O`zbekiston respublikasi bojxona nazorati va kuzatuvining o`ziga xos xususiyatlari
Download 78.27 Kb. Pdf ko'rish
|
Bojxona xizmati nazorati bo\'yicha maqola
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA NAZORATI VA KUZATUVINING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Sh. Abduaxatov MTD-10 guruhi talabasi
- Tayanch sо‘zlar
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 1112 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA NAZORATI VA KUZATUVINING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Sh. Abduaxatov MTD-10 guruhi talabasi ANNOTATSIYA Ushbu maqolada xalqaro standartlar va xorijiy tajribalar asosida bojxona nazorati va kuzatuvining shakllarini qо‘llash samaradorligini oshirish masalalari aks ettirilgan. Shuningdek, mazkur maqolada bojxona nazorati va kuzatuvining shakllari xalqaro tajriba va standartlar asosida kо‘rib chiqilgan. Tayanch sо‘zlar: bojxona organlari, Jahon bojxona tashkiloti, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi, Bojxona kodeksi, bojxona nazorati, xalqaro yuk tashuvlari, tranzit, transport koridorlari, elektron transport xizmatlar, xavfni boshqarish tizimi, tashqi savdo operatsiyalari, “GPS elektron kuzatuv”. Bugungi kunda milliy bojxona tizimini yanada takomillashtirish yо‘lida amalga oshirilayotgan keng kо‘lamli islohotlar bojxona nazorati va kuzatuvining tartib- tamoyillarini jahon standartlariga moslashtirish, mamlakatimizning tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada rivojlantirish, respublika iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash bilan bir qatorda tashqi savdo jarayonlari integratsiyasiga о‘z ulushini qо‘shayotgan TIF subyektlariga bojxona tartibotlaridan qо‘shimcha qulay shart-sharoitlar yaratishga e’tibor qaratilmoqda. Bu esa о‘z navbatida, bojxona organlari tomonidan ularga kо‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish, ya’ni qо‘llanilayotgan bojxona nazorati shakllari samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Biroq, bojxona organlari tomonidan toki hozirgi kungacha bо‘lgan bojxona nazorati shakllarini yanada samaraliroq bо‘lishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar, kо‘rilayotgan chora- tadbirlarning natijaviylik darajasi hamon past ekanligini kо‘rsatmoqda. Zamonaviy jahon iqtisodiyotida xizmatlar ulushining ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga sezilarli ta’siri natijasida xizmat kо‘rsatuvchi sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirish, firmalar strategiyasida uzoqni kо‘zlovchi choralar tizimini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Xususan, bu borada xalqaro yuklarni tashish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar ishini bugungi kun talablariga javob beradigan xizmat turlari bilan boyitish masalasi о‘z dolzarbligini kо‘rsatib turibdi. Shu bilan birga, dunyo bozorlaridagi tovarlar narxiga transport xarajatlarining bevosita ta’sir etishi tashqi savdo ishtirokchilaridan о‘z mahsulotlarini tashishda optimal transport yо‘llari va vositalaridan foydalanishni talab etadi. О‘zbekiston iqtisodiyotining muhim SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Download 78.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling