O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/40
Sana24.12.2022
Hajmi0.94 Mb.
#1055523
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
Мавзу №4 (2)

Birinchi guruhdagi maqsadlar har kun qabul qilinadigan va amalga oshiriladigan odatiy 
maqsadlar bo‘lib, ularning bajarilishini ta’minlash tegishli bo‘g‘indagi rahbarning bevosita 
burchiga kiradi. Masalan, marketing bo‘limining boshlig‘i oldida quyidagi maqsad qo‘yilgan 
bo‘lishi mumkin: 
“Oyning oxirigacha joriy yilning so‘nggi kvartalida sotilgan tovarlarning tahlilini qilish va 
tegishli xulosalar yasash”. Bu an’anaviy maqsaddir. 
Ikkinchi guruhdagi maqsadlar odatiy maqsadlardan farq qiladi. Bu maqsadlar 
korxonaga va ayrim xodimga qiyinchiliklar tug‘diradi. Masalan, mahsulotga bo‘lgan talabning 
to‘satdan keskin pasayishi va sotish hajmining kamayishi, tabiiy ravishda korxonaning oladigan 
foydasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shunday bir sharoitda korxona rahbari oldida vaziyatni 
o‘zgartirish, sotish hajmini, aytaylik, ikki oy ichida keskin ko‘paytirishdek murakkab masala 
turadi. Bu maqsad muammoli maqsaddir. Chunki sotish hajmini qisqa muddat (2 oy) ichida 
keskin ko‘paytirish: 
1
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. T. 1997, 40-41 betlar.




 

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
 
______________________________________________________________________ 

mahsulotga bo‘lgan talabning keskin pasayshi sabablarini aniqlashni; 

ko‘p omilli korrelyatsion - regression tahlilni amalga oshirishni

eng maqbul qarorlar qabul qilishni taqoza etadi. 
Bunga bosh qotirish, aqlni ishlatish kerak bo‘ladi. 
Innovatsion maqsadlar – bu yangi mahsulotni ishlab chiqarish, yangi texnologiyani joriy 
qilish bo‘ycha qo‘yiladigan maqsadlardir. Masalan, tadqiqot bo‘limi xodimlarining maqsadi 
quyidagicha bo‘lishi mumkin: “1 iyulgacha eksport uchun mo‘ljallangan uch turdagi yangi 
mahsulotni sanovdan o‘tkazishni ta’minlash”. 
Maqsad qanchalik murakkab bo‘lsa, shunchalik u boshqaruvchi uchun muammoli¸ki 
innovatsion bo‘lishi mumkin. Biroq, bir maqsadning o‘zi birov uchun oddiy, boshqa uchun 
muammoli, hatto innovatsion bo‘lishi mumkin. Birinchi holda rahbar o‘sha maqsadni yechish 
usullarini mukammal biladi, ya’ni buning uchun uning bilimi, maxorati etarli bo‘lib, uni Hech 
qanday qiynalmay echadi. Boshqa rahbar esa u maqsadni o‘zi uchun murakkab va muammoli 
tariqada qabul qiladi. 
Masalan, marketing bo‘limi xodimi uchun “kvartalda sotiladigan tovarlar tahlilini qilish” 
oddiy bir ish bo‘lsa, sotish bo‘limidagi xodim uchun bu ish muammo bo‘ladi. 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling