Kurs ishi mavzusining maqsad va vazifalari. O’zbekiston Respublikasida Davlat byudjetining g’azna ijrosi tizimini mustahkamlashda mahalliy byudjetlar nazoratini tashkil etish xolatiga baxo berish, bu boradadagi davlat siyosati va isloxotlarining yo’nalishlarini taxlil etgan holda mavjud muammolarni aniqlash va uni yanada rivojlantirish bilan bog’lik tavsiyalarni ishlab chiqish malakaviy ishning maqsadi hisoblanadi.
Belgilangan maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilab olindi:
O’zbekiston Respublikasida Davlat byudjetining g;azna ijrosi tizimini mustahkamlashda mahalliy byudjetlar nazoratini tashkil etish holatiga baho berish;
Davlat byudjetining g’azna ijrosi tizimini mustahkamlashda mahalliy byudjetlar nazorati tizimini taraqqiyotini ta'minlashda davlat siyosatining o’ziga xos hususiyatlarini o’rganish;
Davlat byudjetining g’azna ijrosi tizimini mustahkamlashda mahalliy byudjetlar nazorati tizimi rivojlantirishda moliyaviy mexanizmlardan foydalanishning xolatini taxlil qilish;
Davlat byudjetining g’azna ijrosi tizimini mustahkamlashda mahalliy byudjetlar nazorati tizimining hozirgi holati taxlilidan kelib chiqqan holda mavjud muammolarni aniqlash va uning yechimlarini ko’rsatib berish.
Kurs ishning ob’ekti bo’lib, G’aznachilik tizimi va mahalliy byudjetlar iqtisodiy ko’rsatkichlari hisoblanadi.
Kurs ishning predmeti: Davlat byudjetining g’azna ijrosi tizimini mustahkamlashda mahalliy byudjetlar nazorati tizimining rivojlanish holati va unga oid davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlari bilan bog’lik munosabatlar malakaviy ishning predmeti hisoblanadi.
Kurs ishning nazariy va amaliy axamiyati: Kurs ishning ma'lumotlaridan, tahlil natijalaridan, xulosa va tavsiyalaridan mavzuga oid tadqiqot ishlarini yanada davom yettirishda, "Moliya" yo’nalishi bo’yicha kadrlarni tayyorlashda, o’quv adabiyotlarini tayyorlashda hamda dars mashg’ulotlarini olib borishda keng foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |