O’zbekiston respublikasi davlat soliq qo’mitasi huzuridagi fiskal institut
Alkogol mahsulotlariga doir soliq stavkalari
Download 222.63 Kb.
|
sobirov Abdulaziz mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2022-yil 1-yanvardan 2022-yil 1-iyundan
- Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliq to‘lash tartibi
- Foydalanilgan adabiyotlar
Alkogol mahsulotlariga doir soliq stavkalari
2-jadval6
3-jadval7
Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliq to‘lash tartibi Soliqni hisoblab chiqarish soliq solinadigan bazadan va soliqning belgilangan stavkalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Import qilingan, aksiz to‘lanadigan, o‘ziga nisbatan aralash — advalor va qat’iy belgilangan soliq stavkalari belgilangan tovarlar bo‘yicha soliq soliq bazasi va advalor stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Bunda soliq summasi qat’iy belgilangan stavka qo‘llanilgan holda hisoblab chiqarilgan summadan kam bo‘lishi mumkin emas. Bir oy soliq davridir. Soliq hisoboti, agar soliq kodeksida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq bo‘yicha hisobda turilgan joydagi soliq organlariga har oyda, soliq davridan keyingi oyning o‘ninchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi. Benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilingan taqdirda, soliq hisoboti avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari joylashgan erdagi soliq organlariga har oyda, soliq davridan keyingi oyning o‘ninchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi. Soliqni to‘lash soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi. Import qilinadigan tovarlar bo‘yicha soliqni to‘lash bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Aksiz markalari bilan tamg‘alanishi lozim bo‘lgan olib kiriladigan aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha soliq aksiz markalari olinguniga qadar to‘lanadi. Bojxona kodeksining 289-moddasi. Bojxona to‘lovlarning turlari. Tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o‘tishda va Bojxona Kodeksda nazarda tutilgan boshqa xollarda quydagi bojxona to‘lovlari to‘lanadi: Bojxona boji Qo‘shilgan qiymat solig‘i Aksiz solig‘i Bojxona yeg‘imlari Qonunchilikda boshqa bojxona to‘lovlari ham belgilanishi mumkun. Bojxona kodeksining 163 va 169-moddalarida nazarda tutilgan hollarda qonunchilikda belgilangan bojxona boji qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i o‘rniga yagona bojxona to‘lovini to‘lashni nazarda tutuvchi bojxona to‘lovlarini undirishning soddalashtirilgan tartibi qo‘llaniladi. Bojxona bojining stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prizidenti tomonidan belgilanadi.Mazkur stavkalar 29.06.2018 yil kungi PQ-3818-sonli Prizident qarorida import bojxona bojlari stavkalari tasdiqlangan. Misol uchun: O‘zbekiston Respublikasiga tabiy ravishda achitilgan tabiy vinolar (etil spirit qo‘shilmagan holda) import qilinsa import qilingan maxsulotning xar bir litri uchun 30 000 ming so‘m aksiz solig‘i solinilishi lozim.Soliq bojxona organlari tomonidan undiriladi Xulosa Aksiz solig’ining joriy etilishidan asosiy maqsad insonlarni sog’ligi va ijtimoiy hayotiga zarar yetkazuvchi mahsulotlarni kamroq iste’mol qilishi uchun tashkil qilingan . Bunga birgina misol qilib tamaki va alkagol mahsulotlari misol bo’la oladi. Chunki bu mahsulotlar tabiatga ham inson sog’ligiga ham juda katta zarar yetkazadi.Yoki bo’lmasa neft mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi katta katta zavodlar ular ham tabiatga juda ko’p zararli moddalarni chiqaradi va tabiatga ifloslanishlar olib keladi. Qolaversa aksiz solig’i inson salomatligini o’ylash bilan bir qatorda davlat byudjetidagi o’rni yuqori hisoblanadi Foydalanilgan adabiyotlar: O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi 2. Foydalanilgan internet saytlar: 1. https://lex.uz 1 O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 40-bob 283-modda. 2 O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 40-bob 284-modda. 3 O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 40-bob 285-modda. 4 O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi 6 Alkogol mahsulotlariga doir soliq stavkalari 7 Neft mahsulotlari va boshqa aksiz to‘lanadigan tovarlar va xizmatlarga doir soliq stavkalari Download 222.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling