O`zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana18.01.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1098486
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mustaqil ish(tarmoq)

Tarmoq pog’onasi. Bu pog’ona bir necha tarmoqlarni birlashtiradigan yagona 
transport tarmog’ini tashkil etish uchun xizmat qiladi, mos texnologiya esa tarmoqlararo 
o’zaro ishlash (internet working) texnologiyasi deyiladi. Turli texnologiyalar (Ethernet, 


Token Ring, ATM, Frame Relay) bo’yicha qurilgan kompyuter tarmoqlari o’zlarining 
istalgan foydalanuvchilari orasida faqat o’z tarmog’i chegarasida bog’lanadi, ularda 
boshqa tarmoqlarga ma’lumotlarni uzatish imkoniyati ko’zda tutilmagan. 
Transport pog’onasi. Bu pog’ona amaliy ilovalarga (iyerarxiyaning yuqori 
pog’onalariga): amaliy, taqdim etish va seans pog’onalariga talab etiladigan ishonchlilik 
pog’onasida ma’lumotlarning uzatilishini ta’minlaydi. OSI modelida 0 dan 4 gacha beshta 
sinfdagi transport servislari (xizmatlari) aniqlangan. Bu servis turlari taklif etiladigan 
xizmatlar sifati uzilgan aloqani qayta tiklanish imkoniyati, buzilishlar, yo’qotish va 
paketlarni almashtirish kabi uzatish xatoliklarini topish va to’g’rilash xususiyati bilan 
ajralib turadi. 
Seans pog’onasi. U tomonlarning o’zaro ishlashini ta’minlaydi, uzatish va qabul 
qilish tomonlarini qayd etadi, almashtirishni sinxronlashtirish vositalarini taqdim etadi. 
Bundan tashqari, seans pog’onasi oxirgi nazorat nuqtasidan uzilgan aloqani qayta 
tiklanishiga imkon beradi, boshqa yuqori va pastki pog’onalar protokollarini ishlatadi. 
Seans pog’onasining vazifalari, ko’pincha amaliy pog’ona vazifalari bilan birlashtiradi. 
Taqdim etish pog’onasi. Bu pog’ona foydalanuvchi uchun axborotlarni zarur 
shaklda taqdim etilishini ta’minlaydi. Bunda uzatiladigan axborotning tarkibi 
o’zgarmasligi kerak. Taqdim etish pog’onasi bir kompyuterning amaliy pog’onasiga 
boshqa kompyuterning amaliy pog’onasi uzatiladigan ma’lumotlarni tushunish 
imkoniyatini beradi. Bu pog’ona ma’lumotlarni o’zgartirishning dasturiy vositalariga ega, 
ular ma’lumotlarni talab etilgan shaklda, masalan, simvolli axborotlarda (ASCII kodlarda) 
keltirish imkoniyatini beradi. 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling