O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasi tarixi tuzilishi “Farmasevtik texnologiyada qo’llaniladigon terminlar


Download 47.69 Kb.
bet7/8
Sana28.12.2022
Hajmi47.69 Kb.
#1008961
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ўзбекистон Республикаси Давлат фармакопеяси

Uyg‘unlashtirish. Farmasevtika sohasini, xususan aholini dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlash masalalarining dunyo miqyosida globallashuvi hududiy va mahalliy farmakopeyalarni alohida dori vositalari sifatiga qo‘yiladigan talablarni uyg‘unlashtirishni dolzarb qilib qo‘yadi.
Davlat farmakopeyasini ishlab chiqish jarayonida biz uyg‘unlashtirishning asosan perspektiv, ya’ni Yevropa farmakopeyasining aksariyat ko‘pchilik farmakopeya maqolalarini har qanday o‘zgarishlarsiz to‘laligicha qabul qilish usulidan foydalandik.
Shu bilan birga ma’lum farmakopeya maqolalari va matnlar bo‘yicha mahalliy sharoitlarni e’tiborga olib, retrospektiv uyg‘unlashtirish usulidan foydalangan holda ma’lum selektiv mexanizmlar qo‘llanildi.
Farmakopeya matnlarini keng mutaxassislar jamoasi, shuningdek ommaviy axborot vositalari orqali muhokama qilinishini ta’minlash.
Ishlab chiqilayotgan monografiyalar loyihalari bilan mutaxassislarni tanishtirish va muhokama qilishni tashkillashtirish quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirildi:

  • Yevropa farmakopeyasi yoki boshqa milliy farmakopeyalarga kiritilgan va belgilangan tartibda amaliyotda qo‘llanib kelinayotgan monografiyalarni tanlab olish;

  • O‘zbek va rus tillariga tarjima qilingan matnlarni uchta bosqichda (ixtisoslashgan ekspert komissiyalari, tahririyat kengashi va tahririyat hay’ati majlislarida muhokama qilish yo‘li bilan) yuqori malakali mutaxassislar tomonidan ekspertizadan o‘tkazish;

  • Ommaviy axborot vositalariga joylashtirib borish orqali keng mutaxassislar e’tiboriga yetkazish.

Davlat farmakopeyasini tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar haqidagi ma’lumotlarni keng mutaxassislar e’tiboriga yetkazib borish maqsadida Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining www.uzpharmagency.uz va “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUKning www.uzpharm-control.uz saytlari joylashtirish, shuningdek gazeta va jurnallarda maqolalar chop etish orqali xam muhokamaga qo‘yib borilmoqda.

Download 47.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling