O'zbekiston Respublikasi budjet ijrosini tashkil etishda g'aznachilik faoliyatining zarurligi mundarija
Download 310.92 Kb.
|
KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- TASHKIL ETISH HOLATI TAHLILI 18
O'zbekiston Respublikasi budjet ijrosini tashkil etishda g'aznachilik faoliyatining zarurligi MUNDARIJA I-Bob. Davlat byudjeti g’azna ijrosi tashkil etishning tashkiliy huquqiy asoslari 4 II-BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA G’AZNA IJROSINI TASHKIL ETISH VA MAHALLIY BYUDJETLAR NAZORATINI 18 TASHKIL ETISH HOLATI TAHLILI 18 2.2. Mahalliy byudjetlar gazna ijrosida mablag’laridan foydalanish va uni nazorat etishning hozirgi holati. 30 Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilish, bu borada ma'muriy islohotlarni amalga oshirish bugungi kunda dunyoning ko’pchilik mamlakatlari kun tartibida turgan masaladir. Bunga asosiy sabab, bir tomondan, jahon taraqqiyotidagi misli ko’rilmagan ijtimoiy siljishlarning ta'siri bo’lsa, ikkinchi tomondan, sodir bo’layotgan globallashuv jarayonlarning jadallashuvi va axborot texnologiyalarining rivojlanishidir. O’zbekiston Respublikasida g’aznachilik tizimini rivojlantirish orqali byudjet ijrosi samaradorligini oshirish iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bungungi kunning asosiy talabidir. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlatning moliyaviy resurslarini boshqarish, byudjet mablag’lari ijrosi samaradorligini ta’minlash bugungi kun talabidir. Bu borada Prezidentimiz I.A.Karimov: “Hech shubhasiz, bunday keng ko’lamda ajratilayotgan mablag’lar avvalo shu saxovatli O’zbekiston zaminida yashayotgan har qaysi oilaga ko’rsatilayotgan katta e’tibor va g’amxo’rlik, ko’mak va yordam belgisi va timsoli, desak, ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz1” – deya ta’kidlab o’tgan edilar. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda moliyani boshqarish asosan g’aznachilik tizimi orqali amalga oshiriladi. Davlat byudjeti ijrosining yangi mexanizmini amaliyotda kiritish bugungi kunda byudjet islohotlarining yirik yo’nalishlaridan biri desak xato bo’lmaydi, chunki davlat moliyasini samarali boshqarish zaruriyati byudjet mablag’laridan to’g’ri foydalanish uchun byudjet xarajatlarining nazoratini kuchaytirish talab etiladi. Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, bugungi kunda davlat dasturlarini moliyaviy ta’minlash va davlat mablag’laridan oqilona foydalanishi ustidan nazorat o’rnatish ishida g’aznachiliksiz muvaffaqiyatga erishib bo’lmaydi. Davlatning g’aznachilik tizimini rivojlantirish davlat mablag’larini boshqarish tizimining samaradorligini oshirishga ko’maklashadi. O’zbekiston Respublikasi taraqqiyotining bugungi bosqichida davlat moliyasini boshqarish tizimini amalga oshirilayotgan iqtisodiy va demokratik islohotlar talablariga moslashtirish, ular faoliyatini so’nggi ijobiy natijalarni ko’zlagan holda muvofiqlashtirish, davlat moliyasini boshqarishni shaklan va mazmunan yangi sifat pog’onasiga ko’tarish, davlat moliyasini boshqarish organlari, birinchi navbatda, Moliya vazirligi g’aznachiligi va mahalliy byudjetlarning faoliyat mexanizmlarini takomillashtirishning zarurligi, byudjet jarayonida byudjet ijrosining g’aznachilik tizimiga bosqichma-bosqich o’tilayotganligi va bu boradagi muammolarni tadqiq etishning zarurligi mazkur malakaviy ish mavzusining dolzarbligini belgilab beradi. Download 310.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling