O‘zbekiston Respublikasi davlat ekologik sertifikatlashtirish tizimi. Asosiy qoidalar Qo‘llanish sohasi


Ekologik sertifikatlashtirish obyektlarining ko‘rsatkichlari


Download 301.49 Kb.
bet4/8
Sana04.10.2023
Hajmi301.49 Kb.
#1691669
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-a

9. Ekologik sertifikatlashtirish obyektlarining ko‘rsatkichlari
9.1 Atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi mahsulot ishlab chiqarish, xizmatlar va ishlab chiqarish chiqindilar va texnologik jarayonlar uchun sertifikatlashtirish ko‘rsatkichlari ro‘yxati, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan mahsulot, xizmatlar va chiqindilarning standartlariga aniq ko‘rsatkichlar va me’yorlar kiritish yo‘li bilan o‘rnatiladi va to‘ldiriladi.
9.2 Korxonalar, ishlab chiqarish, texnologik jarayonlarni ekologik sertifikatlashtirishda sertifikatlashtirish ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat:
atmosferaga chiqariladigan ifloslangan moddalarning yo‘l qo‘yilgan chegaraviy tashlashlari (YQChT);
harakatdagi vositalardan chiquvchi gazlardagi zararli moddalari me’yoriy tarkibi;
oqova suvlar bilan chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalarning yo‘l qo‘yilgan chegaraviy tashlashlari (YQChT);
ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarini joylashning tashkil etish me’yorlari va limitlari (YQChM).
Ekologik talablari ko‘rsatilib, majburiy ekologik sertifikatlashtirish o‘tkaziladigan, obyektlar ro‘yxati V ilovada berilgan.
9.3 Majburiy sertifikatlashtirish o‘tkaziladigan mahsulot va chiqindilarni transchegaraviy tashishda sertifikatlashtirish ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat:
Transportda tashish, o‘rab joylash va saqlashga talablar;
Mahsulotning hayotiy davri bosqichlarida atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar tarkibiga talablar;
Mahsulot va/yoki chiqindidan ikkilamchi foydalanishda yaroqliligi;
Sanitar — himoya hududi havosida yo‘l qo‘yilgan chegaraviy konsentratsiya;
Ekologik talablari ko‘rsatilib, ekologik sertifikatlashtirish o‘tkaziladigan obyektlar ro‘yxati S ilovada berilgan.
10. Boshqa idoralar bilan o‘zaro aloqa tartibi
10.1 Obyektning ekologik xavfsizligini tasdiqlashda, gigiyenik talablarni tasdiqlash zarur bo‘lgan hollarda, ekologik sertifikatlashtirish idorasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi idoralari bilan o‘zaro faoliyat yuritadi.
10.2 Obyektning ekologik sertifikatlashtirishda, tabiiy resurslarni qazib olish va foydalanish (foydali qazilmalarni) holatlari kuzatilsa, shuningdek ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilari bilan muomalada, xususan ulardan foydalanish, yo‘q qilish va ko‘mishda, ekologik sertifikatlashtirish idorasi, zaruriyatga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal — maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasining yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat qo‘mitasi, radioaktiv chiqindilar holatida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi idoralari jalb etiladi.
10.3 Obyektni ekologik sertifikatlashtirishda uni qurilish me’yor va qoidalariga muvofiqligini tasdiqlash holatlarida, ekologik sertifikatlashtirish idorasi, zarur bo‘lgan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan o‘zaro faoliyat yuritadi.
10.4 Majburiy ekologik sertifikatlashtiriladigan obyektlarning transchegaraviy tashilishida, ekologik sertifikatlashtirish idorasi O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi idoralari bilan o‘zaro faoliyat yuritadi.
10.5 Mahsulot va chiqindilarni ekologik xavfsizligini tasdiqlash uchun transportda tashish, saqlash, mahsulotni maxsus tavsiflarini tamg‘alash, shuningdek ikkilamchi resurs sifatida ishlatishni yoki yo‘q qilish, zararsizlantirish va/yoki atrof-muhitda joylashtirish uchun, mahsulotning hayotiy sikli davrida atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan moddalarni aniqlash sinovlari o‘tkazilganida, aloqadorligidan qat’iy nazar akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyalari natijalari qabul qilinadi.
10.6 Mahsulotga muvofiqlik sertifikati ekologik sertifikat mavjudligida yoki ushbu mahsulotga ekologik xulosa va boshqa hujjatlar (zaruriyat bo‘lganida) mavjudligida beriladi.
10.7 O‘zaro aloqa tartibi manfaatdor taraflarning o‘zaro bitimiga ko‘ra aniqlanadi.
A ILOVA
(majburiy)

Download 301.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling