O`zbekiston respublikasi bojxona nazorati va kuzatuvining o`ziga xos xususiyatlari


Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)


Download 78.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana17.06.2023
Hajmi78.27 Kb.
#1541875
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bojxona xizmati nazorati bo\'yicha maqola

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
  
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 1115
Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 9 dekabrdagi 323-sonli qarori bilan xorijiy 
avtotashuvchilarning tranzit harakatlanish yо‘nalishlari belgilangan bо‘lib, ular 
orasidagi eng uzun yо‘nalish Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Dautata” chegara bojxona 
posti va Andijon viloyati “Dо‘stlik” chegara bojxona kompleksi orasidagi masofa 1730 
kmni tashkil qiladi. Ayni shu yо‘nalishda bojxona kuzatuvini yakunlash uchun 3-5 kun, 
qish mavsumida esa, 6 kungacha vaqt sarflanadi
Bundan tashqari, Adliya vazirligida 2003 yil 27 sentabrda rо‘yxatga olingan 
“Avtomobil yо‘llari orqali olib о‘tiladigan tovarlarning bojxona kuzatuvi tartibi 
tо‘g‘risida”gi 1278-sonli yо‘riqnomaga asosan chegara bojxona postlarida bojxona 
kuzatuviga olingan transport vositalari va ularning yuklari rasmiylashtiruvdan 
о‘tkazilgandan keyin olti soat mobaynida bojxona postida kuzatuv guruhi tomonidan 
jamlanadi. Shundan sо‘ng bojxona kuzatuviga olingan avtotransportlar chegara bojxona 
postidan manzil bojxona postiga qadar kolonna bо‘lib, 50 km/s tezlikda harakatlanishi 
belgilangan. Bunda avtotransportlar soni yigirmatagacha bо‘lishiga ruxsat berilgan. 
Respublikada amalda bо‘lgan yо‘l harakati qoidalariga kо‘ra kolonna tarzida 
harakatlanayotgan avtotransportlar harakatiga boshqa haydovchilar tomonidan 
tо‘sqinlik qilish, ular orasiga suqilib kirish ta’qiqlanadi. Bu esa, yо‘l harakatining 
boshqa ishtirokchilari kayfiyatiga hamda xalqaro yо‘llarning о‘tkazuvchanlik sig‘imiga 
о‘z salbiy ta’sirini kо‘rsatadi. Bu borada bir qator MDH davlatlari, xususan, Ozarbayjon 
va Moldova tajribasi о‘rganilganda, bu davlatlarda bojxona kuzatuvini amalga 
oshirishda “GPS-elektron kuzatuv” tizimidan foydalanish yuklarni qisqa vaqt ichida 
manzil bojxona postlariga yetkazish hamda ular ustidan markazlashgan nazoratni 
yuritish imkonini bermoqda. Jumladan, Ozarbayjon Respublikasi bojxona organlarida 
“GPS elektron kuzatuv”dan 2011 yildan boshlab foydalanish yо‘lga qо‘yilgan. Bunda, 
chegara bojxona postiga kirib kelgan, bojxona kuzatuviga olinishi lozim bо‘lgan 
avtotransport vositasiga elektron chip о‘rnatiladi hamda post inspektori tomonidan 
uning harakatlanish yо‘nalishi belgilab beriladi. Respublika bojxona qо‘mitasi elektron 
kuzatuvni nazorat qilish markazida 6000 ga yaqin videokuzatuv kameralari о‘rnatilgan 
bо‘lib, ular yordamida mamlakat hududida bir vaqtning о‘zida bojxona kuzatuviga 
olingan 500 ta transport vositalari ustidan videonazoratni olib borish imkoni mavjud. 
Shuningdek, Moldova Respublikasida “GPS-elektron kuzatuv” tizimidan 
foydalanish 2014 yilda Pridnestrovadagi bojxona postlarida yо‘lga qо‘yilgan. 
Bunda, chegara bojxona postiga kirib kelgan transport vositasiga maxsus “GPS-
treker” о‘rnatiladi, post inspektori yukning yо‘nalishi hamda manzil bojxona punktini 
ishchi kompyuterida belgilaydi. “GPS-treker”ni transport vositasiga о‘rnatish hamda uni 
harakat yо‘nalishiga chiqarish inspektordan 10 daqiqa vaqtni oladi. Bojxona kuzatuvi 
guruhi inspektori о‘z ish joyidan avtotransportning harakatlanish yо‘nalishini kuzatadi. 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601

Download 78.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling