O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti tarkibi va uni takomillashtirish yo’llari. Reja


Davlat byudjetini takomillashtirish yo’llari


Download 470.12 Kb.
bet5/11
Sana06.04.2023
Hajmi470.12 Kb.
#1277461
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Davlat byudjeti

3.Davlat byudjetini takomillashtirish yo’llari
So’nggi yillarda mamlakatimizda yurtboshimiz tomonidan turli chora-tadbirlar ilgarinsurilyabdi. Prezidentning 14.02.2022-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-128-son qarori qabul qilindi6.
Hujjat Davlat byudjeti xarajatlarining samaradorligini oshirish, byudjet qonunchiligi buzilishining profilaktikasini kuchaytirish va masofaviy moliyaviy nazoratni kengaytirish, shuningdek, davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida qabul qilindi.
Moliya vazirligi tarkibidagi Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari negizida Moliya vazirligi huzurida Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda – Inspeksiya) tashkil etiladi. U quyidagi tashkiliy tuzilmalardan iborat boʻladi:
-qurilish obyektlarida nazorat oʻlchovini amalga oshirish boshqarmasi;
-komplayens nazorati boshqarmasi.
Inspeksiya boshligʻi moliya vazirining taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi va moliya vaziri oʻrinbosariga tenglashtiriladi. Uning oʻrinbosarlari Inspeksiya boshligʻi bilan bir xil tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Hujjat bilan shunday tartib belgilandiki, unga muvofiq:
-2022-yil 1-noyabrga qadar Inspeksiya xodimlari moliyaviy nazorat va ichki audit sohasidagi xalqaro tajribalar asosida maxsus oʻquv kurslarida oʻqitiladi;
-2022-yil 1-noyabrdan boshlab Inspeksiya va ichki audit xizmatlarining xodimlariga malaka sertifikati berish tizimi joriy etiladi;
-2023-yil 1-sentyabrdan boshlab ichki audit boʻyicha milliy malaka sertifikatiga ega boʻlmagan shaxslarni Inspeksiya va ichki audit xizmatlarining xodimi lavozimiga ishga qabul qilishga hamda ularning ushbu tizimlarda faoliyat yuritishiga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan xalqaro sertifikatga ega boʻlgan shaxslar mustasno.
-2022-yil 1-apreldan boshlab davlat moliyaviy nazorati sohasida qoidabuzarliklar holatlari toʻgʻrisida Inspeksiyaga “Davlat auditi” dasturiy kompleksi orqali xabar bergan jismoniy shaxslarga, ushbu maʼlumot asosida moliyaviy tekshiruvlar jarayonida aniqlanib, davlat foydasiga undirilgan mablagʻlar hisobidan mukofot toʻlanadi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
-2022-yilda Davlat byudjeti xarajatlarining samaradorligini oshirish hamda moliyaviy nazorat faoliyatini takomillashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”;
-qarorda belgilangan chora-tadbirlarni hududlarda tatbiq etish boʻyicha masʼullar roʻyxati.
-"Yoʻl xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlar ijrosini taʼminlash uchun masʼul vazirlik va idoralar rahbarlariga quyidagi ragʻbatlantirish va javobgarlik choralari qoʻllaniladi:
-vazifalarning oʻz vaqtida va toʻliq ijrosini taʼminlagan rahbarlarni yarim yillik yakunlarga koʻra oʻrtacha oylik ish haqining 50%igacha boʻlgan miqdorda mukofotlash;
-vazifalarning oʻz vaqtida va toʻliq ijrosini taʼminlamagan rahbarlarga oʻrtacha oylik ish haqining 30%i miqdorida jarima sanksiyalarini qoʻllash.
Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 15.02.2022-yildan kuchga kirgan.
Shu bilan birga Prezidentning 15.04.2022-yildagi “Byudjetlararo munosabatlarni va soliq maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-208-son qarori qabul qilindi7.
Hujjat Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjeti barqarorligini taʼminlash, soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish, shuningdek, tadbirkorlik muhiti uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish hamda avtomobilsozlik sanoatida raqobat muhitini shakllantirish maqsadida qabul qilindi.
Qaror bilan shunday tartib oʻrnatildiki, unga muvofiq:
-2022-yilda qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetiga yoʻnaltirilishi nazarda tutilgan mablagʻlarning 40 foizi Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetida qoldiriladi;
-2022-yil 1-maydan boshlab davlat organlari va tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalaridan Davlat xizmatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga ajratmalar qilish toʻxtatiladi;
-2022-yil aprel — dekabr oylarida soliqlar, majburiy yigʻimlar, bojlar va jarimalar hisobidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, vazirliklar va idoralarning byudjetdan tashqari jamgʻarmalariga kelib tushgan mablagʻlarning hamda mazkur jamgʻarmalarning boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklariga joylashtirishdan olingan daromadlarning 15 foizi har oy yakunlari boʻyicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetiga oʻtkaziladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-104-son qarori 6-bandi ijrosi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetidan mahalliy hokimliklarga ajratilgan ssuda tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmalarining mablagʻlari hisobidan qaytariladi.
Shuningdek belgilandiki, yuridik shaxslarning mol-mulk soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda soʻnggi ikki yil davomida baholovchi tashkilotni jalb qilgan holda oʻtkazilgan mol-mulkni baholash natijalari asos hisoblanadi.
Ushbu ma’lumotlar so’nggi yillarda amalga oshirillishi kerak bo’lgan pirovard maqsadlardir.


  1. Download 470.12 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling