O`zbekiston respublikasi bojxona nazorati va kuzatuvining o`ziga xos xususiyatlari
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Download 78.27 Kb. Pdf ko'rish
|
Bojxona xizmati nazorati bo\'yicha maqola
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 1116 Zarur hollarda transport vositasining yо‘nalishdan chiqib ketishi hamda uzoq vaqt tо‘xtab turishi tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni holatga aniqlik kiritish maqsadida tegishli oraliq nazorat punktlariga yuboradi. Ekspertlar tomonidan “GPS-elektron kuzatuv”ni О‘zbekiston Respublikasi bojxona organlariga joriy qilishning bir qancha afzalliklari ta’kidlanmoqda. Jumladan, elektron kuzatuvni amalga kiritish orqali bojxona kuzatuvi guruhi xodimlari sonini 40 %gacha qisqartirish, ortib qolgan shtat “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 2016 yil 4 www.iqtisodiyot.uz birliklarini sohaning boshqa yо‘nalishlariga jalb qilish imkonini beradi. Shu jumladan, kuzatuv guruhidagi xodimlarning axborot texnologiyalariga oid kо‘nikmalarini oshirish va kuzatuv jarayonida inson omilini kamaytirishga erishiladi. Shuningdek, kuzatuvga olingan transport vositasiga о‘z yо‘nalishida oraliq bojxona punktlarida tо‘xtamasdan harakatlanish imkoniyati yaratiladi. Buning natijasida bojxona kuzatuviga sarflanadigan vaqtni ikki barobarga qisqartirishga erishish mumkin. Shu bilan birga, transport vositalarining respublika hududi bо‘ylab alohida harakatlanishi yо‘l harakatining boshqa ishtirokchilariga xalaqit bermaydi va yо‘llardagi transport oqimi muvozanati ta’minlanadi. Bundan tashqari, elektron kuzatuvni joriy qilish orqali ayrim uzoq masofali yо‘nalishlarda sarflanayotgan bojxona kuzatuviga ajratilgan mablag‘larni qisqartirish mumkin. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 noyabrdagi “Bojxona yig‘imlari stavkalari tо‘g‘risida”gi 700-sonli qarori asosida belgilangan “bojxona kuzatuviga olganlik uchun” bojxona yig‘imi 200 km masofagacha BHMning 2 baravari, 200 km dan ortiq masofagacha BHMninig 5 baravari miqdorida undirilishi belgilangan [11]. Agar, “Daut- ata” chegara bojxona postidan “Dо‘stlik” bojxona kompleksigacha masofa 1730 kmga tengligini va unga tо‘lanadigan yig‘im miqdori BHMninig 5 baravarini tashkil qilishi hisobga olinsa, bu yо‘nalishda bir avtotransportni bojxona kuzatuvini amalga oshirish 1 mln 350 ming so’m miqdoridagi xarajatni talab qiladi. Ekspertlar fikricha, elektron kuzatuvni amalga kiritish yuqoridagi kabi uzoq masofali yо‘nalishlarga sarflanadigan xarajatlarni 35-40 %gacha kamaytirish imkonini beradi. Mamlakat hududi orqali avtotransportda tashilayotgan xalqaro yuklarning hajmini oshirishga va ularning harakatini tezlashtirishga yо‘naltirilgan choralardan yana biri sifatida, bugungi kunda 31 mamlakat tomonidan imzolangan “TIR-EPD” tizimini keltirish mumkin. Xalqaro miqyosda eksport-import operatsiyalarida qо‘llanilayotgan, tovarlarni oldindan elektron deklaratsiyalash (TIR-EPD) amaliyoti tashuvchining chegara bojxona postlaridagi rasmiylashtiruvga sarflanadigan vaqtini qisqartirishga xizmat qiladi Tizim ayni shu davrdan boshlab, bosqichmabosqich tarzda amaliyotga joriy etilmoqda. Lekin, bu tizim imkoniyatidan faqat xalqaro tashuvlarda TIR Karnet SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Download 78.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling