O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti tarkibi va uni takomillashtirish yo’llari. Reja


Byudjet daromadlari va xarajatlari


Download 470.12 Kb.
bet3/11
Sana06.04.2023
Hajmi470.12 Kb.
#1277461
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Davlat byudjeti

Byudjet daromadlari va xarajatlari.

Byudjet daromadlari davlatni markazlashtirilgan moliyaviy resurslarining bir qismi bo'lib, davlat funksiyalarini bajarish uchun zarurdir. Ular pul mablag'lari fondlarini shakllantirish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlarni o'zida ifoda etadi va turli darajadagi hokimiyat organlarining ixtiyoriga kelib tushadi4.
Qayd etilganlarni inobatga olgan holda unga byudjet daromadlarining ma'no-mazmunini ifodalovchi quyidagi ta'ritlarni berish mumkin: pul mablag'lari fondlarini shakllantirish jarayonida vujudga keluvchi iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlarni o'zida ifoda etadigan, hokimiyat organlarining turli darajalari ixtiyoriga kelib tushadigan,
davlatning funksiyalarini bajarish uchun zarur bo'lgan davlat markazlashtirilgan moliyaviy resurslarining bir qismi byudjet daromadlari deyiladi.
Mamlakatlarning davlat tuzilishiga bog'liq ravishda byudjet daromadlari quyidagicha farqanadi:
1) markaziy (davlat) byudjeti daromadlari;
2) unitar (yagona) davlatJardagi mahalliy byudjetlar daromadlari.
Federativ (ittifoqchilik) tuzilishiga ega bo'igan davlatlarda byudjet daromadlarining bu ikki ko'rinishi federatsiya a'zolari byudjetlarining daromadlari bilan to'ldiriladi.
Byudjet daromadlari davlat daromadlariga nisbatan torroq darajadagi tushunchadir. Chunki davlat daromadlari hokimiyatning barcha darajadagi byudjetlarining moliyaviy mablag'lari bilan birgalikda yana o'zining tarkibiga davlatning byudjetdan tashqari
jamg'armalar va barcha davlat sektoriga tegishli bo'lgan boshqa resurslarni ham qamrab oladi.
Byudjet daromadlarining asosiy moddiy manbai milliy daromaddir. Agar davlatning moliyaviy ehtiyojlarini qondirish uchun milliy daromad yetarli bo'lmasa, davlat bunday ehtiyojni qondirishga milliy boylikni jalb etishi mumkin. Bu yerda milliy boylik deyilganda ma'lum bir davrdajamiyatning ixtiyorida bo'lgan, hozirgi va o'tgan
avlodning mehnatlari evaziga yaratilgan rnoddiy ne'matlar hamda kengaytirilgan takror ishlab chiqarishjarayonigajalb qilingan tabiiy resurslar majrnui nazarda tutilayapti.
Milliy darornadni davlat ixtiyoriga o'tkazish turli metodlar yordamida arnalga oshiriladi. Soliqlar, davlat krediti va pul emissiyasi davlat hokimiyati organlari tomonidan milliy daromadni qayta taqsimlash va byudjet daromadlarini shakllantirish uchun foydalanilayotgan metodlarning asosiylari bo'lib hisoblanadi. Bu metodlar
o'rtasidagi nisbat mamlakatlar va davrlar bo'yicha turlicha bo'lib,marnlakatdagi iqtisodiy vaziyat, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa qaramaqarshiliklarning kuchlilik darajasi, davlatning moliyaviy siyosati va moliyaviy ahvoli bilan belgilanadi.
Milliy daromadni qayta taqsimlashning asosiy metodi soliqlar hisoblanadi. Ular yordamida byudjet daromadlarining asosiy salmog'i ta'minlanadi. Turli mamlakatlar markaziy byudjetlarining daromadlarida soliq tushumlari qariyb 90%ni tashkil etadi. Federatsiya a'zolari va mahalliy byudjetlar darornadlarida soliqlarning
salmog'i nisbatan pastroqdir. Bu byudjetlar biriktirilgan (tegishli byudjetlarning o'z daromadlari) va tartibga keltiruvchi (byudjet tizimining yuqori bo'g'inidan quyi bo'g'iniga beriladigan daromadlar) daromadlar hisobidan shakllantiriladi.
Davlatning o'z funksiyalari va vazifalarini bajarishi bilan bog'liq ravishda vujudga kelgan chiqimlar byudjet xarajatlari deyiladi. Bu chiqimlar davlatning markazlashtirilgan pul fondlari mablag'laridan turli yo'nalishlar bo'yicha foydalanishjarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi.
Byudjet xarajatiari umumiy moliyaviy kategoriya bo'lgan byudjetning ko'rinishlaridan biri bo'lib, unga tegishli bo'lgan umumiy xususiyatlarga egadir, ya'ni ular taqsimlash xarakteriga ega, ifodalanishning pul shakli xos, pul fondlarining amal qilishi bilan bog'langan va davlat tomonidan tashkil qilinadi. Shu bilan birgalikda
byudjet xarajatlari bir butunning o'ziga xos qismi bo'lganligi uchun ular davlatning markazlashtirilgan pul fondlari mablag'laridan foydalanish va tegishli fondlarni shakllantirish bilan bog'liqdir. Bu taqsimlash munosabatlarining moddiy buyumlashgan shakli turli sohalarga yo'naltirilayotgan byudjet mablag'larining harakatidan iboratdir.

Download 470.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling