O‘zbekiston respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.SULTONOV
Download 57.38 Kb.
|
Atqariw tartibi (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. UMUMIY QOIDALAR
- II. BOShQARUV FAOLIYATINI HUJJATLAShTIRISh
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.SULTONOV
Toshkent sh., 1999-yil 29-mart, 140-son Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-martdagi 140-son qaroriga 2-Ilova O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralari, korporatsiyalari, konsernlari, uyushmalari, kompaniyalari va boshqa markaziy muassasalari apparatlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha NAMUNAVIY YO‘RIQNOMA I. UMUMIY QOIDALAR 1. Mazkur Namunaviy yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralari, korporatsiyalari, konsernlari, uyushmalari, kompaniyalarida va boshqa markaziy muassasalarida* hujjatlarni tayyorlash qoidalari, usullari va jarayonlarini, ular bilan ishlash tartibini belgilaydi. * Keyingi o‘rinlarda “O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralari, korporatsiyalari, konsernlari, uyushmalari, kompaniyalari va boshqa markaziy muassasalari” so‘zlari o‘rniga “tashkilot” so‘zi qo‘llaniladi. 2. Ish yuritishning ahvoli uchun javobgarlik ishlar boshqarmasi, umumiy bo‘lim, kanselyariyaga, kotibga; shaxsan — mazkur tarkibiy bo‘linmaning rahbari zimmasiga yuklanadi. Tarkibiy bo‘linmada hujjatlar bilan ishlash kotibga yoki ushbu ish uchun tayinlangan boshqa shaxsga yuklanadi. Ishlar boshqarmasi, umumiy bo‘lim, kanselyariya tarkibiy bo‘linmalarda va tasarrufdagi tashkilotlarda hujjatlar bilan ishlashning tashkiliy va uslubiy rahbarligini amalga oshiradilar. 3. Yangi qabul qilingan xodimlar tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari tomonidan apparat tuzilmasi bilan, belgilangan ish tartibi va tashkilotda ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishtirilishi kerak. II. BOShQARUV FAOLIYATINI HUJJATLAShTIRISh 4. Boshqaruv hujjatlarining tarkibi: tashkilotlarning vakolatlari va funksiyalari bilan; boshqaruv funksiyalarini amalga oshirish bo‘yicha boshqaruv harakatlari doirasi bilan; masalalarni (yakka boshchilik yoki kollegial holda) hal qilish tartibi bilan; ustavlar, nizomlar va boshqa me’yoriy hujjatlar bilan tasdiqlangan bir yoki turli darajadagi boshqaruv tashkilotlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning hajmi va xususiyati bilan belgilanadi. 5. Tashkilotlar hujjatlarining qo‘llanilayotgan shakllari sonini qisqartirish maqsadida tashkilotlarning funksiyalari va vazifalarini amalga oshirish uchun zarur va yetarli bo‘lgan hujjatlarning tarmoq tabellarini ishlab chiqadilar. Tabelga an’anaviy hujjatlar ham, hisoblash texnika vositalari bilan yaratiladigan hujjatlar ham kiritiladi. Tabel tashkilot, uning tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlar (ustavlar) hamda lavozim yo‘riqnomalari asosida tuziladi. Tabelni tuzishda, shuningdek hujjatlar nomenklaturasi, saqlash muddati ko‘rsatilgan hujjatlar ro‘yxati doimiy va vaqtincha muddatlarda saqlanadigan hujjatlar yig‘majildlari ro‘yxatlaridan foydalanilishi mumkin. Tabel uni tuzish uchun mas’ul shaxs tomonidan imzolanadi va rahbar tomonidan tasdiqlanadi. Tabelni yuritish, unga o‘zgartirishlar kiritish ishlar boshqarmasi, umumiy bo‘lim, kanselyariya, kotib tomonidan amalga oshiriladi. Tabelda ko‘rsatilmagan hujjatlarni tuzish taqiqlanadi. Download 57.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling