O`zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va
Manzillarni quyidagicha sinflarga bo’lish mumkin
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
Mustaqil ish(tarmoq)
Manzillarni quyidagicha sinflarga bo’lish mumkin:
1. Noyob manzil (Unicast) – alohida foydalanuvchining (uning kompyuterining interfeysi) identifikasion manzili; 2. Guruhli manzil (multicast) – barcha manzillarga ma’lumotlar bir vaqtda keladigan bir necha foydalanuvchilarning identifikasiyasi; 3. Keng uzatishli manzil (broadcast) – ma’lumotlar tarmoqning barcha bog’lamalariga bir vaqtda yo’naltiriladigan manzil. Bir tarmoq doirasida ruxsat etiladigan barcha manzillar manzillash oralig’i deyiladi. Manzillar sonli va belgili (simvolli) komponentlardan iborat bo’lishi mumkin. Sonli manzillar nuqtalar bilan ajratilgan ketma-ketli sonlar guruhlaridan tashkil topgan. Belgili manzillar davlatni, tashkilotni, tarmoqni, serverni belgilaydigan ma’noli yuklamadan iborat. Manzilli oraliq alohida bog’lamalarning ketma-ket tartib raqamini manzillarning joylashtirilishi tarzida (guruhli manzillashtirish) tashkil etilishi mumkin. Masalan, lokal tarmoqlarda (LAN) tarmoq kompyuterlarini bir qiymatli identifikasiyalash uchun ikkilik yoki o’n oltitalik son ko’rinishida bo’ladigan MAS manzillar (Media Access Control) ishlatiladi. MAS manzillar apparat manzillar deyiladi, chunki ishlab chiqaruvchi korxonalarida kompyuterlarning tarmoq adapterlariga o’rnatiladi. Tarmoq adapteri almashtirilganda bu kompyuterning tarmoq interfeysi manzili ham o’zgaradi. 4-rasm Iyerarxik tashkil etishda manzilli oralig’ bir-birlariga kiritilgan guruhlar va kichik guruhlar tarzida tashkil qilinadi. Umumiy manzilli oralig’ guruhlarga bo’linadi, ularga kichik guruhlar identifikatorlari va bog’lama identifikatorlari kiradi. Manzillarning bunday tashkil etish qiyin bo’lgan katta o’tchamli tarmoqlarda qo’llaniladi. Iyerarxik manzillarning namunaviy vakili - tarmoq IP-manzillari hisoblanadi. Ularda ikki pog’ona: katta qismi tarmoqning tartib raqamini, kichik qismi esa bog’lamaning tartib raqamni bildiradi. Bu holda tarmoqlar orasida xabar faqat manzillarni katta qismidan foydalanilgan holda uzatiladi, bog’lamalar tartib raqamlari (kichik qismlar) esa tarmoqqa xabar yetkazilgandan keyin ishlatiladi (pochta indekslariga o’xshash davlat-shahar-tuman). Ko’pincha birdaniga bir necha manzillashtirish sxemalari qo’llaniladi, shuning uchun kompyuterning tarmoq interfeysi bir necha manzillarga ega bo’lishi mumkin, bunda ulardan har biri o’sha bir kompyuter turli konfigurasiyadagi tarmoqlarning abonenti hisoblangan hollarda ishlatiladi. Xabarlar uzatilganda belgili (simvolli) nomlar sonli manzillarga almashadi, ular yordamida xabar (ma’lumotlar) bir tarmoqdan boshqa tarmoqqa qayta uzatiladi. Boshqa tarmoqqa xabar kelganida bu tarmoqning ichida kompyuterning apparat manzili chiziqli manzillashtirish ishlatiladi. Tarmoqda har xil turdagi manzillar orasida mosliklarni markazlashtirilgan o’rnatish usulida bir necha kompyuterlar (nomlar serverlari) ajratiladi. Ularda har xil turdagi nomlarning, shu jumladan belgili (simvolli) va sonli mosliklar jadvali saqlanadi. Almashish jarayonida barcha bog’lamalar serverga so’rov bilan murojaat qiladi. Moslikni o’rnatilishining taqsimlangan usulida har bir kompyuter har xil turdagi o’ta tayinlangan barcha manzillarni saqlaydi. Xabar jo’natuvchining apparat manzilini iyerarxik manzillar bo’yicha aniqlash zarur bo’lgan kompyuter tarmoqqa keng uzatish signalni jo’natadi, tarmoqning barcha kompyuterlari so’rovdagi manzilni o’zidagi manzillar bilan solishtiradi va mos tushsa o’zining apparat manzili bilan javob jo’natadi (ARP protokol). Bu usul o’zining murakkabligi tufayli faqat uncha katta bo’lmagan tarmoqlarda ishlatiladi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling