bo‘yicha aniqlangan transformatsiya koeffitsiyenti.Shunday qilib, magnitlovchi tok hisobga olinmaganda, tok transformatorlari ideal, xatosiz ishlaydi. Bunda uning ikkilamchi toki birlamchi tokining transformatsiya koeffitsiyenti nt bo‘linganiga teng va ikkilamchi tok birlamchi tokdan 180° ga faza bo‘yicha farq qiladi.

Haqiqiy magnitlovchi tok hech qachon nolga teng bo‘lmaydi. Buni hisobga olgan holda ikkilamchi tok quyidagicha topiladi

Bu formuladan kelib chiqadiki, xaqiqiy ikkilamchi tok hisoblab topilgan qiymatdan farq qiladi. Bu farq Imag/nt ga teng. Imag tok ikkilamchi tokning miqdorini va fazasini o‘zgartiradi.

Shunday qilib, magnitlovchi tokning ishtirok etganligi tufayli tok transformatorining ikkilamchi cho‘lg‘amiga birlamchi tokning faqat bir qismigina

transformatsiyalanadi, ya’ni tok transformatorining ishida xatolik paydo bo‘ladi.Almashtirish sxemasida birlamchi va ikkilamchi cho‘lg‘am orasidagi magnit bog‘lanish elektr bog‘lanish bilan almashtirilgan va birlamchi tomonning barcha kattaliklari ikkilamchi cho‘lg‘amlar soniga keltirilgan.

Tok kattaligining xatosi ikkilamchi tokning qiymatiga asosan foizda o‘lchanadi.δ burchak bo‘yicha xatoliklar gradus va minutlarda o‘lchanadi.Tok transformatorlarning magnitlovchi toklari qancha katta bo‘lsa, uning xatosi ham shuncha katta bo‘ladi. Natijada katta xatoliklar releli himoya qurilmalarining xato ishlashiga olib keladi. Shuning uchun tok transformatorlarining xatoliklarini kamaytirish muhim .


Download 129.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling