O’zbekiston respublikasi davlat bojxona qo’mitasi bojxona instituti
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
5e846f54205759.37115155
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO’MITASI BOJXONA INSTITUTI «MATEMATIKA VA GUMANITAR FANLAR» KAFEDRASI BOJXONADA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI ASOSLARI fani bo‘yicha
MA’RUZA MATNLARI Toshkent U.Hamroyev Bojxonada axborot texnologiyalari asoslari fanidan ma’ruza mantlari 2019 y. – 227 b.
D.Maksumov – DBQ “Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari” boshqarmasi boshlig‘i, bojxona xizmati podpolkovnigi
Muallif tomonidan qator yillar davomida O’zR DBQ Bojxona institutining «Bojxona ishi» fakultetida ikki semestr davomida o‘qilayotgan “Bojxonada аxborot texnologiyalari asoslari” kursi ma’ruza matnlariga III-, IV-semestrlari uchun asos qilib olingan. Ma’ruza mantlari to‘plamida quyidagi mavzular yoritib berilgan: Kursantlarni kompyuterlarning dasturiy ta'minotlari, zamonaviy operatsion tizimlari, matn va jadval ko‘rinishidagi axborotlarni qayta ishlash dasturlari imkoniyatlari bilan tanishtirish, ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari va ular bilan ishlash, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarining tuzilishi va turkumlanishi, kompyuter tarmoqlarida, jumladan lokal, korporativ va internet tarmoqlarida ishlash uchun amaliy ko‘nikmalarni egallash, Web resurslari bilan ishlash, ularda axborot xavfsizligini ta'minlash, Elektron hukumat tizimlari, interaktiv xizmatlar va ularning tasnifi, Elektron tijorat tizimlari, elektron raqamli imzo, masofaviy ta'lim tizimlari, muammoga yo‘naltirilgan amaliy dasturlar va ular bilan amaliy ishlash ko‘nikmalarini hosil qilishdan iborat
Ushbu ma’ruza matnlari to‘plami Bojxona instituti kursantlari, axborot texnologiyalari sohasidagi bilim-malakalarini oshirish uchun kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
Mazkur ma’ruzalar to‘plami «Matematika va gumanitar fanlar» kafedrasi (2019 yil __ avgust 1-sonli bayonnoma) da muhokama etilgan va «Bojxona ishi» fakulteti Ilmiy- uslubiy kengashi (2019 yil __ avgust __-sonli bayonnoma) da tavsiya etilgan tasdiqlangan. Ma’ruza №12. Elektron hukumat tushunchasi. O‘zbekistonda Elektron hukumat tizimida bojxona organlarining o‘rni
Reja: 1. O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya tarmoqlaridagi islohotlar 2. Elektron hukumat tushunchasi 3. O‘zbekiston Respublikasi Elektron hukumati tizimi va uning loyihalari 4. Koreya elektron hukumat tizimi.
So‘nggi yillarda Respublikamizda axborot-kommunikatsiya tarmoqlaridagi islohotlar: aloqa va axborotlashtirish sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan me'yoriy- huqukiy baza takomillashmoqda; telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishda ham bir qator yutuqlarga erishildi; Internet bozori va axborot-kommunikatsion tizim sohasi tez sur'atlar bilan rivojlanmoqda; Internet tarmog‘idagi axborot resurslarini rivojlantirish choralari ko‘rilmoqda; Axborot-kommunikatsiya sohasida kadrlarni tayyorlash ishlari takomillashtirilmoqda.
- Boshqa organlar bilan elektron axborot almashinuvi ta'minoti; - Davlat boshqaruvida samaradorlikni oshirish; - Davlat boshqaruviga ketadigan xarajatlarni pasaytirish; - Davlat hokimiyati bilan fuqarolar va ho‘jalik sub'ektlari o‘rtasidagi munosabatni yaxshilaydi; - O‘zbekiston Respublikasi Davlati bojxona qo‘mitasiga tartiblarni soddalashtirgan holda elektron shaklda bojxona deklaratsiyalarini rasmiylashtirish tizimini takomillashtirish hamda elektron hukumat doirasida “Bojxona” Axborot tizimlari kompleksi bilan integratsiya qilish.
Elektron hukumat to‘g‘risidagi qonun 1. 2015 yil 18 noyabrda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilindi; 2. 2015 yil 3 dekabrda Senat tomonidan ma'qullangan; 3. 2015 yil 9 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov “Elektron hukumat to‘g‘risidagi” qonunga imzo chekdi. Elektron hukumat /e-government/ – ma'lumotlarni elektron ko‘rinishda qayta ishlash, uzatish va tarqatish asosida davlat boshqaruvini amalga oshirish tizimidir. Elektron hukumat boshqaruv faoliyatidagi ichki va tashqi aloqalarni, jarayonlarni zamonaviy axborot – kommunikatsiya texnologiyalari asosida qo‘llab-quvvatlashni ta'minlaydigan hukumatdir. Elektron hukumat davlat hukumat boshqaruvining yangi shakli bo‘lib, unda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda fuqarolar
(pensionerlar, ishchi-xizmatchilar, ishbilarmonlar, davlat xizmatchilari va boshqalarga) va tashkilotlar uchun davlat organlari faoliyati natijalari haqida qulay usulda tezkor, sifatli va ishonchli axborot xizmatlari ko‘rsatish amalga oshiriladi. Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 25-yanvar 18-sonli qarori bilan, davlat boshqaruvining samaradorligi va yuridik hamda jismoniy shaxslarga interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatining oshirilishini ta'minlovchi «Elektron hukumat» tizimini shakllantirish alohida ustuvor vazifa qilib belgilandi. Qolaversa, mazkur qarorda «Elektron hukumat» tushunchasiga, O‘zbek tilida rasmiy tushuntirish – ta'rif berildi:
Elektron hukumatga o‘tishdan asosiy maqsad: Aholiga xizmatlar sifatini oshirish Hukumatning fuqarolar va buyurtmachilar uchun ochiq-oydin ish olib borishini takomillashtirish Hukumat, fuqarolar va xo‘jalik sub'ektlari o‘rtasida axborot almashinuvini ta'minlash Ma'muriy xarajatlarni kamaytirish. Elektron hukumatning vazifalari : axborotlarni elektron ko‘rinishda ayirboshlash va tarqatish tezkorligi darajasining o‘sishi hisobiga davlat funksiyalarini bajarish samaradorligi va tezkorligini oshirish; so‘rovlarni puxta ishlash hamda yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha davlat funksiyalari ijro etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish; idoralarning yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorligi darajasini oshirish; idoralarning yuridik va jismoniy shaxslar hamda boshqa davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligiãà sarflanadigan chiqimlarni qisqartirish; aholining davlat boshqaruvida yanada faol ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida idoralar faoliyatining ochiq-oshkoraligi darajasini oshirish; axborot ayirboshlashning yangi mexanizmlariga o‘tish. Elektron Hukumatning klassik modeli : G2C - government to citizens, davlat organlari bilan fuqarolar o‘rtasida axborot ayirboshlash; G2B - government to business, davlat organlari bilan tijorat sohasi faoliyat ko‘rsatayotgan xususiy kompaniyalar, ishbilarmonlar o‘rtasida axborot ayirboshlash; G2G - government to government, davlat organlari bilan davlat organlari o‘rtasida axborot ayirboshlash; G2E – government to employee, davlat organlari bilan uning xodimlari o‘rtasida axborot ayirboshlash; G2F - government to foreign “Davlat-chet el fuqarosiga” va boshqa modellari yaratilmoqda. Asosiy davlat axborot xizmatlari ko‘lami quyyidagi toifalarga ajratiladi : Davlat – fuqarolar modeli bo‘yicha (G2C) 1. Shaxsiy to‘lovlarni amalga oshirish – daromad solig‘i, yer solig‘i, kommunal xizmatlar to‘lovlari va shu kabilar. 2. Ijtimoiy ta'minot xizmatlar. 3. Guvohnomalarni rasmiylashtirish (tug‘ilganlik haqida, nikohdan o‘tganlik haqida). 4. Shaxsiy hujjatlarni rasmiylashtirish (pasport va haydovchilik guvohnomalarini). 5. Mulkni ro‘yxatga olish (harakatlanuvchi va ko‘chmas mulkni) va ular ustida operatsiyalar bajarish. 6. Fuqarolarni doimiy yoki vaqtincha yashash manzillari bo‘yicha ro‘yxatga olish, manzil o‘zgargan holda tegishli ma'lumotlarni qayd kilish. 7. Mehnat birjalarida bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma'lumotlar berish. 8. Qurilish ob'ektlariga ruxsat olishni rasmiylashtirish. 9. Sog‘liqni saqlash sohasida malakali maslahatlar olish, shifokorlar qabuliga yozilish. 10. Oliy o‘quv yurtlariga qabul masalalari bo‘yicha ma'lumotlar olish va shu kabilar. Davlat - tijorat modeli bo‘yicha (G2B) 1. Kompaniya va firmalarni ro‘yxatga olish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish. 2. Loyiha hujjatlarini mutasaddi davlat organlari bilan muvofiqlashtirish, ruxsat olish (ekologiya, qurilish, tabiiy resurlardan foydalanish sohasida). 3. Davlat litsenziyalarini olish va muddatini uzaytirish. 5. Majburiy korporativ to‘lovlarni byudjetga (korporativ daromad solig‘ini, qo‘shimcha qiymat solig‘ini, transport solig‘ini, yer solig‘ini va boshqa turdagi to‘lovlarni) byudjetdan tashqari fondlarga o‘tkazish. 6. Eksport-import operatsiyalari bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish.
7. Statistik hisobotlarni rasmiylashtirish.
Shuningdek elektron hukumat modeliga quyidagi: - Fuqarolarning davlat axborot resurslariga erkin murojaat qilishlarini ta'minlovchi; - Davlat organlarida ish yuritishning qog‘ozsiz texnologiyalarini joriy etuvchi; - Barcha davlat organlarining yil davomidagi faoliyati ko‘rsatkichlarini fuqaro va parlament tomonidan kuzatish va boshqarishni ta'minlovchi; - Davlat organlari bilan tijorat kompaniyalari o‘rtasida oldi-sotdi transaksiyalarini amalga oshiruvchi va shu kabi qator foydali amaliy elementlar ham kiradi.
xizmatlari sonini oshirish va davlat xizmatlarini taqdim etuvchi joriy tizimni optimallashtirish) Turli sohalar bo‘yicha axborot tizimlari majmuini yaratish (Xarid, Soliq, Bojxona, Litsenziya, Byudjet, Ta'lim, Kommunal, Adliya-2, Davlat boshkaruvi, Nafaka)
tajribasiga mavjud amaliyotga ko‘ra, u ikki o‘zaro bog‘langan, lekin funksional jihatdan mustaqil qismlardan, - Hukumat Intranetidan - tashqi infratuzilmadan tarkib topgan.
davlat tuzilmalari tomonidan davlat korporativ vazifalarini amalga oshirishdagi o‘zaro munosabatlarda foydalaniladi.
Tashqi infratuzilma, davlatni fuqarolar (G2C) va tashkilotlar (G2B) bilan o‘zaro ishlashini ta'minlaydigan ommaviy axborot infratuzilmasini qamrab oladi. Davlat bojxona qo‘mitasining integratsiya jarayoni Davlat
boshqaruvida AKTni
rivojlantirishning navbatdagi bosqichi foydalanuvchilarga va fuqarolarga hukumatning bazaviy tartib-qoidalari va funksiyalari integratsiyasining faqat yangi shakllari orqali (va shu sababli o‘zgartirish orqali) amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan xizmatlarni taqdim etish uchun Internetdan va yangi texnologiyalardan foydalanish usullarini izlashga urinishni namoyish qilishdir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot
tizimlari telekommunikatsiya masalalari Kompleksi majlisining 2015 yil 8 apreldagi 1-son bayoni (2015 yil 02-08-08-8-son) bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlati bojxona qo‘mitasiga tartiblarni soddalashtirgan holda elektron shaklda bojxona deklaratsiyalarini rasmiylashtirish tizimini takomillashtirish hamda elektron hukumat doirasida “Bojxona” Axborot tizimlari kompleksi bilan integratsiya qilish vazifalari belgilab berilgan. Ushbu vazifa ijrosini ta'minlash maqsadida Elektron shaklda
bojxona deklaratsiyalarini rasmiylashtirish tizimini takomillashtirish hamda elektron hukumat doirasida “Bojxona” Axborot tizimlari kompleksi bilan integratsiya qilish bo‘yicha tarmoq jadvali loyihasi ishlab chiqilib, “Elektron xukumat” tizimini rivojlantirish markaziga taqdim qilinib Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga integratsiya qilingan bilan kelishildi. • “Elektron hukumat” tizimini joriy qilishning istiqbolli rejalari doirasida 2014-2016 yillarda idoralararo integratsiyalashgan platformani yaratish loyihasi amalga oshiriladi. Bu platforma barcha davlat organlari axborot tizimlarini birlashtiradi, aholiga ma'lumot olish, ariza topshirish va boshqa xizmatlardan foydalanish bo‘yicha idoralar o‘rtasida ma'lumot almashishga xizmat qiladi. (DBQning hujjatlari) • Davlat organlarining aholi va tadbirkorlik sub'ektlari bilan o‘zaro axborot almashinuvlari, muloqotlari, shuningdek bir qator davlat xizmatlarini ko‘rsatish 2013 yilda ishga tushirilgan Yagona portal orqali amalga oshirilmoqda. • Dasturga muvofiq, “elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiya qilish maqsadida ochiq kalitlar bazasida Yagona identifikatsiya tizimini yaratildi. (ID.UZ - identifikatsiya markazi). • Jismoniy va yuridik shaxslar, transport, kadastr, ko‘chmas mulk, ma'lumot va klassifikatorlar jam qilingan milliy ma'lumotlar bazasi va reestri, axborot tizimlarini rivojlantirish “elektron hukumat”ni samarali etishning muhim bosqichi hisoblanadi. • Shundan so‘ng, aholi va tadbirkorlarga davlat organlari xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish, davlat organlariga o‘z faoliyatlarini optimallashtirish, samaradorligini oshirish imkoniyati yaratiladi. • 2013-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish dasturi O‘zbekistonda axborot jamiyatini yanada rivojlantirish, mamlakatning jahon axborot makoniga yanada integratsiyalashuvida yangidan-yangi imkoniyatlarning yaratilishida muhim huquqiy hujjat bo‘lib xizmat qiladi.
Elektron hukumat tizimini rivojlantirish markazi (egovernment.uz) Elektron hukumat o‘quv markazini tashkil etish (davlat xodimlarini, shuningdek, aholining keng ko‘lamini va tadbirkorlik sub'ektlarini uzluksiz ta'limini tashkil etish) “Elektron hukumat haqida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarini ishlab chiqish (Infrastruktura, axborot tizimlari majmui integratsiyasi va davlat tashkilotlarining ma'lumotlar bazasi talablarini aniqlash) Elektron hukumatni qo‘llab quvvatlovchi mahalliy markazlarini tashkil etish (Elektron hukumat xizmatlari aholiga taqdim etish shart sharoitlarini bilan ta'minlash)
Hozirgi kunda Yagona portal quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi: • davlat organlari va xizmatlari haqidaãè ma'lumotlarni olish; • davlat xizmatlarini olish uchun lozim bo‘lgan murojaat va boshqa hujjatlarni elektron shaklda to‘ldirish; • davlat xizmatini ko‘rsatish uchun murojaat yo‘llash; • davlat xizmatini ko‘rsatish uchun yo‘llangan murojaatni ko‘rib chiqish jarayoni haqidagi ma'lumotlarni olish; • davlat xizmatlari natijalarini olish; • tadbirkorlik sub'ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va h.k. • Bugungi kunda, 300 dan ortiq davlat muassasalari va tashkilotlari Yagona portalga ulangan va portal orqali 150 dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda.
UZINFOCOM Markazining oldiga kompyuterlashtirishni rivojlantirish va AKTni iqtisodiyotning barcha tarmoqlari, boshqaruv va ijtimoiy sohalarga joriy etish bo`yicha milliy dasturning strategik yo`nalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, O`zbekiston aholisining axborotga bo`lgan ehtiyojini qondirish va uning jahon axborot hamjamiyatiga kirishida yordam ko`rsatish bo`yicha vazifalar qo`yilgan. UZINFOCOM Markazi boshqaruv organlari, byudjet tashkilotlari va xususiy biznes vakillariga kompyuterlashtirish va axborot texnologiyalarini joriy etish bo`yicha keng ko`lamli axborot, servis va konsalting xizmatlarini ko`rsatadi. Bular: Elektron hukumatni rivojlantirish va joriy etish masalalari; Ta’lim sohasida AKTni joriy etish; Internetning milliy segmentini rivojlantirish; To`laqonli ERP va CRM tizimlarini yaratish, tashkilotlarning boshqaruv va bizness jarayonlarini avtomatlashtirish. Janubiy Koreyada elektron hukumatning rivojlanish bosqichlari
Janubiy Koreya elektron hukumatni rivojlantirishda ulkan muvaffaqiyatga erishgan davlat hisoblanadi. U Birlashgan Millatlar Tashkilotining elektron hukumat institutlarining hamda aholining davlat boshqaruvidagi elektron ishtirokining rivojlanganlik darajasi bo‘yicha reytingida birinchi o‘rinda turadi. Shuning uchun ham uning tajribasi so‘nggi yillarda ko‘plab tadqiqotchilarning diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. Janubiy Koreyada elektron hukumatni shakllantirish bo‘yicha tashabbus 2001-yilda yuridik kuchga ega bo‘ldi. Mamlakatda elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur hukumat organlarining ishida samardorlikni oshirishga qaratilgan bo‘lib, u uch bosqichda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan. - Birinchi bosqichda (2001-2003) kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning natijasida Koreyaning hukumat organlari tashqi dunyo bilan Internet orqali uchta asosiy yo‘nalishda - G2C (davlatdan-fuqaroga), G2B (davlatdan-biznesga) va G2G (davlatdan-davlatga) sxemalari bo‘yicha aloqa qila boshladi. Bundan tashqari, davlat boshqaruvi tizimida idoralararo elektron aloqalarni ta’minlashga qaratilgan informatsion-texnologik arxitektura ham ishlab chiqilgan. Unda, xususan, elektron hujjat aylanishi, elektron raqamli imzo va boshqa texnologiyalar faol qo‘llanilgan. Umumiy hisobda, birinchi bosqich uchun jami 225 million AQSH dollari miqdorida mablag‘ sarflangan. Natijada, Koreya raqamli imkoniyatlar indeksi bo‘yicha jahonda 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Ikkinchi bosqichda (2003-2007) Koreya hukumati o‘z oldiga ancha katta maqsadni qo‘ygan — dunyo davlatlari ichida nisbatan ochiq va shaffof elektron hukumatni shakllantirish. Koreyaning “Elektron hukumat qurishning milliy asoslari va tamoyillari” nomli dasturiga muvofiq to‘rtta sohaga oid loyihalar ishga tushirilgan - davlat boshqaruvi organlarining ko‘rsatish - davlat xizmatlarini ko‘rsatish - axborot resurslarini boshqarish - qonun ijodkorligi tizimi
Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun jami 981 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ sarflangan. Natijalar kutilganidan ham a’lo darajada bo‘lgan. 2007-yilga kelib Koreyada markaziy boshqaruv organlarining 55 foizida davlat apparatining 96,6 foiz xodimlari axborotlarni qayta ishlashning milliy elektron tizimi — “On-Nara” (koreyscha, onlayn mamlakat) tizimidan foydalanishga o‘tgan. Buning natijasi o‘laroq, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish muddati 30-44 kundan 7-13 kungacha qisqargan. Davlat tuzilmalarida ma’lumotlarni qayta ishlashning innovatsion tizimi — “On-Nara” 2007-
yildan to‘liq ishga tushgan bo‘lib, uning oldiga quyidagi maqsadlar qo‘yilgan: · ma’lumotlarni qayta ishlash va almashish doirasida barcha boshqaruv jarayonlarini standartlashtirish; · davlat organlarining markazlashmagan operatsiyalarini boshqarishni yagona tizimga solish; · tizim ishtirokchilari o‘rtasida axborotlarni almashish va tarqatishni ta’minlovchi turli jarayonlarni o‘zaro bog‘lash va bir-biriga integratsiya qilish. Janubiy Koreyada hozirda deyarli barcha davlat xaridlari veb-texnologiyalar yordamida amalga oshiriladi — tenderlarning 93 foizi va onlayn-xaridlarning 99,6 foizi. Davlat instansiyalariga tovar va xizmatlarni yetkazib berishda elektron shaklga o‘tish natijasida har yili 4,8 milliard dollar mablag‘ tejalmoqda. Chunki, barcha tender takliflari veb-saytdagi maxsus kompyuter dasturi vositasida ko‘rib chiqiladi va baholanadi, bu tenderning qanchalik ochiq va shaffof ekanligini ko‘rsatib beradi. Tashqi savdoda eksport bo‘yicha bojxona deklaratsiyalarini ko‘rib chiqish uchun ketadigan vaqt 1 kundan 2 daqiqagacha, import bo‘yicha esa — 2,5 kundan 1,5 soatgacha qisqartirilgan. Bu esa, yiliga 2,5 milliard dollar mablag‘ni tejash imkonini bermoqda. Umumiy hisobda, Janubiy Koreyada elektron hukumatni joriy etish ortidan har yili 10 milliard dollardan ortiq mablag‘ tejab qolinmoqda 2008-yildan uchinchi bosqich boshlangan. Bu bosqichda asosiy e’tibor barcha mavjud tizimlar va turli darajadagi elektron hukumatlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va ularni bir-biriga integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan. Bu fuqarolarga va kompaniyalarga kompleks davlat xizmatlarini taqdim qilish imkonini beradi. Ushbu bosqichda Koreya Respublikasi boshqa davlatlarga (jumladan, Ekvador, Indoneziya, Bangladesh, Shri-Lanka, Mali) elektron hukumatni shakllantirish uchun texnologik yechimlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma ham tuzgan. Bungacha, 2004- yildan boshlab Janubiy Koreyada elektron hukumat uchun ishlab chiqilgan texnologiyalarni import qiluvchi asosiy davlat Yaponiya bo‘lgan. Janubiy Koreya hukumati turli sohalarda axborot texnologiyalarni qo‘llash borasida ilg‘or davlatlar qatoriga kiradi. Mamlakatda, bir so‘z bilan aytganda, bojxona ishidan tortib to intellektual mulk masalalarigacha avtomatlashtirilgan tizimga o‘tgan. Shuning uchun ham u hozirda dunyoda elektron hukumatning rivojlanish darajasi bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2002-yildan beri dunyodagi 192 ta davlat uchun elektron hukumat rivojlanishi indeksi (inglizcha “e-Government Development Index”) va elektron ishtirok indeksini (inglizcha “e-Participation Index”) hisoblab, bu bo‘yicha yillik reytingni e’lon qiladi. Bunda birinchi indeks mamlakatdagi milliy onlayn-servislarning mavjudligini baholasa, ikkinchisi esa o‘sha servislardan foydalanish darajasini baholaydi. Janubiy Koreya 2008-yilda ushbu reytingda elektron hukumat rivojlanishi bo‘yicha jahonda oltinchi, aholi va biznes vakillarining onlayn-servislardagi elektron ishtiroki bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turgan bo‘lsa, u 2010-yildan beri har ikkala reytingda ham yetakchilikni o‘z qo‘lida saqlab kelmoqda.[3] Koreyada elektron hukumatni rivojlantirishdagi eng yirik loyiha - www.korea.go.kr portali asosiga qurilgan G4C (government – for – citizen - davlatdan fuqaroga) loyihasidir. Ushbu elektron hukumat portali fuqarolarga kerakli ma’lumotlarni taqdim qilish hamda davlat servislaridan Internet orqali foydalanish uchun markaziy platforma vazifasini bajaradi. Mazkur G4C tizimi 2002-yilda ishga tushgan bo‘lib, 2011- yildan barcha turdagi davlat xizmatlari uchun “yagona oyna markazi” sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. Hozirda ushbu “yagona oyna markazi”da 4 000 dan ortiq davlat va ma’muriy xizmatlar mavjud bo‘lib, ular yo‘nalishiga qarab 12 ta kategoriyaga bo‘lingan: · san’at va madaniyat · avtomobillar va transport · korporatsiyalar va iqtisodiyot · mudofaa va Shimoliy/Janubiy Koreya · ta’lim va bandlik · atrof-muhit · ko‘ngilochar va sport · shaxsiy va uy xo‘jaligi · ko‘chmas mulk · ijtimoiy himoya va salomatlik · soliqlar · sayohat va emigratsiya Har bir kategoriyaning o‘zi ham yana bir nechta kichik bo‘limlarga ajratilgan. Har bir axborotdan unga oid agentlik, kerakli hujjatlar ro‘yxati, anketalari, unga oid qonunchilik haqida ma’lumot olish mumkin. Davlat xizmatlariga oid ko‘pgina ishlarni
saytning o‘zida turib bitirish mumkin: kerakli hujjat shaklini onlayn to‘ldirib, xizmat haqqini elektron to‘lov bilan amalga oshirish mumkin.
2001-yilda “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonun ham qabul qilingan. Koreya hukumatining G4B (government-for-business — davlatdan-biznesga) portali hukumat va kompaniyalar o‘rtasidagi onlayn-ko‘prik vazifasini o‘taydi. Xususan, 2009- yildan boshlab ushbu portalda biznesni ro‘yxatda o‘tkazish va litsenziya olish kabi xizmatlar ishlab kelmoqda.
Koreya Bojxona xizmati 1994-yildan bojxona ma’muriyatini kompyuterlashtirish ishlarini boshlagan bo‘lsa, 1999-yilga kelib bojxona jarayonlari uchun elektron axborot almashinuvi (electronic data interchange, EDI) tizimini ishga tushirgan. 2004-yildan boshlab bojxona ishi Internetga asoslangan servis asosida amalga oshiriladigan bo‘ldi. Hozirda UNI-PASS deb nomlangan portalda bojxonaning barcha bosqichlarini - eksport/import tozalovi, bojxona to‘lovlarini yig‘ish, eksport/import yuklarini boshqarish va qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish kabi ishlarning barchasini qisqa vaqt ichida bajarish mumkin. UNI-PASS tizimi ishga tushganidan so‘ng Koreyada eksportni bojxona majburiyatlaridan tozalash ishlari 2 daqiqagacha, importni tozalash esa — 2,5 soatgacha, QQSni qaytarish — 5,2 soatgacha, soliqlarni to‘lash — 10 daqiqagacha qisqartirilgan. Bu ko‘rsatkichlar dunyodagi eng yaxshi natijalar sanaladi.
2013-yil 1-iyul kuni O‘zbekistonda elektron hukumatni rivojlantirish uchun eng katta qadam qo‘yildi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki, shu kuni Internet tarmog‘ida my.gov.uz manzili bo‘yicha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (Yagona portal) test rejimida ishga tushirildi. Yagona portalning shiori — “Xizmatlar yangi qiyofada” deb nomlanadi va bu onlayn tarzda yagona nuqta orqali davlat interaktiv xizmatlarini taqdim etish ma’nosini bildiradi. Hozirgi kunda Yagona portal orqali test rejimida 20 xil yo‘nalishda 100 dan ortiq interaktiv davlat xizmatlari taqdim etilgan. Aholi tomonidan yana 100 ga yaqin xizmat turlarini qo‘shish taklifi tushgan.
Koreyaning elektron hukumatni rivojlantirishdagi tajribasini O‘zbekiston sharoitida qo‘llab bo‘ladimi? Bu savolga javob berish uchun ayrim ma’lumotlarni solishtirib ko‘raylik.
Koreya mamlakatda elektron hukumatni rivojlantirishni boshlagan 2001-yilda aholini Internet bilan qamrab olish darajasi 60 foiz bo‘lgan. boshqacha qilib aytganda, Koreya hukumati global tarmoqdan foydalanish uchun aholisining ortidan ergashgan. Bugungi kunda O‘zbekistondagi vaziyat esa umuman boshqacha.
O‘zbekistonda Internet qamrovi atigi 35 foiz atrofida. Bundan tashqari, bu boradagi yillik o‘sishning katta qismi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keladi. - O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2013-yil 1-aprel holatiga (afsuski, bundan yangiroq ma’lumotni topishning ilojisi bo‘lmadi) mamlakatimizdagi Internet foydalanuvchilari soni 10 million kishidan oshib ketdi.
Bunda, ularning qariyb 60-65 foizi mobil internetdan, qolganlari esa statsionar internetdan foydalanadi. - Aholining katta qismi nafaqat Internet nimaligini bilmaydi, balki elektron hujjatlar bilan ishlash tajribasiga ham ega emas. Ko‘pchilik uchun Internet tushunchasi Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i bilan boshlanib, u bilan tugaydi. Shunday sharoit ostida elektron hukumatni rivojlantirish maqsadga muvofiqmi? - Biroq, vaziyat juda tez o‘zgarib bormoqda. Yangi tendensiya - aholi o‘rtasida mobil internetdan foydalanishning keng tarqalishi hamda mobil qurilmalar narxining butun dunyo bo‘ylab pasayishi. Agarda bundan 5 yil avval smartfonlar qimmatbaho buyum sifatida qaralgan bo‘lsa, hozirda hatto 100-150 dollarga ham yaxshigina smartfon yoki planshet kompyuter sotib olish mumkin. Umid qilamanki, yaqin kelajakda O‘zbekistonda ham davlat tomonidan taqdim qilinayotgan elektron xizmatlardan foydalanishga tayyor Internet foydalanuvchilari soni oshib boradi. - Ammo, shu o‘rinda mavjud muammolarni aytib o‘tishim ham lozim. Birinchidan, hukumat idoralarning o‘z veb-saytlarini qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan munosabati haliyam “sovuqligicha” qolmoqda. Ikkinchidan, veb-saytlardagi ma’lumotlar tez- tez yangilanmaydi yoki yuzaki yangilanadi. - Hozirda elektron xizmatlar sonini oshirib borayotgan hukumat organlariga Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasidir, Davlat statistika qo‘mitasi kabilarni misol qilib keltirishimiz mumkin. - Elektron hukumat, bu - shunchaki har bir davlat idorasining veb-saytini yaratishdan iborat emas. Buning uchun davlatning barcha “mashinasi” elektron shaklda ishlashi lozim. Odatda, biznesda keng qo‘llaniladigan korxona resurslarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi (enterprise resource planning, ERP) yoki mijozlar bilan o‘zaro aloqalarni boshqarish tizimi (customer relationship management, CRM) kabi texnologiyalardan davlat boshqaruvida ham foydalanishni joriy qilish talab etiladi. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-martda qabul qilingan “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda “2012-2014 yillarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada keng joriy etish va rivojlantirish dasturi”ni amalga oshirish bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri sanaladi. Ushbu qarorda 2012-2014 yillar mobaynida O‘zbekistonda AKT sohasini rivojlantirishning asosiy vazifalari belgilab berilgan. - Qarorga muvofiq, bu yillar mobaynida davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning axborot tizimlarini bosqichma-bosqich ravishda yagona Milliy axbrot tizimiga integratsiya qilish masalasi ko‘zda tutilgan. Davlat organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari va aholiga taqdim qilinadigan interaktiv xizmatlarning soni va sifatini oshirish hamda ularning mazkur axborot tizimlaridan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash darajasini oshirish ham e’tiborga olingan. Ushbu qaror asosida “2012-2014 yillarda O‘zbekiston Respublikasida axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy etish va rivojlantirish” dasturi ham qabul qilindi. Bunda O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qoshida tashkil etilgan UZINFOCOM Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi zimmasiga asosiy vazifalar yuklangan. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling