O`zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va


OSI va TCP/IP tarmoq pog’onalari


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana18.01.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1098486
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mustaqil ish(tarmoq)

OSI va TCP/IP tarmoq pog’onalari 
Ochiq tizimlarning o’zaro ishlash prinsipi elementlar tizimi ko’rinishida tarmoqning 
bo’lishni ko’zda tutadi, har bir elementlar qat’iy o’rnatilgan vazifani (funksiyani) bajaradi, 
barcha elementlar esa, birgalikda tarmoq kompyuterlarini o’zaro ishlashning umumiy 
masalasini yechadi. Ochiq tizimlarning o’zaro ishlashdagi muhim element kommunikasion 
protokol-tarmoq bog’lamalarning o’zaro ishlashini shakllantirgan qoidalar to’plami 
hisoblanadi. 
Keng tarqalgan tarmoqning apparat-dasturiy vositalarining o’zaro ishlash 
qoidalarini, ma’lumotlarga ishlov berish va uzatish jarayonlarini rasman taqdim etilishi 
uchun bu murakkab masalani kichikroq oddiy masalalarga bo’lish, alohida komponentlar 
funksiyalarini va o’zaro ishlash tarkibini aniqlash zarur bo’ladi. Murakkab masala oddiy 
masalalarga - modullarga bo’linadi. Modullar ko’pligi yuqori va past pog’onalar orasida 
iyerarxik o’zaro ishlash sxemasini tashkil etadigan pog’onalar bo’yicha guruhlanadi.
Kompyuter tarmoqlarida xabarlar almashinuvi jarayonida foydalanuvchilarning 
ikkita kompyuteri qatnashadi, demak, turli kompyuterlarda ishlaydigan ikki apparat-
dasturiy vositalarning o’zaro aloqa tizimlarining ishlashini ta’minlash zarur. Bunday 


aloqalarni moslashgan bajarilishi uchun uzatiladigan ma’lumotlar o’lchami, ularning 
formati, nazorat qilish usullari bo’yicha moslashtirilgan standartlar qabul qilinishi kerak.
Shunday qilib, tarmoq arxitekturasida muhim elementlardan biri kommunikasion 
protokol - tarmoq bog’lamalarining o’zaro ishlash qoidalarining rasmiylashtirilgan 
to’plami hisoblanadi. Protokol doimo bir rangdagi (pog’onadagi) bog’lamalar orasida 
o’zaro ishlash qoidasi hisoblanadi. Iyerarxik tashkil etishga mos ravishda turli pog’onalar 
uchun tarmoq bog’lamalarining o’zaro ishlashini ta’minlaydigan protokollar to’plami 
protokollar steki deyiladi. 
Iyerarxiyaning past pog’onalari protokollari ko’pincha dasturiy va apparat-dasturiy 
vositalarning birligida ishlatiladi. Tarmoq bog’lamalarining o’zaro samarador ishlashiga 
stekni tashkil etadigan barcha protokollarning sifati, ya’ni turli pog’onalar protokollari 
orasida vazifalar qay darajada rasional taqsimlanganligi va ular orasidan interfeyslarning 
qanday ishlashi ta’sir etadi.
Pog’onalararo almashadigan xabarlar sarlavha va ma’lumotlar maydonidan iborat. 
Har bir pog’ona modulining vazifasi sarlavha tarkibining harakatlarini boshqarish 
hisoblanadi.
Tarmoqni ishlashi uchun esa bizga OSI modeli va TCP/IP protokollar steki zarur 
hisoblanadi. OSI (Open System Interconnection) modeli 7ta pog'onadan iborat va har bir 
pog'ona paket (ma'lumot uzatishning bir turi hisoblanadi) hosil qilishda o'z belgisini qo'yib 
boradi.
Ya'ni bunda agar ma'lumot biror qurilmadan chiqib ketishdan oldin 7-pog'onadan 
boshlab pastki pog'onaga tushib borib paket ko'rinishiga keladi va uzatiladi. Ikkinchi 
kompyuter uni qabul qilib olgandan so'ng esa 1-pog'onadan boshlab yuqoriga qarab chiqib 
boradi va ma'lumot ko'rinishiga keladi. Bunda agar qaysidir pog'onada xatolik bo'lsa, paket 
qaytadan so'raladi yoki so'rov bekor qilinadi (bu tushunchalar nisbiy hisoblanib, ma'lumot 
almashinuv aynan aytilganidek amalga oshirilmaydi). 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling