O‘zbekiston respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida


Download 57.38 Kb.
bet1/18
Sana08.02.2023
Hajmi57.38 Kb.
#1178749
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Atqariw tartibi (1)



[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.03.00 Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.01.00 Umumiy qoidalar;
4.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT HOKIMIYATI VA BOShQARUV ORGANLARIDA ISh YURITISh VA IJRO NAZORATINI TAShKIL ETISh BO‘YIChA NORMATIV HUJJATLARNI TASDIQLASh HAQIDA
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.03.00 Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish]
Vazirliklar va idoralar, davlat hokimiyati mahalliy organlari apparatlarida ijro intizomini mustahkamlash, ish yuritishni takomillashtirish, boshqaruvning barcha darajalaridagi rahbarlar va mutaxassislar javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari apparatlarida ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilishni tashkil etish bo‘yicha Yo‘riqnoma 1-ilovaga* muvofiq;
* 1-ilova berilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralari, korporatsiyalari, konsernlari, uyushmalari, kompaniyalari va boshqa markaziy muassasalari apparatlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha Namunaviy yo‘riqnoma 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishini nazorat qilish hamda ularning ijro uchun yuborilishini, ular bajarilishining natijalari yuborilishini tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 9-avgustdagi F-5017-son farmoyishiga muvofiq Ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali amalga oshiriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-oktabrdagi 881-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2017-y., 09/17/881/0194)
2. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, o‘zlarining me’yoriy hujjatlarini ko‘rsatib o‘tilgan Yo‘riqnomalarga muvofiqlashtirsinlar hamda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari va o‘zlariga qarashli tashkilotlarning barcha xodimlari tomonidan ularning bajarilishini ta’minlasinlar.
3. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSR ministrliklari va idoralarida, Qoraqalpog‘iston ASSR Ministrlar Soveti, mehnatkashlar deputatlari mahalliy Sovetlari ijroiya komitetlarida, korxona va tashkilotlarda ish yuritish haqida Namunaviy instruksiya to‘g‘risida” 1975-yil 16-dekabrdagi 667-son Qarori (O‘zSSR QT, 12-son, 57-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari, shaharlari va tumanlari hokimliklari apparatlarida ish yuritish bo‘yicha Yo‘riqnoma to‘g‘risida” 1994-yil 18-avgustdagi 424-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Umumiy bo‘limiga yuklansin.

Download 57.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling