O'zbekiston Respublikasi budjet ijrosini tashkil etishda g'aznachilik faoliyatining zarurligi mundarija


Download 310.92 Kb.
bet4/10
Sana20.06.2023
Hajmi310.92 Kb.
#1634054
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
KURS ISHI

Bank tizimi

G’aznachilik tizimi

1

Buxgalteriya hisobi va hisobotining tuzish ko’p mehnat
talab qiladi

Hisobga olish va hisobot tuzish jarayoni AT yordamida tez va aniq
amalga oshiriladi

2

Xalaro talablarga muvofiq hisobotlarni tayyorlash imkoniyatini cheklanadi

Hisobotlar DMS-2001 talablariga muvofiq keladi

3

Moliyaviy hisobotlar kassa usulida tuzishga asoslanadi

Moliyaviy hisobotlar hisoblash usulida tuzishga asoslanadi

4

Davlat byudjetining kassa ijrosi to’g’risida tezkor ma’lumot olish imkoniyati cheklanadi

Davlat byudjetining kassa ijrosi to’g’risida aniq va tezkor hisobot va
kundalik balans ma’lumotlari olish
imkoniyati yaratiladi

2004 yil 26 avgustda O’zbekiston Respublikasining "Davlat byudjetining g’azna ijrosi to’g’risida"gi №664-II-son qonunining qabul qilindi. Ushbu qonun davlat byudjeti g’azna ijrosi tushunchalariga oydinlik kiritdi. Mazkur qonunda ko’rsatilishicha, "Davlat byudjetining g’azna ijrosi davlat byudjetining barcha daromadlarini yagona g’azna hisobraqamiga kiritishdan, shuningdek, davlat byudjetining xarajatlarini shu hisobraqamdan to’lashdan iborat".
Davlat byudjeti g’azna ijrosining asosiy tamoyillari - kassaning yagonaligi hamda buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishning yagonaligidan iborat. Davlat byudjetining g’azna ijrosi qonun xujjatlarida belgilab qo’yiladigan maxsus vakolatli moliya organi hamda uning Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlardagi hududiy bo’linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
3

1-rasm. G’aznachilikda kassa oqimini rejalashtirish4


G’aznachilik tizimi faoliyat ko’rsatishi uchun uning quyidagi tashkiliy elementlari mavjud bo’lishi va o’zaro bog’liqlikda amal qilishi zarur. Ular g’aznachilikning asosiy tashkiliy elementlari:

  1. G’aznachilikning yagona hisobraqami;

  2. G’aznachilikning bosh kitobi;

  3. G’aznachilik organlari;

  4. G’aznachilikning axborot tizimi.

G’aznachilikning yagona hisobraami. O’zbekiston Respublikasining "Davlat byudjetining g’azna ijrosi to’g’risida"gi qonuniga muvofiq soliqli va soliqsiz
4
davlat tushumlarini to’plash, saqlash va davlat xarajatlarini amalga oshirish uchun g’aznachilik tomonidan g’aznachilikning yagona hisobraqami ochiladi.

2-rasm. G’aznachilikning asosiy tashkiliy elementlari5
"Yagona g’azna hisobraqami g’aznachilik tomonidan boshqariladigan maxsus bank hisobraqami bo’lib, bu hisobraqamda Davlat byudjeti mablag’lari hamda byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’lari kiritiladi. Yagona g’azna hisobraqamidan davlat byudjetida mablag’lari nazarda tutilgan yuridik va jismoniy shaxslarning xarajatlari to’lanadi, shuningdek, davlat maqsadli jamg’armalarining xarajatlari amalga oshiriladi" . G’aznachilik alohida operatsiyalarni, shuningdek, davlatning maqsadli fondlarining mablag’lari bilan operatsiyalarni amalga oshirish uchun g’aznachilikning yagona hisobraqami doirasida subschyotlarini ochish huquqiga ega. Bu subschyotlardagi qoldiqlar g’aznachilikning yagona hisobraqami qoldig’ining ajralmas qismi hisoblanadi.
G’aznachilikning bosh kitobi. G’aznachilikning bosh kitobi - byudjet ijrosi g’aznachilik usulining asosiy elementlaridan biridir. G’aznachilikning Bosh kitobi bilan hukumat resurslarining hisob-kitobi yuritiladi va moliya tizimining axborot tizimi faoliyat ko’rsatadi. G’aznachilikning Bosh kitobi byudjet operatsiyalari buxgalteriya hisobini yuritishning kompyuterlashtirilgan tizimidir. G’aznachilikning Bosh kitobida davlat muassasalari bilan bo’ladigan barcha moliyaviy operatsiyalar o’z ifodasini topadi. G’aznachilikning Bosh kitobi g’aznachilikning yagona hisobraqami va subschyotlari bilan bo’ladigan operatsiyalardagi barcha buxgalteriya provodkalarini aks ettiradi.
G’aznachilikning Bosh kitobi ham respublika byudjetidan, ham mahalliy byudjetlardan moliyalashtirish hisob-kitobining o’z vaqtida yuritilishini ta'minlaydi. G’aznachilikning Bosh kitobi o’z ichiga juda ko’p byudjet birliklarini birlashtiradi. G’aznachilikning Bosh kitobida byudjetning barcha daromadlari va xarajatlari ko’rinadi.
G’aznachilik organlari. G’aznachilik yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan, Moliya Vazirligiga bo’ysunadigan davlat organi hisoblanadi. G’aznachilikning Qoraqalpog’iston Respublikasi G’aznachilik Boshqarmasi, Toshkent shahar va viloyatlar Boshqarmasi, shahar va tumanlarda g’aznachilik bo’limlari kabi hududiy organlari faoliyat qiladi. G’aznachilikka O’zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o’rinbosari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlangan Davlat g’aznachisi rahbarlik qiladi. G’aznachilikning hududiy organlari huquqiy shaxs maqomiga ega emas. O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining buyrug’iga muvofiq g’aznachilikning hududiy organlari tuziladi va tugatiladi. G’aznachilik organlarining xarajatlarini moliyalashtirish respublika byudjetidan amalga oshiriladi.
G’aznachilikning axborot tizimi. G’aznachilikka yagona axborot tizimi xizmat qiladi. Hozirgi kunda g’aznachilikning yagona axborot tizimi yaratilgan bo’lib, "Davlat mablag’larini boshqarishning axborot tizimi" (DMBAT) deb ataladi. Byudjet operatsiyalari bo’yicha kodlashtirilgan va tasniflangan ma'lumotlar DMBAT ga avtomatik ravishda yuklanadi, bu esa daromadlarni tasniflar, xududiy belgilari, byudjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlar bo’yicha aniqlash imkonini beradi. Daromadlar avtomatik ravishda tegishli byudjetlarga belgilangan normativlar asosida o’tkaziladi.
Daromadlarning yillik va oylik prognoz qilish bilan bog’liq tadbirlar o’zgarishsiz qolsada, tushumlarni o’tkazish endilikda banklar tomonidan emas, DMBAT tomonidan o’tkaziladi.
G’aznachilikda davlat byudjeti mablag’larini boshqarish shundan iborat bo’ladiki, g’aznachilik yagona g’azna hisobraqamidan va g’aznachilikning boshqa bank hisobraqamlaridagi davlat byudjeti mablag’larini, davlat byudjetining xarajatlarini belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun yo’naltirish, shuningdek, davlat byudjeti bo’sh mablag’larini bank depozitlari va boshqa aktivlarini vaqtincha joylashtirish hamda ular hisobidan respublika byudjetiga, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetiga, mahalliy byudjetga, shuningdek, davlat maqsadli jamg’armalariga byudjet ssudalari berish yo’li bilan boshqarib boradi. G’aznachilik tomonidan dotatsiyalar va ssudalarni o’tkazish yagona g’azna hisobraqamidan yoki g’aznachilikning bosha bank hisobraqamlaridan davlat byudjetida mablag’lar ajratish nazarda tutilgan yuridik va jismoniy shaxslarning bank hisobraqamlariga o’tkaziladi.
Byudjet ijrosiga oid bevosita ishlar Moliya vazirligi va uning tegishli bo’linmalari hamda organlari, Davlat soliq qo’mitasi hamda Davlat bojxona qo’mitasi va ularning joylardagi organlari tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, bu jarayonda Moliya vazirligining mu?im tarkibiy tuzilmalaridan biri bo’lgan Davlat g’aznachilik tizimi va uning quyi organlari alohida rol o’ynaydi.
Byudjetni g’aznachilik tizimi asosida ijro etishning quyidagi afzalliklari mavjud qisqa fursatlarda davlatning moliyaviy resurslarining real hajmini va uning istiqbol ko’rsatkichlarini aniqlash:

  • davlat moliyasining holati to’g’risidagi tezkor axborotlarni yig’ish, qayta ishlash va tahlil qilish;

  • davlat byudjetining ham daromadlari, ham xarajatlari qismini kassali ijrosining har kungi detallashtirilgan monitoringini o’tkazish;

  • tasdiqlangan byudjet mablag’lari doirasida byudjet tashkilotlarini tovarlar va xizmatlar yetkazib beruvchilar oldida majburiyatlar qabul qilish bosqichida (shartnomalar, kontraktlar tuzish) dastlabki nazorat qilish;

  • moliya organlari tomonidan byudet xarajatlarini o’z vaqtida va manzilli moliyalashtirish bilan byudjet mablag’larini bosh taqsimlovchilari tomonidan su'istemol qilish va noto’g’ri ishlatishning oldini olish maqsadida joriy nazorat qilish;

  • byudjet tashkilotlari majburiyatlarini olgandan keyin pul mablag’larini g’aznachilik hisobraqamidan to’g’ridan-to’g’ri ta'minotchilarning hisobraqamiga o’tkazish natijasida pul oqimlari harakati bo’yicha jarayonlarni qisqartirish;

  • g’aznachilik tizimining bir pog’onasidan ikkinchi pog’onasiga pul mablag’larini o’tkazishni soddalashtirish natijasida g’aznachilik tizimidagi byudjet mablag’larini tezkor ishlatish.

1.2. O’zbekistonda g’azna ijrosini tashkil qilinishi va huquqiy asoslari
O’zbekiston g’aznachilik tizimini shakllantirish jarayonlari va huquqiy asoslari o’rganishda. O’zbekiston Respublikasining «Byudjet tizimi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunini amalga kiritish haqida»gi Oliy Majlis Qarorlaridan tortib, O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi qabul qilgan nizomlarni ham qo’rib chiqamiz.
O’zbekiston g’aznachilik tizimini shakllantirish jarayonlari va huquqiy asoslarini quyidagi tartibda berdik:

  1. «Byudjet tizimi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunini amalga kiritish haqida»gi Oliy Majlis Qarori.

  2. O’zbekiston Respublikasining « Byudjet tizimi to’g’risida»gi Qonuni.

  3. «Davlat byudjetining g’azna ijrosi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunini amalga kiritish haqida» gi Oliy Majlis Qarori.

  4. O’zbekiston Respublikasining « Davlat byudjetining g’azna ijrosi to’g’risida»gi Qonuni

  5. O’zbekiston Respublikasining «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni faoliyatining shartnomaviy – huquqiy bazasi to’g’risida» gi Qonuni.

  6. Fuqorolik kodeksi (ko’chirmalar).

  7. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining « Davlat moliyasini boshqarishni islox qilish » loyihasini amalga oshirishga tayyorlanish chora – tadbirlarni to’g’risida »gi qarori.

  8. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining «Tender savdolarini tashkil etishni takomillashtirish chora – tadbirlari to’g’risida»gi qarori.

  9. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining «Maxsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish to’g’risida»gi qarori.

  10. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining «Naqd pulsiz hisob - kitoblar to’g’risida» gi qarori.

  11. O’zbekiston Respublikasining naqd pulsiz hisob – kitoblar to’g’risida Nizomi.

  12. O’zbekiston Respublikasi Moliya Vaziriliging «Moliya organlarida byudjetdan mablag’ oluvchilar bilan tovar (ishlar, xizmatlar) etkazib beruvchilar o’rtasidagi shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazish va ularning xarajatlari to’lovini nazorat qilish tartibi haqidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash to’g’risida» gi Buyrug’i.

  13. «Moliya organlarida byudjetdan mablag’ oluvchilar bilan tovar (ishlar, xizmatlar) etkazib beruvchilar o’rtasidagi shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazish va ularning xarajatlari to’lovini nazorat qilish tartibi haqida» gi Vaqtinchalik Nizom.

  14. O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining «Dalvat byudjeti mablag’lari hisobiga amalga oshirilayotgan binolar va inshootlarni kapital ta’mirlashni mablag’ bilan ta’minlash va aniq ro’yxatlarni shakllantirish tartibi to’g’risida» gi Nizomi.

Masalan: «Davlat byudjetining g’azna ijrosi to’g’risida»gi 2004 yil 26 avgustda qabul qilingan qonuni va uning maqsadi, O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’larni boshqarish munosabatlarini g’aznachilik tizimi bilan tartibga solishdan iborat. Mazkur qonun 18-moddadan iborat qonunga ko’ra g’aznachilikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat.
· Davlat byudjetining kassa ijrosi
· Davlat byudjet mablag’larining tushumi va sarfi ustidan nazoratni amalga oshirish.
· Davlat byudjeti mablag’larini boshqarish
· Davlat byudjetida mablag’lar nazarda tutilgan yuridik yoki jismoniy shaxslar nomidan va ularni topshirig’iga binoan to’lovlarni amalga oshirish
· Byudjet tashkilotlarining tovarlar etkazib berish uchun tuzadigan shartnomalarning, shuningdek, buyurtmachilarning davlat byudjeti mablag’lari hisobidan kapital qurilish uchun tuzadigan shartnomalarni ro’yxatga olish;
· Davlat byudjeti g’azna ijrosining buxgalteriya hisobini yuritish
· Davlat byudjeti ijrosining qanday borayotganligi to’g’risidagi axborotlarni, yig’ish, qayta ishlash va tahlil qilish.
· O’zbekiston Respublikasi davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat ko’rsatish O’zbekiston Respublikasi kafolatlarini bajarish keltiriladi.
2007 yil 30 avgustda O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi "Davlat byudjeti g’azna ijrosi bo’yicha funktsiyalarini chegaralash to’g’risida Nizom"ni 119-sonli buyrug’i bilan tasdilangan. Ushbu buyruq bilan tasdiqlangan Nizom Uzbekiston Respublikasi respublika byudjeti.
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning g’azna ijrosi borasida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy apparat tarkibi bo’limlari (G’aznachilikdan tashqari) Moliya organlari zimmalariga O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi g’aznachiligi va uning hududiy bo’limlari zimmalariga qilinadigan funktsiyalarni chegaralab berdi.
2009 yilga kelib davlat byudjeti g’azna ijrosining tashkiliy-xuquqiy me’yoriy asoslarini shakllanib hamda takomillashib bormoqda. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2009 yil 4 apreldagi 69 sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009 yil 16 sentyabrda 2007-son bilan ro’yxatga o’tkazilgan «Davlat byudjetining g’azna ijrosi qoidalari» qabul qilindi. Ushbu qoidalar "Byudjet g’izimi to’g’risidagi va "Davlat byudjeg’ining’ g’azna ijrosi to’g’risidagi” O’zbekiston Respublikasini qonunlari hamda Uzbekisg’on Respublikasi Prezidentining’ 2007 yil 28 fevraldagi PF-594-son "Davlat byudjetining g’azna ijrosi tizimini yanada rivojlang’irish chora-tadbirlari to’g’risida" gi qarorig’a muvofiq O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning xududiy bulimmalari tomonidan respublika va hududiy g’azna xisobvaraqlarini qo’llash sharoitida respublika byudjeti, Qoraqalpog’isg’on Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjelarning g’azna ijrosini amalga oshirish tartibini belgilab berdi. Mazkur "Qoidalar'" respublika g’azna xisobvarag’i va hududiy g’azna xisobvaraqlarini yurg’izish tartiblarini, Respublika byudjeti. Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar daromadlari va xadajatlarining yoyilmasi, byudjetdan mablag’ oluvchilarning’ xarajatlar smetasini va ularga o’zgartirishlarni g’aznachilik bo’limlariga taqdim etish tartiblarini, yuridik majburiyatlarni ro’yxatga olishning umumiy qoidalarini, byudjetdan mablag’ oluvchilarning byudjetdan tashqari mablag’lari xisobiga xarajatlarni amalga oshirish tartiblarini belgilab berdi va muqaddam amal qilib kelgan bir qator me’yoriy xujjatlarni o’zida mujassamlashtirdi.
G’aznachilik tizimi borasida yuqorida ko’rib o’tilgan me’yoriy xuquqiy asoslar ta’minlanishi natijasida quyidagi ijobiy natijalarga erishildi:

  • davlat moliyasining holati to’g’risidagi tezkor axborotlarni yig’ish, ishlov berish va tahlil qilish.

  • qisqa fursatda davlatning moliyaviy resurslari real hajmini va uning istiqbol ko’rsatkichlarini aniqlash.

  • vaqtinchalik xarakatda bo’lmagan byudjetning erkin mablag’larini, moliya bozorlarida samarali joylashtirib, undan olingan daromadni esa byudjet xarajatlarini to’liq moliyalashtirishga, byudjet taqchilligini kamaytirishga va davlat qarzlari to’loviga yo’naltirish.




Download 310.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling