O’zbekiston respublikasi davlat bojxona qo’mitasi bojxona instituti


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
Sana16.06.2020
Hajmi0.58 Mb.
#119180
Bog'liq
5e846f54205759.37115155


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 

DAVLAT BOJXONA  QO’MITASI 

 

BOJXONA INSTITUTI 

 

 

«MATEMATIKA VA GUMANITAR FANLAR»  KAFEDRASI 

 

 

 

 

 

 

 

BOJXONADA AXBOROT  TEXNOLOGIYALARI ASOSLARI 

 

fani bo‘yicha 

 

MA’RUZA MATNLARI 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Toshkent 

U.Hamroyev   

Bojxonada axborot texnologiyalari asoslari fanidan ma’ruza mantlari 2019 y.    227 b. 

 

 

Taqrizchilar: 



D.Maksumov         –  DBQ  “Axborot  -  kommunikatsiya 

texnologiyalari” boshqarmasi boshlig‘i, 

bojxona xizmati podpolkovnigi 

 

 

 



 

Muallif  tomonidan  qator  yillar  davomida  O’zR  DBQ  Bojxona  institutining 

«Bojxona  ishi»  fakultetida  ikki  semestr  davomida  o‘qilayotgan  “Bojxonada  аxborot 

texnologiyalari  asoslari”  kursi  ma’ruza  matnlariga  III-,  IV-semestrlari  uchun  asos  qilib 

olingan.  

Ma’ruza mantlari to‘plamida quyidagi mavzular yoritib berilgan:  

Kursantlarni  kompyuterlarning  dasturiy  ta'minotlari,  zamonaviy  operatsion 

tizimlari, matn va jadval ko‘rinishidagi axborotlarni qayta ishlash dasturlari imkoniyatlari 

bilan tanishtirish, ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari va ular bilan ishlash, axborot 

texnologiyalari  va  axborot  tizimlarining  tuzilishi  va  turkumlanishi,  kompyuter 

tarmoqlarida,  jumladan  lokal,  korporativ  va  internet  tarmoqlarida  ishlash  uchun  amaliy 

ko‘nikmalarni  egallash,  Web  resurslari  bilan  ishlash,  ularda  axborot  xavfsizligini 

ta'minlash, Elektron hukumat tizimlari, interaktiv xizmatlar va  ularning tasnifi, Elektron 

tijorat  tizimlari,  elektron  raqamli  imzo,  masofaviy  ta'lim  tizimlari,  muammoga 

yo‘naltirilgan amaliy dasturlar va ular bilan amaliy ishlash ko‘nikmalarini hosil qilishdan 

iborat 


Ushbu  ma’ruza  matnlari  to‘plami  Bojxona  instituti  kursantlari,  axborot 

texnologiyalari  sohasidagi  bilim-malakalarini  oshirish  uchun  kitobxonlar  ommasiga 

mo‘ljallangan. 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Mazkur ma’ruzalar to‘plami «Matematika va gumanitar fanlar» kafedrasi (2019 yil 

__  avgust  1-sonli  bayonnoma)  da  muhokama  etilgan  va  «Bojxona  ishi»  fakulteti  Ilmiy-

uslubiy kengashi (2019 yil __ avgust __-sonli bayonnoma) da tavsiya etilgan tasdiqlangan. 



 

Ma’ruza №12.  Elektron hukumat tushunchasi. O‘zbekistonda Elektron hukumat 

tizimida bojxona organlarining o‘rni 

 

Reja: 



 

1. 

O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya tarmoqlaridagi islohotlar 

2. 

Elektron hukumat tushunchasi 

3. 

O‘zbekiston Respublikasi Elektron hukumati tizimi va uning loyihalari 

4. 

Koreya elektron hukumat tizimi.  

 

So‘nggi yillarda Respublikamizda axborot-kommunikatsiya tarmoqlaridagi islohotlar: 



 

aloqa  va  axborotlashtirish  sohasini  yanada  rivojlantirishga  qaratilgan  me'yoriy-

huqukiy baza takomillashmoqda; 

 

telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishda ham bir qator yutuqlarga erishildi; 



 

Internet  bozori  va  axborot-kommunikatsion  tizim  sohasi  tez  sur'atlar  bilan 

rivojlanmoqda; 

 

Internet tarmog‘idagi axborot resurslarini rivojlantirish choralari ko‘rilmoqda; 



 

Axborot-kommunikatsiya sohasida kadrlarni tayyorlash ishlari takomillashtirilmoqda.  

 

Davlat boshqaruv organlarida axborot-kommunikatsion texnologiyalarni 

qo‘llashning afzalliklari

- Boshqa organlar bilan elektron axborot almashinuvi ta'minoti;  

- Davlat boshqaruvida samaradorlikni oshirish; 

- Davlat boshqaruviga ketadigan xarajatlarni pasaytirish; 

-  Davlat  hokimiyati  bilan  fuqarolar  va  ho‘jalik  sub'ektlari  o‘rtasidagi  munosabatni 

yaxshilaydi;  

- O‘zbekiston Respublikasi Davlati bojxona qo‘mitasiga tartiblarni soddalashtirgan holda 

elektron  shaklda  bojxona  deklaratsiyalarini  rasmiylashtirish  tizimini  takomillashtirish 

hamda  elektron  hukumat  doirasida  “Bojxona”  Axborot  tizimlari  kompleksi  bilan 

integratsiya qilish.  

 

Elektron hukumat to‘g‘risidagi qonun 



 

1. 2015 yil 18 noyabrda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilindi; 

2. 2015 yil 3 dekabrda Senat tomonidan ma'qullangan; 

3. 2015 yil 9 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov “Elektron 

hukumat to‘g‘risidagi” qonunga imzo chekdi.   

 

      Elektron  hukumat  /e-government/  –      ma'lumotlarni  elektron  ko‘rinishda  qayta 

ishlash,  uzatish  va  tarqatish  asosida  davlat  boshqaruvini  amalga  oshirish  tizimidir. 

          Elektron  hukumat  boshqaruv  faoliyatidagi  ichki  va  tashqi  aloqalarni,  jarayonlarni 

zamonaviy  axborot  –  kommunikatsiya  texnologiyalari  asosida  qo‘llab-quvvatlashni 

ta'minlaydigan hukumatdir.  

         Elektron  hukumat  davlat  hukumat  boshqaruvining  yangi  shakli  bo‘lib,  unda 

zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda fuqarolar 


(pensionerlar, ishchi-xizmatchilar, ishbilarmonlar, davlat xizmatchilari va boshqalarga) va 

tashkilotlar uchun davlat organlari faoliyati natijalari haqida qulay usulda tezkor, sifatli va 

ishonchli axborot xizmatlari ko‘rsatish amalga oshiriladi.  

Vazirlar  Mahkamasining  2013  yil  25-yanvar  18-sonli  qarori  bilan,  davlat 

boshqaruvining  samaradorligi  va  yuridik  hamda  jismoniy  shaxslarga  interaktiv  davlat 

xizmatlari  ko‘rsatish  sifatining  oshirilishini  ta'minlovchi  «Elektron  hukumat»  tizimini 

shakllantirish alohida ustuvor vazifa qilib belgilandi. Qolaversa, mazkur qarorda «Elektron 

hukumat» tushunchasiga, O‘zbek tilida rasmiy tushuntirish – ta'rif berildi: 

 

 

 



Elektron hukumatga o‘tishdan asosiy maqsad: 

 

Aholiga xizmatlar sifatini oshirish 



 

Hukumatning fuqarolar va buyurtmachilar uchun ochiq-oydin ish olib borishini 

takomillashtirish 

 

Hukumat, fuqarolar va xo‘jalik sub'ektlari o‘rtasida  axborot almashinuvini 



ta'minlash 

 

Ma'muriy xarajatlarni kamaytirish. 



 

Elektron hukumatning vazifalari : 

 

axborotlarni  elektron  ko‘rinishda    ayirboshlash  va  tarqatish  tezkorligi  darajasining 



o‘sishi hisobiga davlat funksiyalarini bajarish samaradorligi va tezkorligini oshirish; 

 

so‘rovlarni puxta ishlash hamda yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini ko‘rib 

chiqish bo‘yicha davlat funksiyalari ijro etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish; 

 

idoralarning yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorligi darajasini oshirish



 

idoralarning yuridik va jismoniy shaxslar hamda boshqa davlat organlari bilan o‘zaro 

hamkorligiãà sarflanadigan chiqimlarni qisqartirish; 

 

aholining  davlat  boshqaruvida  yanada  faol  ishtirok  etishi  uchun  shart-sharoitlar 



yaratish maqsadida idoralar faoliyatining ochiq-oshkoraligi darajasini oshirish; 

 

axborot ayirboshlashning yangi mexanizmlariga o‘tish. 



 

Elektron Hukumatning klassik modeli : 

 

G2C  -  government  to  citizens,  davlat  organlari  bilan  fuqarolar  o‘rtasida  axborot 



ayirboshlash; 

 

G2B  -  government  to  business,  davlat  organlari  bilan  tijorat  sohasi  faoliyat 



ko‘rsatayotgan xususiy kompaniyalar, ishbilarmonlar o‘rtasida axborot ayirboshlash; 

 

G2G  -  government  to  government,  davlat  organlari  bilan  davlat  organlari  o‘rtasida 



axborot ayirboshlash; 

 

G2E  –  government  to  employee,  davlat  organlari  bilan  uning  xodimlari  o‘rtasida 



axborot ayirboshlash; 

 

G2F  -  government  to  foreign  “Davlat-chet  el  fuqarosiga”  va  boshqa  modellari 



yaratilmoqda. 

        Asosiy davlat axborot xizmatlari ko‘lami quyyidagi toifalarga ajratiladi : 

      Davlat – fuqarolar modeli bo‘yicha (G2C)  

1. Shaxsiy to‘lovlarni amalga oshirish – daromad solig‘i, yer solig‘i, kommunal xizmatlar 

to‘lovlari va shu kabilar. 

2. Ijtimoiy ta'minot xizmatlar. 

3. Guvohnomalarni rasmiylashtirish (tug‘ilganlik haqida, nikohdan o‘tganlik haqida). 

4. Shaxsiy hujjatlarni rasmiylashtirish (pasport va haydovchilik guvohnomalarini).  

5.  Mulkni  ro‘yxatga  olish  (harakatlanuvchi  va  ko‘chmas  mulkni)  va  ular  ustida 

operatsiyalar bajarish.  

6. Fuqarolarni doimiy yoki vaqtincha yashash manzillari bo‘yicha ro‘yxatga olish, manzil 

o‘zgargan holda tegishli ma'lumotlarni qayd kilish.  

7. Mehnat birjalarida bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma'lumotlar berish.  

8. Qurilish ob'ektlariga ruxsat olishni rasmiylashtirish. 

9. Sog‘liqni saqlash sohasida malakali maslahatlar olish, shifokorlar qabuliga yozilish. 

10. Oliy o‘quv yurtlariga qabul masalalari bo‘yicha ma'lumotlar olish va shu kabilar. 



     Davlat tijorat modeli bo‘yicha (G2B)  

1. Kompaniya va firmalarni ro‘yxatga olish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish. 

2.  Loyiha  hujjatlarini  mutasaddi  davlat  organlari  bilan  muvofiqlashtirish,  ruxsat  olish 

(ekologiya, qurilish, tabiiy resurlardan foydalanish sohasida). 

3. Davlat litsenziyalarini olish va muddatini uzaytirish. 

5.  Majburiy  korporativ  to‘lovlarni  byudjetga  (korporativ  daromad  solig‘ini,  qo‘shimcha 

qiymat  solig‘ini,  transport  solig‘ini,  yer  solig‘ini  va  boshqa  turdagi  to‘lovlarni) 

byudjetdan tashqari fondlarga o‘tkazish. 

6. Eksport-import operatsiyalari bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish.  


7. Statistik hisobotlarni rasmiylashtirish.  

 

   Shuningdek elektron hukumat modeliga quyidagi:  



- Fuqarolarning davlat axborot resurslariga erkin murojaat qilishlarini ta'minlovchi; 

- Davlat organlarida ish yuritishning qog‘ozsiz texnologiyalarini joriy etuvchi; 

-  Barcha  davlat  organlarining  yil  davomidagi  faoliyati  ko‘rsatkichlarini  fuqaro  va 

parlament tomonidan kuzatish va boshqarishni ta'minlovchi; 

-  Davlat  organlari  bilan  tijorat  kompaniyalari  o‘rtasida  oldi-sotdi  transaksiyalarini 

amalga oshiruvchi va shu kabi qator foydali amaliy elementlar ham kiradi. 

 

Milliy ma'lumotlar bazasi 

(jismoniy  shaxslar,  tadbirkorlik,  transport,  yuridik  shaxslar,  Geoinformatsion  tizim, 

manzillarning yagona reestri) 

 

“Elektron hukumat” tizimining tashkilotlararo integratsion tizimini yaratish 

(tarqoq axborot resurslar (ma'lumotlar bazasi) va davlat tashkilotlarini axborot tizimlarini 

birlashtirish) 

 

Interaktiv  davlat  xizmatlarining  yagona  portalini  rivojlanishi  (taqdim  etilayotgan 



xizmatlari  sonini  oshirish  va  davlat  xizmatlarini  taqdim  etuvchi  joriy  tizimni 

optimallashtirish) 

 

Turli sohalar bo‘yicha axborot tizimlari majmuini yaratish 

(Xarid,  Soliq,  Bojxona,  Litsenziya,  Byudjet,  Ta'lim,  Kommunal,  Adliya-2,  Davlat 



boshkaruvi, Nafaka) 

 

Elektron hukumatning amaldagi loyihalari 

 

 

O‘zbekistonda ham elektron hukumat barpo qilish ishlari boshlab yuborilgan. Jahon 



tajribasiga mavjud amaliyotga ko‘ra, u ikki o‘zaro bog‘langan, lekin funksional jihatdan 

mustaqil qismlardan, 



- Hukumat Intranetidan  

 - tashqi infratuzilmadan tarkib topgan. 

 

Hukumat Intraneti axborot tizimining ichki infratuzilmasini qamrab oladi, u 

davlat  tuzilmalari  tomonidan  davlat  korporativ  vazifalarini  amalga  oshirishdagi  o‘zaro 

munosabatlarda foydalaniladi.  

 

Tashqi  infratuzilma,  davlatni  fuqarolar  (G2C)  va  tashkilotlar  (G2B)  bilan  o‘zaro 



ishlashini ta'minlaydigan ommaviy axborot infratuzilmasini qamrab oladi. 

 

Davlat bojxona qo‘mitasining integratsiya jarayoni 

 

Davlat 


boshqaruvida 

AKTni 


rivojlantirishning 

navbatdagi 

bosqichi 

foydalanuvchilarga va  fuqarolarga hukumatning bazaviy tartib-qoidalari va funksiyalari 

integratsiyasining faqat yangi shakllari orqali (va shu sababli o‘zgartirish orqali) amalga 

oshirilishi  mumkin  bo‘lgan  xizmatlarni  taqdim  etish  uchun  Internetdan  va  yangi 

texnologiyalardan foydalanish usullarini izlashga urinishni namoyish qilishdir. 

 

DBQ ning interaktiv xizmatlarining integratsiyasi  



 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Vazirlar 

Mahkamasining 

Axborot 


tizimlari 

telekommunikatsiya  masalalari  Kompleksi  majlisining  2015  yil  8  apreldagi  1-son 

bayoni  (2015  yil  02-08-08-8-son)  bilan  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlati  bojxona 

qo‘mitasiga  tartiblarni  soddalashtirgan  holda  elektron  shaklda  bojxona 

deklaratsiyalarini rasmiylashtirish tizimini takomillashtirish hamda elektron hukumat 

doirasida “Bojxona” Axborot tizimlari kompleksi bilan integratsiya  qilish vazifalari 

belgilab berilgan. 

 

Ushbu 



vazifa 

ijrosini 

ta'minlash 

maqsadida 

Elektron 

shaklda 


bojxona 

deklaratsiyalarini rasmiylashtirish tizimini takomillashtirish hamda elektron hukumat 

doirasida  “Bojxona”  Axborot  tizimlari  kompleksi  bilan  integratsiya  qilish  bo‘yicha 

tarmoq  jadvali  loyihasi  ishlab  chiqilib,  “Elektron  xukumat”  tizimini  rivojlantirish 

markaziga  taqdim  qilinib  Yagona  interaktiv  davlat  xizmatlari  portaliga  integratsiya 

qilingan bilan kelishildi.  

• 

“Elektron  hukumat”  tizimini  joriy  qilishning  istiqbolli  rejalari  doirasida  2014-2016 



yillarda idoralararo integratsiyalashgan platformani yaratish loyihasi amalga oshiriladi. 

Bu platforma barcha davlat organlari axborot tizimlarini birlashtiradi, aholiga ma'lumot 

olish, ariza topshirish va boshqa xizmatlardan foydalanish bo‘yicha idoralar o‘rtasida 

ma'lumot almashishga xizmat qiladi. (DBQning hujjatlari) 

• 

Davlat  organlarining  aholi  va  tadbirkorlik  sub'ektlari  bilan  o‘zaro  axborot 



almashinuvlari,  muloqotlari,  shuningdek  bir  qator  davlat  xizmatlarini  ko‘rsatish  2013 

yilda ishga tushirilgan Yagona portal orqali amalga oshirilmoqda. 

• 

Dasturga muvofiq, “elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiya qilish 



maqsadida  ochiq  kalitlar  bazasida  Yagona  identifikatsiya  tizimini  yaratildi.  (ID.UZ  - 

identifikatsiya markazi). 

• 

Jismoniy  va  yuridik  shaxslar,  transport,  kadastr,  ko‘chmas  mulk,  ma'lumot  va 



klassifikatorlar  jam  qilingan  milliy  ma'lumotlar  bazasi  va  reestri,  axborot  tizimlarini 

rivojlantirish “elektron hukumat”ni samarali etishning muhim bosqichi hisoblanadi. 

• 

Shundan so‘ng, aholi va tadbirkorlarga davlat organlari xizmatlaridan elektron shaklda 



foydalanish,  davlat  organlariga  o‘z  faoliyatlarini  optimallashtirish,  samaradorligini 

oshirish imkoniyati yaratiladi. 

• 

2013-2020  yillarda  O‘zbekiston  Respublikasida  telekommunikatsiya  texnologiyalari, 



tarmoqlari  va  aloqa  infratuzilmasini  rivojlantirish  dasturi  O‘zbekistonda  axborot 

jamiyatini  yanada  rivojlantirish,  mamlakatning  jahon  axborot  makoniga  yanada 

integratsiyalashuvida  yangidan-yangi  imkoniyatlarning  yaratilishida  muhim  huquqiy 

hujjat bo‘lib xizmat qiladi. 

 

Elektron hukumat tizimini rivojlantirish markazi (egovernment.uz) 



 

Elektron hukumat o‘quv markazini tashkil etish 

(davlat  xodimlarini,  shuningdek,  aholining  keng  ko‘lamini  va  tadbirkorlik  sub'ektlarini 

uzluksiz ta'limini tashkil etish) 

 

“Elektron hukumat haqida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarini ishlab chiqish 

(Infrastruktura,  axborot  tizimlari  majmui  integratsiyasi  va  davlat  tashkilotlarining 

ma'lumotlar bazasi talablarini aniqlash) 

 

Elektron hukumatni qo‘llab quvvatlovchi mahalliy markazlarini tashkil etish 

(Elektron hukumat xizmatlari aholiga taqdim etish shart sharoitlarini bilan ta'minlash) 

 

Hozirgi kunda Yagona portal quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:  



• 

davlat organlari va xizmatlari haqidaãè ma'lumotlarni olish;  

• 

davlat xizmatlarini olish uchun lozim bo‘lgan murojaat va boshqa hujjatlarni  elektron 



shaklda to‘ldirish;  

• 

davlat xizmatini ko‘rsatish uchun murojaat yo‘llash; 



• 

davlat  xizmatini  ko‘rsatish  uchun  yo‘llangan  murojaatni  ko‘rib  chiqish  jarayoni 

haqidagi ma'lumotlarni olish;  

• 

davlat xizmatlari natijalarini olish;  



• 

tadbirkorlik sub'ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va h.k. 

• 

Bugungi  kunda,  300  dan  ortiq  davlat  muassasalari  va  tashkilotlari  Yagona  portalga 



ulangan va portal orqali 150 dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda. 

 

UZINFOCOM 

         

UZINFOCOM  Markazining  oldiga  kompyuterlashtirishni  rivojlantirish  va  AKTni 

iqtisodiyotning  barcha  tarmoqlari,  boshqaruv  va  ijtimoiy  sohalarga  joriy  etish  bo`yicha 

milliy dasturning strategik yo`nalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, O`zbekiston 

aholisining axborotga bo`lgan ehtiyojini qondirish va uning jahon axborot hamjamiyatiga 

kirishida yordam ko`rsatish bo`yicha vazifalar qo`yilgan. 

UZINFOCOM Markazi boshqaruv organlari,  byudjet tashkilotlari va xususiy biznes 

vakillariga  kompyuterlashtirish  va  axborot  texnologiyalarini  joriy  etish  bo`yicha  keng 

ko`lamli axborot, servis va konsalting xizmatlarini ko`rsatadi. Bular: 

 Elektron hukumatni rivojlantirish va joriy etish masalalari; 

Ta’lim sohasida AKTni  joriy etish



Internetning  milliy segmentini rivojlantirish; 

To`laqonli  ERP  va  CRM  tizimlarini  yaratish,  tashkilotlarning  boshqaruv  va  bizness 



jarayonlarini avtomatlashtirish. 

Janubiy Koreyada elektron hukumatning rivojlanish bosqichlari 

 

Janubiy Koreya elektron hukumatni rivojlantirishda ulkan muvaffaqiyatga erishgan 



davlat  hisoblanadi.  U  Birlashgan  Millatlar  Tashkilotining  elektron  hukumat 

institutlarining  hamda  aholining  davlat  boshqaruvidagi  elektron  ishtirokining 

rivojlanganlik darajasi bo‘yicha reytingida birinchi o‘rinda turadi. Shuning uchun ham 

uning  tajribasi  so‘nggi  yillarda  ko‘plab  tadqiqotchilarning  diqqat  markazida  bo‘lib 

kelmoqda. 

Janubiy Koreyada elektron hukumatni shakllantirish bo‘yicha tashabbus 2001-yilda 



yuridik  kuchga  ega  bo‘ldi.  Mamlakatda  elektron  hukumatni  rivojlantirish  bo‘yicha 

ishlab  chiqilgan  dastur  hukumat  organlarining  ishida  samardorlikni  oshirishga 

qaratilgan bo‘lib, u uch bosqichda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan. 

- Birinchi bosqichda (2001-2003) kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, 

ularning  natijasida  Koreyaning  hukumat  organlari  tashqi  dunyo  bilan  Internet  orqali 

uchta  asosiy  yo‘nalishda  -   G2C  (davlatdan-fuqaroga),  G2B  (davlatdan-biznesga)  va 

G2G (davlatdan-davlatga) sxemalari bo‘yicha aloqa qila boshladi. 

Bundan  tashqari,  davlat  boshqaruvi  tizimida  idoralararo  elektron  aloqalarni 

ta’minlashga  qaratilgan  informatsion-texnologik  arxitektura  ham  ishlab  chiqilgan. 

Unda,  xususan,  elektron  hujjat  aylanishi,  elektron  raqamli  imzo  va  boshqa 

texnologiyalar  faol  qo‘llanilgan.  Umumiy  hisobda,  birinchi  bosqich  uchun  jami  225 

million  AQSH  dollari  miqdorida  mablag‘  sarflangan.  Natijada,  Koreya  raqamli 

imkoniyatlar indeksi bo‘yicha jahonda 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 

Ikkinchi bosqichda (2003-2007) Koreya hukumati o‘z oldiga ancha katta maqsadni 

qo‘ygan — dunyo  davlatlari  ichida  nisbatan  ochiq  va  shaffof  elektron  hukumatni 

shakllantirish. Koreyaning “Elektron hukumat qurishning milliy asoslari va tamoyillari” 

nomli dasturiga muvofiq to‘rtta sohaga oid loyihalar ishga tushirilgan 

-  davlat boshqaruvi organlarining ko‘rsatish  

-  davlat xizmatlarini ko‘rsatish 

-  axborot resurslarini boshqarish 

-  qonun ijodkorligi tizimi 

 

Ushbu  loyihalarni  amalga  oshirish  uchun  jami  981  million  AQSH  dollari 



miqdoridagi mablag‘ sarflangan. Natijalar kutilganidan ham a’lo darajada bo‘lgan. 

      2007-yilga kelib Koreyada markaziy boshqaruv organlarining 55 foizida davlat 

apparatining 96,6 foiz xodimlari axborotlarni qayta ishlashning milliy elektron tizimi  —

 “On-Nara”  (koreyscha,  onlayn    mamlakat)  tizimidan  foydalanishga  o‘tgan.  Buning 

natijasi o‘laroq, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish muddati 30-44 kundan 7-13 

kungacha qisqargan.  

Davlat  tuzilmalarida  ma’lumotlarni  qayta  ishlashning  innovatsion  tizimi — “On-Nara” 

2007-


yildan to‘liq ishga tushgan bo‘lib, uning oldiga quyidagi maqsadlar qo‘yilgan: 

· ma’lumotlarni qayta ishlash va almashish doirasida barcha boshqaruv jarayonlarini 

standartlashtirish; 

·  davlat  organlarining  markazlashmagan  operatsiyalarini  boshqarishni  yagona 

tizimga solish; 

· tizim ishtirokchilari o‘rtasida axborotlarni almashish va tarqatishni ta’minlovchi 

turli jarayonlarni o‘zaro bog‘lash va bir-biriga integratsiya qilish. 

Janubiy  Koreyada  hozirda  deyarli  barcha  davlat  xaridlari  veb-texnologiyalar 

yordamida amalga oshiriladi — tenderlarning 93 foizi va onlayn-xaridlarning 99,6 foizi. 

Davlat  instansiyalariga  tovar  va  xizmatlarni  yetkazib  berishda  elektron  shaklga 

o‘tish  natijasida  har  yili  4,8  milliard  dollar  mablag‘  tejalmoqda.  Chunki,  barcha  tender 

takliflari veb-saytdagi maxsus kompyuter dasturi vositasida ko‘rib chiqiladi va baholanadi, 

bu tenderning qanchalik ochiq va shaffof ekanligini ko‘rsatib beradi. 

    Tashqi savdoda eksport bo‘yicha bojxona deklaratsiyalarini ko‘rib chiqish uchun 

ketadigan vaqt 1 kundan 2 daqiqagacha, import bo‘yicha esa — 2,5 kundan 1,5 soatgacha 

qisqartirilgan.  Bu  esa,  yiliga  2,5  milliard  dollar  mablag‘ni  tejash  imkonini  bermoqda. 

Umumiy  hisobda,  Janubiy  Koreyada  elektron  hukumatni  joriy  etish  ortidan  har  yili  10 

milliard dollardan ortiq mablag‘ tejab qolinmoqda 



2008-yildan  uchinchi  bosqich  boshlangan.  Bu  bosqichda  asosiy  e’tibor  barcha 

mavjud  tizimlar  va  turli  darajadagi  elektron  hukumatlar  o‘rtasidagi  aloqalarni 

mustahkamlash  va  ularni  bir-biriga  integratsiyasini  ta’minlashga  qaratilgan.  Bu 

fuqarolarga  va  kompaniyalarga  kompleks  davlat  xizmatlarini  taqdim  qilish  imkonini 

beradi. 

Ushbu  bosqichda  Koreya  Respublikasi  boshqa  davlatlarga  (jumladan,  Ekvador, 

Indoneziya,  Bangladesh,  Shri-Lanka,  Mali)  elektron  hukumatni  shakllantirish  uchun 

texnologik yechimlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma ham tuzgan. Bungacha, 2004-

yildan  boshlab  Janubiy  Koreyada  elektron  hukumat  uchun  ishlab  chiqilgan 

texnologiyalarni import qiluvchi asosiy davlat Yaponiya bo‘lgan. 

Janubiy Koreya hukumati turli sohalarda axborot texnologiyalarni qo‘llash borasida 

ilg‘or davlatlar qatoriga kiradi. Mamlakatda, bir so‘z bilan aytganda, bojxona ishidan tortib 

to intellektual  mulk  masalalarigacha avtomatlashtirilgan tizimga o‘tgan.  Shuning  uchun 

ham u hozirda dunyoda elektron hukumatning rivojlanish darajasi bo‘yicha birinchi o‘rinda 

turadi. 

Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  2002-yildan  beri  dunyodagi  192  ta  davlat  uchun 

elektron hukumat rivojlanishi indeksi (inglizcha “e-Government Development Index”) va 

elektron ishtirok indeksini (inglizcha “e-Participation Index”) hisoblab, bu bo‘yicha yillik 

reytingni  e’lon  qiladi.  Bunda  birinchi  indeks  mamlakatdagi  milliy  onlayn-servislarning 

mavjudligini baholasa, ikkinchisi esa o‘sha servislardan foydalanish darajasini baholaydi. 

Janubiy  Koreya  2008-yilda  ushbu  reytingda  elektron  hukumat  rivojlanishi  bo‘yicha 

jahonda  oltinchi,  aholi  va  biznes  vakillarining  onlayn-servislardagi  elektron  ishtiroki 

bo‘yicha  ikkinchi  o‘rinda  turgan  bo‘lsa,  u  2010-yildan  beri  har  ikkala  reytingda  ham 

yetakchilikni o‘z qo‘lida saqlab kelmoqda.[3] 

Koreyada 

elektron 

hukumatni 

rivojlantirishdagi 

eng 

yirik  loyiha   -



 www.korea.go.kr portali asosiga qurilgan G4C (government – for – citizen -  davlatdan 

fuqaroga) loyihasidir. Ushbu elektron hukumat portali fuqarolarga kerakli ma’lumotlarni 

taqdim  qilish  hamda  davlat  servislaridan  Internet  orqali  foydalanish  uchun  markaziy 

platforma vazifasini bajaradi. Mazkur G4C tizimi 2002-yilda ishga tushgan bo‘lib, 2011-

yildan  barcha  turdagi  davlat  xizmatlari  uchun  “yagona  oyna  markazi”  sifatida  faoliyat 

ko‘rsatmoqda.  

Hozirda  ushbu  “yagona  oyna  markazi”da  4  000  dan  ortiq  davlat  va  ma’muriy 

xizmatlar mavjud bo‘lib, ular yo‘nalishiga qarab 12 ta kategoriyaga bo‘lingan: 



· san’at va madaniyat 

· avtomobillar va transport 

· korporatsiyalar va iqtisodiyot 

· mudofaa va Shimoliy/Janubiy Koreya 

· ta’lim va bandlik 

· atrof-muhit 

· ko‘ngilochar va sport 

· shaxsiy va uy xo‘jaligi 

· ko‘chmas mulk 

· ijtimoiy himoya va salomatlik 

· soliqlar  

· sayohat va emigratsiya 

Har bir kategoriyaning o‘zi ham yana bir nechta kichik bo‘limlarga ajratilgan. Har 

bir  axborotdan  unga  oid  agentlik,  kerakli  hujjatlar  ro‘yxati,  anketalari,  unga  oid 

qonunchilik  haqida  ma’lumot  olish  mumkin.  Davlat  xizmatlariga  oid  ko‘pgina  ishlarni 


saytning  o‘zida  turib  bitirish  mumkin:  kerakli  hujjat  shaklini  onlayn  to‘ldirib,  xizmat 

haqqini elektron to‘lov bilan amalga oshirish mumkin.  

 

2001-yilda “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonun ham qabul qilingan. 



      Koreya  hukumatining  G4B  (government-for-business — davlatdan-biznesga)  portali 

hukumat  va  kompaniyalar  o‘rtasidagi  onlayn-ko‘prik  vazifasini  o‘taydi.  Xususan,  2009-

yildan  boshlab  ushbu  portalda  biznesni  ro‘yxatda  o‘tkazish  va  litsenziya  olish  kabi 

xizmatlar ishlab kelmoqda. 

 

Koreya  Bojxona  xizmati  1994-yildan  bojxona  ma’muriyatini  kompyuterlashtirish 



ishlarini  boshlagan  bo‘lsa,  1999-yilga  kelib  bojxona  jarayonlari  uchun  elektron  axborot 

almashinuvi  (electronic  data  interchange,  EDI)  tizimini  ishga  tushirgan.  2004-yildan 

boshlab bojxona ishi Internetga asoslangan servis asosida amalga oshiriladigan bo‘ldi. 

Hozirda  UNI-PASS  deb  nomlangan  portalda  bojxonaning  barcha  bosqichlarini -

 eksport/import tozalovi, bojxona to‘lovlarini yig‘ish, eksport/import yuklarini boshqarish 

va  qo‘shilgan  qiymat  solig‘ini  qaytarish  kabi  ishlarning  barchasini  qisqa  vaqt  ichida 

bajarish mumkin. UNI-PASS tizimi ishga tushganidan so‘ng Koreyada eksportni bojxona 

majburiyatlaridan tozalash ishlari 2 daqiqagacha, importni tozalash esa — 2,5 soatgacha, 

QQSni qaytarish — 5,2 soatgacha,  soliqlarni to‘lash — 10 daqiqagacha  qisqartirilgan.  Bu 

ko‘rsatkichlar dunyodagi eng yaxshi natijalar sanaladi. 

 

O‘zbekistonda elektron hukumat rivojlanishining bugungi holati 

 

2013-yil 1-iyul kuni O‘zbekistonda elektron hukumatni rivojlantirish uchun eng 



katta  qadam  qo‘yildi,  desam  mubolag‘a  bo‘lmaydi.  Chunki,  shu  kuni  Internet 

tarmog‘ida  my.gov.uz  manzili  bo‘yicha  Yagona  interaktiv  davlat  xizmatlari 

portali (Yagona portal) test rejimida ishga tushirildi. 

 

Yagona  portalning  shiori — “Xizmatlar  yangi  qiyofada”  deb  nomlanadi  va  bu 



onlayn tarzda  yagona  nuqta orqali  davlat  interaktiv  xizmatlarini taqdim etish  ma’nosini 

bildiradi. 

 

Hozirgi kunda Yagona portal orqali test rejimida 20 xil yo‘nalishda 100 dan ortiq 



interaktiv  davlat  xizmatlari  taqdim  etilgan.  Aholi  tomonidan  yana  100  ga  yaqin  xizmat 

turlarini qo‘shish taklifi tushgan. 

 

 

Koreya tajribasini O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari 



 

Koreyaning elektron hukumatni rivojlantirishdagi tajribasini O‘zbekiston sharoitida 

qo‘llab  bo‘ladimi?  Bu  savolga  javob  berish  uchun  ayrim  ma’lumotlarni  solishtirib 

ko‘raylik. 

       

Koreya  mamlakatda  elektron  hukumatni  rivojlantirishni  boshlagan  2001-yilda 



aholini  Internet  bilan  qamrab  olish  darajasi  60  foiz  bo‘lgan.  boshqacha  qilib 

aytganda,  Koreya  hukumati  global  tarmoqdan  foydalanish  uchun  aholisining  ortidan 

ergashgan. Bugungi kunda O‘zbekistondagi vaziyat esa umuman boshqacha. 

     


O‘zbekistonda Internet qamrovi atigi 35 foiz atrofida. Bundan tashqari, bu boradagi 

yillik o‘sishning katta qismi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keladi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Aloqa,  axborotlashtirish  va  telekommunikatsiya 



texnologiyalari  davlat  qo‘mitasi  ma’lumotlariga  ko‘ra,  2013-yil  1-aprel  holatiga 

(afsuski, 

bundan 

yangiroq 



ma’lumotni 

topishning 

ilojisi 

bo‘lmadi) 

mamlakatimizdagi Internet foydalanuvchilari soni 10 million kishidan oshib ketdi. 


Bunda,  ularning  qariyb  60-65  foizi  mobil  internetdan,  qolganlari  esa  statsionar 

internetdan foydalanadi. 

Aholining katta qismi nafaqat Internet nimaligini bilmaydi, balki elektron hujjatlar 



bilan  ishlash  tajribasiga  ham  ega  emas.  Ko‘pchilik  uchun  Internet  tushunchasi 

Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i bilan boshlanib, u bilan tugaydi. Shunday sharoit 

ostida elektron hukumatni rivojlantirish maqsadga muvofiqmi? 

Biroq, vaziyat juda tez o‘zgarib bormoqda. Yangi tendensiya - aholi o‘rtasida mobil 



internetdan  foydalanishning  keng  tarqalishi  hamda  mobil  qurilmalar  narxining 

butun dunyo bo‘ylab pasayishi. Agarda bundan 5 yil avval smartfonlar qimmatbaho 

buyum  sifatida  qaralgan  bo‘lsa,  hozirda  hatto  100-150  dollarga  ham  yaxshigina 

smartfon  yoki  planshet  kompyuter  sotib  olish  mumkin.  Umid  qilamanki,  yaqin 

kelajakda  O‘zbekistonda  ham  davlat  tomonidan  taqdim  qilinayotgan  elektron 

xizmatlardan foydalanishga tayyor Internet foydalanuvchilari soni oshib boradi. 

Ammo, shu o‘rinda mavjud muammolarni aytib o‘tishim ham lozim. Birinchidan, 



hukumat idoralarning o‘z veb-saytlarini qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan munosabati 

haliyam “sovuqligicha” qolmoqda. Ikkinchidan, veb-saytlardagi  ma’lumotlar tez-

tez yangilanmaydi yoki yuzaki yangilanadi. 

Hozirda elektron xizmatlar sonini oshirib borayotgan hukumat organlariga Aloqa, 



axborotlashtirish  va  telekommunikatsiya  texnologiyalari  qo‘mitasi,  Davlat  soliq 

qo‘mitasidir, Davlat statistika qo‘mitasi kabilarni misol qilib keltirishimiz mumkin. 

 Elektron  hukumat,  bu   -   shunchaki  har  bir  davlat  idorasining  veb-saytini 



yaratishdan  iborat  emas.  Buning  uchun  davlatning  barcha  “mashinasi”  elektron 

shaklda ishlashi lozim. Odatda, biznesda keng qo‘llaniladigan korxona resurslarini 

boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi (enterprise resource planning, ERP) yoki 

mijozlar  bilan  o‘zaro  aloqalarni  boshqarish  tizimi  (customer  relationship 

management, CRM) kabi texnologiyalardan davlat boshqaruvida ham foydalanishni 

joriy qilish talab etiladi. 

 O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2012-yil  21-martda  qabul  qilingan 



“Zamonaviy  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini  yanada  kengroq  joriy 

qilish  va  rivojlantirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  qarori  hamda  “2012-2014 

yillarda  zamonaviy  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini  yanada  keng  joriy 

etish  va  rivojlantirish  dasturi”ni  amalga  oshirish  bugungi  kundagi  eng  dolzarb 

masalalardan  biri  sanaladi.  Ushbu  qarorda  2012-2014  yillar  mobaynida 

O‘zbekistonda AKT sohasini rivojlantirishning asosiy vazifalari belgilab berilgan. 

Qarorga  muvofiq,  bu  yillar  mobaynida  davlat  organlari,  yuridik  va  jismoniy 



shaxslarning axborot tizimlarini bosqichma-bosqich ravishda yagona Milliy axbrot 

tizimiga  integratsiya  qilish  masalasi  ko‘zda  tutilgan.  Davlat  organlari  tomonidan 

tadbirkorlik subyektlari va aholiga taqdim qilinadigan interaktiv xizmatlarning soni 

va  sifatini  oshirish  hamda  ularning  mazkur  axborot  tizimlaridan  foydalanish 

imkoniyatlarini ta’minlash darajasini oshirish ham e’tiborga olingan. 

Ushbu  qaror  asosida  “2012-2014  yillarda  O‘zbekiston  Respublikasida  axborot-

kommunikatsiya  texnologiyalarini  yanada  kengroq  joriy  etish  va  rivojlantirish”  dasturi 

ham  qabul  qilindi.  Bunda  O'zbekiston  Respublikasi  Axborot  texnologiyalari  va 

kommunikatsiyalarini  rivojlantirish  vazirligi  qoshida  tashkil  etilgan  UZINFOCOM 

Kompyuter  va  axborot  texnologiyalarini  rivojlantirish  va  joriy  etish  markazi  zimmasiga 



asosiy vazifalar yuklangan. 

 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling