O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/40
Sana24.12.2022
Hajmi0.94 Mb.
#1055523
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
Мавзу №4 (2)

______________________________________________________________________ 
Bu maqsad nixoyatda murakkab va ko‘p qirralidir. Uning amalga oshirilishi siyosiy
iqtisodiy, ma’naviy, huquqiy sohalardagi asosiy maqsadlarga erishilishiga bog‘liq. Shu sababli 
bosh maqsadga (BM) erishishning aniq yo‘nalishlari belgilab olindi va qo‘yidagi to‘rt guruhdagi 
birinchi darajali maqsadlar ajratildi: 
1. Ijtimoiy-siyosiy sohadagi maqsadlar
2. Ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi maqsadlar; 
3. Ma’naviyat sohasidagi maqsadlar; 
4. Xalqaro munosabatlar sohasidagi maqsadlar; 
Ijtimoiy-siyosiy sohadagi maqsadlar, o‘z navbatida, qo‘yidagi ikkinchi darajali 
maqsadlarga bo‘linadi: 
1.1. Ma’muriy-buyruqbozlik, avtoritar tuzum mexanizmi va tuzilmalaridan qutilish; 
1.2. Davlat qurilishining demokratik-huquqiy tamoyil va me’yorlariga o‘tish; 
1.3. Fuqarolik jamiyatiga o‘tishning poydevorini qurish va boshqa. 
Ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlar ham o‘z navbatida qo‘yidagi ikkinchi darajali maqsadlarga 
bo‘linadi: 
2.1. Iqtisodiy faoliyat erkinligiga o‘tish; 
2.2. Mulkchilik xilma-xilligiga erishish; 
2.3. Narx erkinligini ta’minlash; 
2.4. Raqobot kurashiga o‘tish; 
2.5. Insonning ishlab chiqarish vositalaridan begonalashuvidan, rejali- taqsimotchilik 
tizimidan voz kyechish. 
2.6. Ko‘p tarmoqli iqtisodga hamda bozor munosabatlariga o‘tish va boshq. 
Ma’naviyat sohasidagi maqsadlar ham : 
3.1. Aqidabozlik va o‘ta siyosatlashtirilgan mafkura xukmronligidan qutilish
3.2. Mustaqil va yangicha fikrlovchi kishilarni tarbiyalash va boshqa xususiy maqsadlarga; 
Xalqaro-munosabatlar sohasidagi maqsadlar ham : 
4.1. Butun dunyo taraqqiyotidan ajralib qolishdan, o‘zni chetga olishdan va unga qarshi 
turishdan voz kyechish; 
4.2. Jahon ham jamiyatiga kirib borish va uning bilan teng huquqli ham korlikka yo‘l ochish 
va boshqa kichik maqsadlarga bo‘linadi. 
Ikkinchi darajali maqsadlarning har biri o‘z navbatida qo‘yi bo‘g‘in maqsadlariga bo‘linadi. 
Masalan, mulkchilikning xilma-xilligiga o‘tish maqsadi (2.2) ning amalga oshirilishi qo‘yidagi 
qator tadbirlarni ishlab chiqishga va ularning qaysi birini tanlab olinishiga bog‘liq bo‘ladi: 
2.2.1. Davlat korxonalarini aktsionerlik jamiyatiga aylantirish, uning mol-mulki hisobidan 
chiqargan (emissiya qilingan) aktsiyalarni xalqqa sotish. Aktsiya sotib olgan kishi mulkdorga 
aylanadi. 
2.2.2. Ijaraga olingan davlat korxonasini, ijarachilar jamoasi tomonidan o‘zi ishlab topgan 
pulga yoki qarzga sotib olib, uni jamoa mulkiga aylantirish. Bunda yangi mulkdor xalq emas, 





Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling