O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari Vazirligi Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Boshqaruv tamoyillari fanidan Mavzu: Boshqaruv tamoyillari taxlili
Download 42.19 Kb.
|
444BT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Klassik yoki ma’muriy menejment maktabi
Tamoyillari:
mehnatning har bir jarayoni, uning ko’lami va ketma-ketligi aniq, puxta ixtisoslashtirilishi shart; har bir mehnat turi qat’iy vaqt oralig’ida taqsimlanishi lozim; har bir mehnat jarayoni va hatto har bir harakat puxta ishlab chiqilgan qoidalarga bo’ysundirilgan bo’lishi kerak; yuqoridan belgilab berilgan ish usullari va qoidalarni bajarish uchun doimiy talabchan nazorat amalga oshirilishi lozim; ishchilar malakasi va saviyasiga qarab joy-joyiga qo’yilishi shart; boshqaruvchi bilan boshqariluvchi mas’uliyatini aniq belgilash va vazifalarini to’g’ri taqsimlash shart. F.Taylorning nazariyasiga ko’ra, rahbar va mutaxassislarni kam malaka talab qiladigan ijrochilik mehnatidan va ularga xos bo’lmagan vazifalardan ozod qilish, ishchidan esa boshliqlarning barcha buyruqlarini hech qanday mulohaza yuritmasdan, biror-bir shaxsiy tashabbus ko’rsatmasdan aniq hamda tez bajarishni talab qilish kerak edi. U boshqarishni “aniq qonun va qoidalarga tayanadigan haqiqiy ilm, shuningdek, nima qilish kerakligini aniq bilish va uni puxta, hamda arzon usulda bajarish san’ati” deb baholagan. Ilmiy menejmen maktabi tamoyillarini G.Emerson -boshqarish va mehnatni tashkil qilishning kompleks, sistemali tizimini ishlab chiqqan. Bular: 1. Aniq qo’yilgan maqsad va g’oyalar. 2. Oqil, sog’lom fikr. 3. Jozibali, e’tiborli mahsulot. 4. Intizom. 5. Xodimga nisbatan adolatli bo’lish. 6. Tezkor, ishonchli, to’liq, aniq va muntazam hisob-kitob. 7. Dispecherlash. 8. Me’yorlar va jadvallar. 9. Sharoit bilan ta’minlash. 10. Jarayonlarni me’yorlash. 11. Standart yo’riqnomalarni tayyorlash. 12. Unumdorlikni rag’batlantirish. Klassik yoki ma’muriy menejment maktabi (1920 – 1950 yy.). Asosiy namoyondalari: Anri Fayol, Maks Veber Genri Ford. Maktab qarashlarining maqsadi - boshqarishning umumiy printsiplarini shakllantirishdan iborat bo’lgan. “Mumtoz”chilar tashkilotga keng qamrovli kelajak nuqtai nazaridan yondoshib, undagi umumiy xususiyatlar va qonuniyatlarni aniqlashga urinishgan. Maqsad – boshqarishning unversal usullarini yaratish orqali muvaffaqiyatga erishish edi. Ular boshqarishning quyidagi ikki jihatiga e’tiborni qaratishgan: tashkilotning oqilona boshqaruv tizimini ishlab chiqish. Ular tashkilotni bo’linmalar yoki ishchi guruhga bo’lishni, moliya, ishlab chiqarish va marketing boshqarishni takomillashtirishning muhim tomonlari deb hisoblashgan; tashkilotning oqilona tarkibi va ishlovchilarning oqilona boshqarilishiga erishish shu maqsadda boshqarishda yakkaboshlik bo’lishini va ishchi faqat bitta boshliqdan topshiriq olishi va unga bo’ysunishi lozim degan g’oyani ilgari surishgan. Download 42.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling