Qoldiq organik erituvchilar. Qoldiq organik erituvchilar bo‘yicha belgilangan talablar 2.4.24. Qoldiq erituvchilarni aniqlash va ularning miqdoriy tahlili umumiy farmakopeya maqolasida, shuningdek 5.4. Organik erituvchilarning qoldiqlari umumiy bo‘limida keltirilgan.
Yuqoridagilarga asosan farmasevtika maqsadlarida qo‘llaniladigan barcha ta’sir etuvchi va yordamchi moddalar, xususiy farmakopeya maqolalarida ko‘rsatilmagan taqdirda ham qoldiq organik erituvchilar ko‘rsatkichi bo‘yicha nazorat etilishi talab etiladi.
Elementar aralashmalar. Metall katalizatorlar yoki metall reagentlar qoldiqlari uchun ruxsat etilishi belgilangan ko‘rsatkichlar Yevropa dori vositalari agentligi (EMA — European Medicines Agency) ning tegishli qo‘llanmalari asosida ishlab chiqilgan 5.20. Elementar aralashmalar umumiy bo‘limga kiritilgan bo‘lib, dori vositalarini o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib ularga qat’iyan rioya qilish majburiy qilib belgilanmagan.
Patent. Patentlangan ob’ektlarni Davlat farmakopeyasida aks ettirilishi har qanday begona shaxslar tomonidan ushbu patentlar bilan himoyalangan intellektual mulkdan foydalanishi uchun asos bo‘lmaydi.
Bunda belgilangan tartibda mualliflik huquqlariga amal qilinishi lozim.
Kimyoviy referativ xizmat (CAS – “Chemical Abstracts Service”) ro‘yxatidan o‘tkazilganlik raqami.
Davlat farmakopeyasining tegishli umumiy va xususiy farmakopeya maqolalaridan foydalanuvchilar uchun qulayliklar yarata borib, xalqaro miqyosda keng e’tirof etilgan klassifikatsiyadan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash maqsadida kimyoviy referativ xizmat (CAS) ro‘yxatidan o‘tkazilganlik raqami keltirilgan.
CAS® belgisi bilan ifodalangan ro‘yxatdan o‘tkazilganlik raqami moddani savdo belgisi sifatida Amerika kimyo jamiyatida ham ro‘yxatga olinganligining ko‘rsatkichidir.
Davlat farmakopeyasi matnlarini davlat tiliga tarjima qilish, ularni to‘g‘rilash; to‘ldirish va o‘zgartirishlar kiritish; uyg‘unlashtirish; yangidan yozish; chiqarib tashlash va tahrir qilish.
Davlat farmakopeyasini nashrga tayyorlash ishlari xalqaro e’tirof etilgan farmakopeyalar bilan uyg‘unlashtirilishi bilan bir qatorda, unda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilangan talablarga rioya qilinishini ta’minlanishi ham shartdir.
Davlat farmakopeyasini tayyorlash jarayonida yuqorida keltirilgan Yevropa va qator davlatlarning xalqaro e’tirof etilgan farmakopeyalarida asoslangan tamoyillarni o‘zlashtira borib, biz tomonimizdan umumiy va xususiy farmakopeya maqolalari va boshqa matnlarni davlat tilida tayyorlash, bu jarayonda umum qabul qilingan alohida so‘zlarning izohli lug‘atini tayyorlash va foydalanuvchilarga taqdim etish, mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda birinchi va keyingi nashrlarga kiritiladigan umumiy va xususiy farmakopeya maqolalari ro‘yxatini shakllantirish kabi tadbirlar amalga oshirildi. Yevropa farmakopeyasida turli sinovlarda qo‘llaniladigan reaktivlar va hosil bo‘ladigan birikmalarni ifodalashda 200 dan ortiq ranglar ishlatilgan. Farmakopeyaning turli bo‘limlarida aks ettirilgan ranglarni ifodalash kabi masalalarni hal etish va boshqa bir qator masalalar alohida yondashuvni talab qildi. Davlat farmakopeyasida uchraydigan ranglar bilan ishlashda qulaylik yaratish maqsadida ularni o‘zbek-ingliz-rus tillaridagi lug‘ati tayyorlandi.
Bu yo‘nalishda tayyorlangan materiallar Davlat farmakopeyasining tahririyat kengashi majlislarida atroflicha muhokama qilinib qabul qilingan qarorlar asosida tegishli tamoyillar belgilab olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |