O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi


Hujjatlar va uni yuritishni tashkil qilish


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/40
Sana24.12.2022
Hajmi0.94 Mb.
#1055523
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40
Bog'liq
Мавзу №4 (2)

 
Hujjatlar va uni yuritishni tashkil qilish 
 
 
Hujjat - bu boshqarish jarayonini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan voqealar
hodisalar, jarayonlar, faktlar to‘g‘risidagiaxborotlarni maxsus materiallarda turli usullar bilan 
mustahkamlash vositasidir. Boshqacha qilib aytganda hujjat - bu narsaning nimaligini, miqdori, 
sifati va shu kabilarni ko‘rsatuvchi rasmiylashtirilgan ish qog‘ozi, yoki kimsaning kimligini, 
mashg‘ulotini, biror tashkilotga a’zoligini tasdiqlovchi ish qog‘ozi (pasport, guvohnoma, reyting 
daftarchasi va h.k.). 
Hujjatlashtirish deganda biror kimsa yoki narsa haqidagi fikrni yozib, hujjat holiga 
keltirish, rasmiylashtirish tushuniladi. 
Ish yuritish - bu korxonalarning o‘z funksiya va vazifalarini bajarish davomida hujjatlar 
ustida olib boradigan ish usullari va jarayonlari majmuasidir. Bu jarayon Hujjatlashtirish, ular 
ustida ishlash usullarini o‘z ichiga oladi. 
Ishlab chiqarishni boshqarishda foydalaniladigan axborotlarning eng muhim shakli - bu 
yozma axborot, ya’ni Hujjatdir. Hujjatli axborot ishlab chiqarishni boshqarishning barcha 
jarayonlariga singib ketadi. Hujjatlarsiz boshqarishning bironta ham funksiyasi muvaffaqiyatli 
amalga oshmaydi. Barcha boshqarish xodimlari u yoki bu tarzda Hujjatli axborotni qayta 




 

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
 
______________________________________________________________________ 
ishlashda band bo‘ladilar. Mutaxassislarning anchagina qismi (biznes rejani tuzuvchilar
iqtisodchilar, buxgalterlar, statistlar, konstruktor-injenerlar, kotibalar va hokazolar) uchun esa bu 
ish ular mehnatining asosiy mazmunini tashkil etadi.
Hujjatlashtirish va ish yuritishning ahamiyati ikkita omil bilan belgilanadi. 
Birinchidan, boshqaruv mehnatining umumiy hajmida ish yuritish operatsiyalarining 
salmog‘i katta bo‘lib, 30-60 foizgacha etadi. Yirik va o‘rta korxonalarni boshqarish jarayonida 
minglab xilma-xil Hujjatlardan foydalaniladi. Ishlab chiqarishga oid operatsiyalarning aksariyati 
Hujjatlashtirish yordamida boshlanadi, amalga oshiriladi, nazorat qilinadi, tartibga solinadi va 
nihoyasiga yyyetkaziladi. 
Ikkinchidan, ish yuritishning ahamiyati korxonaning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga, 
tezkorlikka, boshqaruv xodimining mehnatiga, madaniyatiga, tejamkorligiga va hokazolarga 
uning bevosita ta’sir o‘tkazishi bilan belgilanadi. 
Ish yuritish ijroni ta’sirchan nazorat qilishda muhim rol o‘ynaydi. Hujjatlar yuridik 
ahamiyatga ham ega. Hujjatlashtirish va ish yuritishni yaxshi yo‘lga qo‘ymay turib, korxonani 
rejali boshqarib bo‘lmaydi.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling