O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti tarkibi va uni takomillashtirish yo’llari. Reja
Download 470.12 Kb.
|
Davlat byudjeti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-jadval 11
TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT
2021-yilda Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasi 2020-yilga nisbatan 16,0 foizga oʻsib, 42,1 mlrd. dollarni tashkil etdi. Bunda, eksport hajmi 10 foizga oshib, 16,6 mlrd. dollarga yetgan boʻlsa, import 20,4% ga oʻsib, 25,5 mlrd. dollarni tashkil etdi. Shuningdek, iqtisodiy faollikning ortishi va ichki hamda tashqi tovarlar narxlarining mahalliy iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar narxlarining inflyatsiyasi hamda mos ravishda almashuv kursining oʻzgarishi ham tashqi savdo balansiga taʼsir qiladi. EKSPORT 2021-yilda umumiy eksport hajmi 16,6 mlrd. dollarni tashkil etdi. Umumiy eksport hajmi pandemiyadan oldingi darajagacha tiklanmagan boʻlsada, oltinsiz eksport hajmi 34,4 foizga koʻpaygan holda deyarli 2019-yildagi eksport darajasiga yetib, 12,5 mlrd. dollarga teng boʻlgan. Shuningdek, 2021-yilda umumiy eksport tarkibida diversifikatsiya darajasi oshib, toʻqimachilik mahsulotlarining ulushi 17,6 foizga (2,9 mlrd. dollar) va boshqa mahsulotlar ulushi 28,1 foizga (4,7 mlrd. dollar) yetgan. 6-jadval11 Bundan tashqari, 2020 va 2019-yilga nisbatan ayrim eksport tovarlari boʻyicha jadal oʻsish jarayoni qayd etilgan. Xususan, toʻqimachilik mahsulotlari eksporti 2020-yilga nisbatan 52,3 foizga, 2019-yilga nisbatan 79,9 foizga oʻsgan boʻlsa, mashina va asbob-uskunalar eksporti mos ravishda 59,0 va 64,6 foizga, rangli metall – 58,7 va 54,2 foizga, kimyo mahsulotlari – 40,3 va 39,5 foizga oshgan. IMPORT 2021-yilda import hajmi 2020-yilga nisbatan 20,4 foizga, pandemiyadan oldingi 2019-yilga nisbatan 4,8 foizga koʻpayib, 25,5 mlrd. dollarni tashkil qildi. Oʻtgan yillar davomida importning asosiy qismi mashinalar va asbob-uskunalar importiga toʻgʻri kelgan. Shuningdek, 2021-yilda kimyoviy mahsulotlar, qora metall mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa mahsulotlar importining ulushlari 2019-2020-yillarga nisbatan koʻpaygan. Download 470.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling