O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi


To‘rtinchi guruh maqsadlar


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/40
Sana24.12.2022
Hajmi0.94 Mb.
#1055523
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
Мавзу №4 (2)

To‘rtinchi guruh maqsadlar - bu korxona xodimlari malakasini oshirish sohasidagi 
maqsadlar bo‘lib, ular uzoq muddatli (strategik) reja asosida muntazam ravishda amalga oshirilib 
boriladi. Masalan, “3-5 yil ichida korxona xodimlarning 20 foizini malakasini oshirish” 
“Maqsadlar shajarasi” – bu maqsadlar bilan ularga erishish vositalari o‘rtasidagi 
aloqaning grafik tasviridir. U bo‘lajak voqealar o‘zaro aloqasining to‘la manzarasini tasavvur 
qilish, konkret vazifalar ro‘yxatini olish va ularning nisbatan muhimligi to‘g‘risidagi axboratga ega 
bo‘lishi imkonini beradi. U tashkiliy struktura bilan maqsadlar strukturasi o‘rtasida moslashuvni 
vujudga keltirish yo‘li bilan maqsad topshiriqlarini bevosita ijrochilarga yetkazishni ta’minlaydi.
“Maqsadlar shajarasi” ierarxiyalar ko‘rinishidagi bir necha darajalardan: 

bosh maqsad; 

I darajali kichik (asosiy) maqsadlar

II darajali kichik maqsadlar va hokazolardan tashkil topadi. 
“Maqsadlar shajarasi” ning tahliliy ishlanmasini mamlakatimiz oldiga qo‘yilgan bosh
maqsadning qator lokal maqsadlarga bog‘liqligi misolida ko‘rishimiz mumkin. 
1991 yilning 31 avgustida O‘zbekiston Rsepublikasining davlat mustaqilligi e’lon qilindi.
Shunday bir sharoitda respublikada davlat va iqtisodiyotni qayta qurishining bosh maqsadi 
Prezidentimiz I.Karimov tomonidan quyidagicha aniqlab berildi:
2
Pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo‘nalitirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi 
siyosatga ega bo‘lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan 
iboratdir. 
2
Karimov I.A. O`zbekiston i¢tisodiy islo¦otlarni chu¢urlashtirish y¤lida T., “£zbekiston”, 1995, 9 - bet. 




 

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling