O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari


Qator ta’sirlashlar natijasida hujayra ichida natriy ionlarining jamlanishi kuzatilmaydi, chunki «natriy nasosi» deb ataluvchi maxsus biokimyoviy mexanizmlar ta’siri hisobiga doimiy ravishda ularning


Download 0.95 Mb.
bet6/6
Sana17.06.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1523065
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Elektronika va sxemalar 2. F.Yaxshiboyev

Qator ta’sirlashlar natijasida hujayra ichida natriy ionlarining jamlanishi kuzatilmaydi, chunki «natriy nasosi» deb ataluvchi maxsus biokimyoviy mexanizmlar ta’siri hisobiga doimiy ravishda ularning evakuasiyasi davom etadi.

 

«Natriyli-kaliyli» nasos yordamida kaliy ionlarini faol transport qilinishi haqidagi ma’lumotlar ham mavjud. Bu «nasos» membranada fermentlar tizimi holida bo’lib nerv tolalaridan bu tizim natriy, kaliy, magniy ionlari bilan faollashadi. «Nasos» ishini bajarilishi uchun energiya manbai bo’lib ATF xizmat qiladi.

Ionlarning bir tekisda tarqalmasligi bilan ta’min etiladigan hujayralarning bioelektrik xususiyatlari hujayralarning qo’zg’alish jarayonida bosh rolni o’ynaydi

Bioelektr potensiallar — tirik organizmlar va ularning ayrim hujayralarida paydo boʻladigan elektr potensiallar, qoʻzgʻalish va tormozlanish jarayonlarining eng muhim tarkibiy qismi. Bioelektr potensiallar — "xeyvon elektri" toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumot 18-asrning oʻrtalarida elektr baliklarining "zarba"larini oʻrganish tufayli paydo boʻldi. Bioelektr potensiallar toʻgʻrisidagi taʼlimotning asoschisi italiyalik olim L. Galvani hisoblanadi. L. Galvani bilan A. Volta "hayvonlar elektri"ni oʻrganib, elektr toki hosil qilishning yangi Volta usulini kashf etishdi va galvanik elementlar yaratildi (1791—97). Italiyalik K. Matteuchchi ilk bor (1837) galvanik elementlar yordamida Bioelektr potensiallar ni oʻlchab kurgan. 

Hujayra ichiga mikroelektrodlar kiritish usulining ishlab chiqilishi alohida tola yoki hujayra Bioelektr potensiallar ni oʻrganishga imkon beradi. Kalmarlarning gigant nerv tolalaridan foydalanish orkali Bioelektr potensiallar generatsiyasi mexanizmi oʻrganib chiqildi. Bu tolalarning K+ va Na+ ionlariga nisbatan oʻtkazuvchanligini tekshirish asosida A. Xojkin, A. Haqsli va B. Kats 1947—52 yillarda harakat potensiali ion mexanizmini ochib berishdi va Bioelektr potensiallar ning membrana taʼlimotini yaratishdi. Hayvonlar Bioelektr potensiallar ni oʻrganish tirik sistemalardagi fizikkimyoviy jarayonlarni tushunib olishda hamda diagnostikada (elektrokardiografiya, elektroensefalografiya, elektromiografiya va boshqalar) katta ahamiyatga ega

Agar nerv yoki muskul tolasining ma’lum qismini yetarlicha kuchli qo’zg’atuvchi bilan ta’sirlasak, bu qismda membrana potensiallarini tez o’zgaruvchan shaklda namoyon bo’luvchi qo’zg’alish yuzaga kelish grafigi harakat potensiali deb ataladi.


Xulosa
E`TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!
Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling