O‘zbekiston Respublikasi davlat ekologik sertifikatlashtirish tizimi. Asosiy qoidalar Qo‘llanish sohasi


Tizimdagi ekologik sertifikatlashtirish obyektlari


Download 301.49 Kb.
bet3/8
Sana04.10.2023
Hajmi301.49 Kb.
#1691669
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-a

7. Tizimdagi ekologik sertifikatlashtirish obyektlari
7.1 Tizimdagi ekologik sertifikatlashtirish obyektlari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-apreldagi 151-sonli qarorining 1-ilova A va V ro‘yxati, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-iyulidagi 318-sonli qaroriga, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq mahsulot va ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilari;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-apreldagi 151-sonli qarorining 1-ilova A ro‘yxatiga muvofiq ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilari;
O`z RN 84.11-5. O`zRN 84.11-14 ga muvofiq texnologik jarayonlar, xizmatlar;
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom va 14000 seriyadagi xalqaro standartlarga muvofiq atrof-muhitni muhofaza qilish boshqaruv tizimi.
7.2 Tizimda majburiy ekologik sertifikatlashtirish quyidagilarga o‘tkaziladi:
a) majburiy tartibda sertifikatlashtirishga muvofiq mahsulot uchun, mahsulotning barcha hayotiy davri bosqichlarida ekologik xavfsizlikni tasdiqlash maqsadida, muvofiqlik sertifikati rasmiylashtiriladigan natijalarni hisobga olib, bunda O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan ushbu mahsulot standartlariga kiritilgan ekologik talablarni tasdiqlaydi;
v) o‘rnatilgan tartibda nashr etiladigan muvofiq qonunchilik aktlari bilan aniqlanadigan ekologik jihatdan xavfli mahsulot va ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilari uchun;
Boshqa hollarda ko‘rsatilgan obyektlarni ekologik sertifikatlashtirish “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq, chiqindilarni esa — ushbu standartning 8-bo‘limiga muvofiq o‘tkazilishi mumkin.
8. Tizimda ekologik sertifikatlashtirishni o‘tkazishga muvofiq me’yoriy hujjatlar
8.1 Tizimning me’yoriy hujjatlari majburiy ekologik sertifikatlashtirish o‘tkazishni tartibga soladi va mahsulotlar, ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilari, xizmatlar, texnologik jarayonlar, ishlab chiqarish, atrof-muhitni boshqarish tizimlari, mahalliy, shuningdek importga ishlab chiqariladigan boshqa obyektlarni ekologik sertifikatlashtirishga taalluqli.
8.2 Ekologik sertifikatlashtirish o‘tkaziladigan muvofiq me’yoriy hujjatlar — texnik reglamentlar va standartlar, sanitar me’yor va qoidalar, qurilish me’yorlari va qoidalari va ishlatilishi majburiy bo‘lgan ekologik xavfsizlik me’yorlarini o‘rnatuvchi boshqa me’yoriy hujjatlar bo‘lishi mumkin.
8.3 Ekologik sertifikatlashtirishni o‘tkazish uchun, ushbu hujjatlar jalb etilgan holda sudda munozarali masalalar ko‘riladigan holatlarda, ekspert xulosasi olingan faqat o‘sha me’yoriy hujjatlargina yaroqlidir.
8.4 O‘lchashlar bajarilishining uslubiyatlari o‘lchashlar natijalari xatoligini baholashni o‘z ichiga olishi va o‘lchashlar o‘tkazishning real sharoitlarida o‘rnatilgan aniqlikni ta’minlashi kerak. O‘lchashlar o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan o‘lchashlar bajarilishining attestatlangan uslubiyatlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
8.5 Ishlatiladigan o‘lchov vositalari o‘rnatilgan aniqlik bilan qonuniy birliklarda o‘lchashlar natijalarini ta’minlashi va qo‘llash shartlariga muvofiq bo‘lishi kerak. O‘lchash vositalari o‘rnatilgan tartibda qiyoslanishi va kalibrlanishi kerak.
Izoh: Ekologik sertifikatlashtirishning ba’zi obyektlari uchun ekologik talablarni bajarishning sifat ko‘rsatkichlaridan foydalanish mumkin: me’yoriy hujjatlarda o‘rnatilgan organoleptik, ekspertlik, ijtimoiy.

Download 301.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling