O`zbekiston respublikasi bojxona nazorati va kuzatuvining o`ziga xos xususiyatlari
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Download 78.27 Kb. Pdf ko'rish
|
Bojxona xizmati nazorati bo\'yicha maqola
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 1113 tarmoqlaridan biri bо‘lmish transport sohasini rivojlantirish, undagi xizmat turlarini zamonaviy standartlar asosida shakllantirish masalasi ushbu sohada amalga oshirilishi rejalashtirilgan dolzarb vazifalar qatorida e’tirof etiladi. Sо‘nggi yillarda respublika YAIMda xizmatlar, xususan, transport xizmatlari ulushining ortib borayotganligi, ushbu sohani yanada rivojlantirish, tarmoqqa milliy va chet el investitsiyalarini kо‘proq jalb etish orqali respublika hududidan harakatlanayotgan xalqaro yuklar hajmini oshirib borish imkonini beradi. О‘zbekistonning dunyo miqyosida eng arzon transport yо‘li hisoblangan dengiz yо‘llariga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri chiqalmasligi, mamlakat transport tizimini bugungi kun talablariga javob beradigan zamonaviy transport xizmatlari orqali takomillashtirish zaruratini yuzaga keltiradi. Shu sababli, bojxona nazoratida bojxona kuzatuvining samaradorligini oshirish, bunda bojxona nazorati shakllaridan optimal foydalangan holda transport vositalarining manzilga yetib borish uchun sarflanadigan vaqtni qisqartirilishi – xalqaro savdoni rivojlantirishga kо‘maklashib, О‘zbekistonni Jahon bankining biznesni yuritish (“Doing Business”) qoidalari bо‘yicha tashqi savdo reytingidagi о‘rnini yanada yaxshilashga hamda respublika hududidan harakatlanayotgan xalqaro yuklar hajmini oshirib borish barobarida ularning vaqtini va unga sarflanayotgan xarajatlarni tejashga imkon beradi. Chunki, bu respublikada qulay tashqi iqtisodiy faoliyat va xalqaro savdo muhitini yaratish, biznes va investitsion jozibadorlikni yanada oshirish, faol iqtisodiy о‘sishni ta’minlashga zamin yaratadi. Ma’lumot uchun, О‘zbekiston Respublikasi Doing Business-2020 reytingida 190 ta mamlakat ichida 69-о‘rinni (Doing Business-2019 reytingida 76-о‘rin) band etdi. Mavjud ma’lumotlar tahliliga kо‘ra, respublika hududi orqali avtotransportda harakatlangan xalqaro yuklar miqdori yildan-yilga kamayib bormoqda. Mamlakat hududidan avtotransportda tashilgan xalqaro, xususan, tranzit yuklarning kamayishini keltirib chiqaruvchi omillardan biri sifatida mamlakat hududiga kirib kelgan xalqaro yuklarning bojxona kuzatuvi bilan bog‘liq protseduralaridagi murakkabliklarni keltirish mumkin. Respublika hududiga bojxona kuzatuvi orqali kirib kelayotgan avtotransport vositalari sonining ortib borishi sharoitida yuqoridagi muammoni bartaraf etish, shuningdek, bojxona kuzatuvida inson omilini kamaytirish maqsadida bir qator xorijiy davlatlarda amalda bо‘lgan elektron kuzatuv tizimini joriy qilish zarurati yuzaga kelmoqda. Ta’kidlash joizki, “Bojxona protseduralarini soddalashtirish va uyg‘unlashtirish tо‘g‘risidagi xalqaro konvensiya”ning (Kioto konvensiyasi, 18.05.1973 y.) Bosh ilovasida (6.1-standart.) bojxona hududiga olib kirilayotgan va undan olib chiqilayotgan barcha tovar va transport vositalari, bojxona bojlari va soliqlarga tortilishidan qat’iy nazar, bojxona nazoratidan о‘tishi kо‘zda tutilgan bо‘lib, bojxona nazorati bojxona SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Download 78.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling