O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga Mehnat bozori va mehnat migratsiyasini tahlil qilish yig‘ma axborot-tahlil departamentiga


Download 89.5 Kb.
bet1/3
Sana09.02.2023
Hajmi89.5 Kb.
#1183049
  1   2   3
Bog'liq
26.12.2022 йил маълумот ЯММТ



O‘zbekiston Respublikasi
Bandlik va mehnat
munosabatlari vazirligiga



Mehnat bozori va mehnat migratsiyasini tahlil qilish yig‘ma axborot-tahlil departamentiga

“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini boshqarish direksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-oktabrdagi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4502-son Qarori ijrosi yuzasidan 2022-yilda tizimda olib borilgan ishlar to‘g‘risidagi yillik


hisobotni ilovaga muvofiq yubormoqda.


Ilova: ____ varaqda.

Direktor X. Yarkulov

Ijrochi: O.Yunusov


Tel: (99) 444-70-33
Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-
apparat kompleksini boshqarish direksiyasi tomonidan
olib borilgan ishlar yuzasidan
MA’LUMOT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-oktyabrdagi


“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4502-sonli qaroriga muvofiq, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 2022-yilning 23-dekabr holatiga quyidagi ishlar amalga oshirildi.
Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-yanvardan “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (“YaMMT” IDAK) joriy etildi va 2020-yil 1-yanvardan boshlab, ro‘yxatdan o‘tkaziladigan mehnat shartnomalaridagi ma’lumotlar asosida “YaMMT” IDAKda avtomatik tarzda shakllantiriladigan xodimning mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi elektron mehnat daftari joriy etildi va xodimning shaxsiy kabinetidan kirib uni mustaqil chop etish imkoni berildi.
Vazirlik tomonidan mehnat daftarchalari xarid qilish uchun
2018-yilda 872,3 mln.so‘m, 2019-yilda 981,1 mln.so‘mlik mablag‘lar ajratilgan bo‘lsa, endilikda shu maqsadga ajaratilishi mumkin bo‘lgan davlat byudjeti mablag‘lari tejab qolishiga erishildi.
Elektron dasturda foydalanuvchi o‘ziga tegishli bo‘lgan ma’lumotlardan qulay va to‘siqlarsiz bepul foydalanishi uchun har bir ish beruvchi hamda ishlovchiga alohida personal kabinet ochildi.
Foydalanuvchilarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida “YaMMT” IDAKning IOS va Android opresion tizimlarida ishlovchi Mobil ilovasi ishlab chiqilib, amaliyotga qo‘yildi.
“YaMMT” IDAKda ishlash tartibini tushuntirish uchun 4,2 mingta seminarlar tashkil etildi, ularda 137,1 mingta ish beruvchi, shu jumladan 74,0 ming nafar davlat korxonalarning va 63,1 ming nafar xususiy korxonalarning masʼul xodimlari ishtirok etdi. Shundan 2022-yilda 817 ta seminarlar tashkil etilgan bo‘lib, ularda 26,8 mingta ish beruvchi, shu jumladan 23,8 ming nafar davlat korxonalarning va 3,0 ming nafar xususiy korxonalarning masʼul xodimlari ishtirok etdi (1-ilova).
“YaMMT” IDAKda 2022 yil 26 dekabr holatiga respublikamizda mavjud 687,2 mingta ish beruvchi vazirlik, tashkilot va korxonalar tomonidan ularda ishlovchi 5 193,7 ming nafar xodim bilan tuzilgan 5 566,3 ming ta mehnat shartnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar “YaMMT” IDAKga kiritilib, elektron bazasi shakllantirildi. Shundan 2022-yilda 94,5 mingta ish beruvchi vazirlik, tashkilot va korxonalar tomonidan ularda ishlovchi 458,7 ming nafar ularda ishlovchi xodimlar ro‘yhatga olingan (2-ilova).
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va tasarrufiy tizim tashkilotlari “YaMMT” IDAK bilan ishlovchi barcha ish beruvchilar va ularning mas’ul xodimlariga dasturdan foydalanishda har bir ishlovchi xodim ma’lumotlarini dasturda shakllantirish hamda mehnat bozorida faol qatnashishini ta’minlash, bo‘sh ish o‘rinlarini oshkora dasturga joylashtirish bo‘yicha tizimli monitoring va doimiy nazorat ishlari olib borilmoqda.
Yagona milliy mehnat tizimida yaratilgan ish o‘rinlari hisobiga elektron dasturda bugungi kunda 103,2 mingta ish beruvchilarda 254,1 mingta bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari mavjud bo‘lib, shundan 86,0 mingtasi davlat tashkilotlari
va 168,1 mingtasi xususiy ish beruvchilar hisobiga to‘g‘ri kelmoqda (3-ilova).
Bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumotlar bazasi ish topishda qiynalayotgan, mehnat bozorida raqobatlasha olmaydigan ishsizlar hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolarni bandligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Yagona milliy mehnat tizimida statistikasida bugungi kunda 5 193,7 mingta ishlayotgan xodimlarning mehnat shartnomalari ro‘yxatdan olingan bo‘lib, shundan erkaklar 2 817,4 ming nafarni, ayollar 2 376,3 ming nafarni tashkil etadi. 2022-yilda Yagona milliy mehnat tizimiga 472,3 mingta ishlayotgan xodimlarning mehnat shartnomalari ro‘yxatdan olingan, shulardan erkaklar 262,4 ming nafarni, ayollar 210,0 ming nafarni tashkil etadi (4-ilova).
Bugungi kunda yagona milliy mehnat tizimi ishlayotgan 2 376,3 ming
nafar
ayollarning 1 341,4 ming nafari davlat sektorida, 1 000,0 ming nafari nodavlat sektorida va 34,9 ming nafari ikkala sektorda ham ishlayotganligini ko‘rish mumkin (5-ilova).

Download 89.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling