O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi


O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/40
Sana24.12.2022
Hajmi0.94 Mb.
#1055523
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
Мавзу №4 (2)

 

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
 
______________________________________________________________________ 
Maqsad barcha bajaruv-
chilarga tushunarli bo‘lmog‘i 
darkor. 

Miqdoran o‘lchovga, meyorga ega bo‘lmagan maq-sad - bu sarob. Bu 
talabga rioya qilmaslik rejalashtirilgan maqsadning oldindan bajarilmasligiga 
zamin tayyorlash demakdir. 
Maqsad bo‘limlar va mas’ullar 
bo‘yicha 
detallash-tirilgan 
bo‘lishi kerak. 

Maqsad, uni boshqarish tamoyillari, piro-vard natija barchasi tushunarli 
va yozma ravishda ularga sodda tilda yetkazilishi kerak. 
Maqsad ko‘p qirrali bo‘lishi 
kerak. 

Maqsad har bir faoliyat turi, har bir mas’ul shaxs bo‘yicha mayda-
chuydasigacha batafsil taqsimlab chiqilgan bo‘lishi lozim. Shundagina bu 
maqsadning ijro qilinish darajasini aniq nazorat qilish mumkin. 

Bu - umumiy, bosh maqsadning xususiy va yakka maqsadlarga 
bo‘linishini, “Maqsadlar shajarasi” (derevo tseley)ni tuzishni talab qiladi. 
Joriy maqsadlar deganda bir yil ichida, kvartal, bir oy mobaynida va undan ham kamroq 
muddat ichida amalga oshiriladigan maqsadlar tushuniladi. Masalan, korxona bo‘limlari oldida 
bir yil ichida quyidagi funksional joriy maqsadlar qo‘yilgan bo‘lishi mumkin.
Joriy maqsadlar 
 
Ishlab chiqarish bo‘limlari. 

Korxona mahsuloti tarkibiga “x” nomli yangi mahsulotni ishlab 
chiqarishni yo‘lga qo‘yish; 
Texnologiya bo‘limi. 

“x” mahsulotini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi texnologiyani joriy qilishni 
yakunlash; 
Tadqiqot bo‘limi. 

“x” KVT quvvati ega bo‘lgan mahsulot modelini ishlab chiqarish; 
Mehnat bo‘limi. 

“A” mahsulot turini bitta ishchiga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarilishini “x”
donaga ko‘paytirish; 
Marketing, sotish bo‘limi. 

Mahsulot sotish hajmini “A” so‘mga ko‘paytirish; 
Moliya bo‘limi. 

Foydani “x” so‘mga ko‘paytirish; 

Qarzdorlikni “x” so‘mgacha kamaytirish;

Aktsiyadan olinadigan daromadni “x” so‘mga ko‘paytirish; 
Sotsial bo‘lim. 

Mahalliy hokimiyatga “n” so‘mlik mablag‘ ajratish. 
Ekologiya bo‘limi. 
Atmosferaga chiqarib tashlanadigan chiqindilarni “x” m
3
ga kamaytirish. 
Maqsadlarni belgilashga joriy maqsadlar nuqtayi nazaridan yondashuv, ya’ni har bir 
bo‘linma maqsadlari, ularni bajarish muddatlari, aniq ijrochilar, aniq maqsadli tadbirlar, resurslar 
manbalari, belgilangan tadbirlar bajarilishining asoslab berilishi barcha bo‘g‘inlar va darajalarda 
boshqarish ishonchliligini oshirish uchun kafolat beradi, butun boshqarish apparati 
harakatlarining puxta bo‘lishini belgilaydi. 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling