O‘zbekiston Respublikasi davlat ekologik sertifikatlashtirish tizimi. Asosiy qoidalar Qo‘llanish sohasi


Download 301.49 Kb.
bet2/8
Sana04.10.2023
Hajmi301.49 Kb.
#1691669
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-a

5. Tizimdagi tashkiliy tuzilma
5.1 Tizim doirasidagi ekologik sertifikatlashtirish faoliyatni muvofiqlashtirishni O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi amalga oshiradi.
5.2 Tizimning tashkiliy tuzilmasi quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining ekologik sertifikatlashtirish, standartlashtirish va me’yorlashtirish maxsus vakolatli boshqarmasi (Boshdavekosertifikat).
Ekologik sertifikatlashtirish bo‘yicha akkreditatsiyalangan davlat idoralari;
Ekoanalitik sinov laboratoriyalari (ANIDI);
Auditorlik guruhlari;
Tizimning konsultatsion markazlari.
5.3 Tashkiliy tuzilmaga, qonunchilikda o‘rnatilgan tartibga asosan, vakolatlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jali vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi va boshqa idoralar ham kiradi.
6. Tizim ishtirokchilarining vazifalari va maqsadlari
6.1 Tizimning funksional boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
6.2 O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida standartlashtirish masalalarini echishda standartlashtirish bo‘yicha bazaviy tashkilot (SBT) faoliyat yuritadi.
6.3 O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining vakolatli boshqaruvi quyidagilarni amalga oshiradi:
ekologik sertifikatlashtirish sohasida davlat siyosatini yuritadi, ekologik sertifikatlashtirish ishlarini o‘tkazishda umumiy qoidalarni o‘rnatadi, ular to‘g‘risidagi rasmiy ma’lumotlarni nashr etadi;
Davlat ekologik sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha dastur loyihalarini ishlab chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishuvga asosan xalqaro sertifikatlashtirish tizimlariga qo‘shilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, shuningdek ekologik sertifikatlashtirish natijalarini o‘zaro tan olish bitimlarini tuzadi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Tizim faoliyati sohasidagi me’yoriy-huquqiy aktlar loyihalarini kiritadi;
majburiy ekologik sertifikatlashtirish kerak bo‘lgan obyektlar ro‘yxatini aniqlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi;
ekologiya va tabiatdan foydalanish sohalaridagi qonuniy va me’yoriy aktlar loyihalarini ishlab chiqish va moliyalashtirishni tashkil etadi;
Tizimni xalqaro (hududiy) tizimlarda tanishtiradi;
Tizimning Davlat Reyestrini yuritishda nazoratni amalga oshiradi;
Amaldagi qonunga muvofiq Tizim doirasida amalda bo‘lgan turli qarorlarni qabul qiladi.
6.4 Tizimda sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun ekologik sertifikatlashtirish idoralari, tabiatni muhofaza qilish analitik nazorat laboratoriyasi o‘rnatilgan tartibda akkreditatsiyadan o‘tishlari kerak.
6.5 Tizimda sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshirishda auditorlik guruhlari va mustaqil ekspertlar o‘z faoliyat yo‘nalishida malakaga, ish stajiga hamda attestatlangan yoki sertifikatlangan kerak.
6.6 Barcha idoralar, laboratoriyalar va auditorlik guruhlari o‘zining faoliyatida tizimning rahbariy va me’yoriy hujjatlariga amal qiladilar va o‘rnatilgan jarayonlar doirasida ishlarni amalga oshirish va shunga muvofiq xulosalarni qabul qilishda mustaqil hisoblanadi.
6.7 Zarur bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, me’yoriy hujjatlar talablari va sertifikatlashtirish protseduralarning o‘ziga xosligini e’tiborga olib, tizimda bir turdagi obyektlarni sertifikatlashtirish tizimi va atrof-muhitni muhofaza qilishni boshqarish tizimi tashkil etilishi mumkin.
6.8 Ekologik sertifikatlashtirish idoralari, o‘rnatilgan tartibda akkreditatlangan, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining mustaqil hududiy qo‘mitalar bo‘linmalari bazasida tashkil etiladi.
6.9 Shuningdek, ekologik sertifikatlashtirish idoralari sifatida, o‘rnatilgan tartibda akkreditatlangan, muvofiq analitik laboratoriyalarga ega, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan bitimga ega, O‘zbekiston Respublikasining Davlat boshqaruv idoralarining maxsus bo‘linmalari ham bo‘lishi mumkin. Shunday idoralar faoliyatiga jamoat tashkilotlari ham jalb qilinishi mumkin.
6.10 Konsultativ tashkilotlar Tizimning arizachilariga obyektlarni ekologik sertifikatlashtirishga tayyorlash bosqichida tashkiliy va uslubiy yordam ko‘rsatishi, shuningdek ularning qiziqishlarini ekologik sertifikatlashtirishni tashkil etish va o‘tkazishda tanishtirishi mumkin.
6.11 Konsultativ tashkilotlar taqdim etiladigan xizmatlarning zarur sifatini ta’minlash maqsadida Tizimda attestatsiya protsedurasini o‘tishlari shart va Tizimning konsultativ tashkilotlar reyestriga kiritilishi kerak.

Download 301.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling