Davlat maqsadli jamg’armalarida jumladan budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi, Respublika yo’l jamg’armasi va boshqa budjetdan tashqari jamg’armalarida jamg’armalar budjeti daromadlari shakllanishi, xarajatlarini amalga oshirish, hisoblashuvlar hisobi, budjet ijrosi natijalari bo’yicha buxgalteriya axborotlari belgilangan tartibda shakllantirilmoqda, hisobotlar tuzilmoqda.
Budjet tashkilotlarida budjet mablag’lari bo’yicha xarajatlar, budjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi jarayoni buxgalteriya hisobi “Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Yo’riqnoma (O’z.R AV. tomonidan 2010 yil 22 dekabrda № 2169-son bilan ro’yxatdan o’tgan) ga asosan yuritilmoqda. Budjet tashkilotlari moliyaviy, nomoliyaviy aktivlari tarkibi, debitorlik va kreditorlik majburiyatlari, joriy va yakuniy moliyaviy natijalar bo’yicha buxgalteriya axborotlari shakllantirilib “O’zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablag’ bilan ta’minlanadigan tashkilotlarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish bo’yicha qoidalar” ga (O’z.R AV. tomonidan 2011 yil 27 sentyabrda № 2270-son bilan ro’yxatdan o’tgan) asosan buxgalteriya hisobotlari tuzilmoqda.
Budjet hisobining budjet ijrosi sohasidagi vazifalari
Budjet hisobining vazifalari:
Budjet ijrosini amalga oshirish va natijalarini shakllantirish;
Budjet ijrosi jarayoni muomalalarini hujjatlashtirish yordamida ro’yhatga olish;
Budjet ijrosi jarayonida buxgalteriya hisobvaraqlarda budjet mablag’larini holati va harakatini aks ettirish;
Budjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga oshirish va natijalarini shakllantirish;
Budjet tashkilotlari buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning holati, harakati, mulkiy qiymatliklar va majburiyatlarning holati hamda moliyaviy natijalari to’g’risidagi to’liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;
Budjet ijrosiga oid buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish va hisobotlarni tuzishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |