O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
Hujjatlar va uni yuritishni tashkil qilish
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
Мавзу №4 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hujjatlashtirish deganda
- Birinchidan
- Ikkinchidan
Hujjatlar va uni yuritishni tashkil qilish Hujjat - bu boshqarish jarayonini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan voqealar, hodisalar, jarayonlar, faktlar to‘g‘risidagiaxborotlarni maxsus materiallarda turli usullar bilan mustahkamlash vositasidir. Boshqacha qilib aytganda hujjat - bu narsaning nimaligini, miqdori, sifati va shu kabilarni ko‘rsatuvchi rasmiylashtirilgan ish qog‘ozi, yoki kimsaning kimligini, mashg‘ulotini, biror tashkilotga a’zoligini tasdiqlovchi ish qog‘ozi (pasport, guvohnoma, reyting daftarchasi va h.k.). Hujjatlashtirish deganda biror kimsa yoki narsa haqidagi fikrni yozib, hujjat holiga keltirish, rasmiylashtirish tushuniladi. Ish yuritish - bu korxonalarning o‘z funksiya va vazifalarini bajarish davomida hujjatlar ustida olib boradigan ish usullari va jarayonlari majmuasidir. Bu jarayon Hujjatlashtirish, ular ustida ishlash usullarini o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqarishni boshqarishda foydalaniladigan axborotlarning eng muhim shakli - bu yozma axborot, ya’ni Hujjatdir. Hujjatli axborot ishlab chiqarishni boshqarishning barcha jarayonlariga singib ketadi. Hujjatlarsiz boshqarishning bironta ham funksiyasi muvaffaqiyatli amalga oshmaydi. Barcha boshqarish xodimlari u yoki bu tarzda Hujjatli axborotni qayta O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi ______________________________________________________________________ ishlashda band bo‘ladilar. Mutaxassislarning anchagina qismi (biznes rejani tuzuvchilar, iqtisodchilar, buxgalterlar, statistlar, konstruktor-injenerlar, kotibalar va hokazolar) uchun esa bu ish ular mehnatining asosiy mazmunini tashkil etadi. Hujjatlashtirish va ish yuritishning ahamiyati ikkita omil bilan belgilanadi. Birinchidan, boshqaruv mehnatining umumiy hajmida ish yuritish operatsiyalarining salmog‘i katta bo‘lib, 30-60 foizgacha etadi. Yirik va o‘rta korxonalarni boshqarish jarayonida minglab xilma-xil Hujjatlardan foydalaniladi. Ishlab chiqarishga oid operatsiyalarning aksariyati Hujjatlashtirish yordamida boshlanadi, amalga oshiriladi, nazorat qilinadi, tartibga solinadi va nihoyasiga yyyetkaziladi. Ikkinchidan, ish yuritishning ahamiyati korxonaning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga, tezkorlikka, boshqaruv xodimining mehnatiga, madaniyatiga, tejamkorligiga va hokazolarga uning bevosita ta’sir o‘tkazishi bilan belgilanadi. Ish yuritish ijroni ta’sirchan nazorat qilishda muhim rol o‘ynaydi. Hujjatlar yuridik ahamiyatga ham ega. Hujjatlashtirish va ish yuritishni yaxshi yo‘lga qo‘ymay turib, korxonani rejali boshqarib bo‘lmaydi. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling